O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

86 - rasm 
Hozirgi zamon sport gimnastikasining poydevori, uning tag zamini 
jismoniy tayyorgarlikdir. YUqori darajadagi jismoniy tayyorgarlik-sport 
gimnastikasida yuqori natijalarga erishishning birinchi zaruriy sharti. Bu shart 
zarur, lekin etarli emas. 
Oxir-oqibat sport-texnik natijaga erishishning yagona yo‗li texnik 
harakatlar bo‗lib, ular tashqi jihatdan gimnastikachining tanasi va (yoki) tana 
qismlarining harakatlari orqali ifodalanadi. Har qanday muvaffaqiyatsizlik 
sabablari turli-tuman bo‗lgan texnik xatoliklarning to‗g‗ridan to‗g‗ri oqibatidir. 
SHuning uchun texnik tayyorgarlik go‗yo uyning tomi bo‗lsa, bu uy jismoniy 
tayyorgarlik poydevori ustiga qurilgan. 
Agar yuqori malakali gimnastikachilarning integral tayyorgarligi tizimini 
tizimli tahlil nuqtai nazaridan kuzatib, uni kirish va chiqish tuynuklari atamalari 
asosida tasvirlaydigan bo‗lsak, u holda texnik tayyorgarlikni shu tizimda 
chiqish, jismoniy tayyorgarlikni esa unga kirish tuynugi deb atash mumkin. 
Matematik nuqtai nazardan, yuqori malakali gimnastikachilarning texnik 
tayyorligini mustaqil o‗zgaruvchilar funksiyasi ko‗rinishida tasavvur qilish 
mumkin, ulardan eng muhimi jismoniy tayyorlik darajasi sanaladi. 


184 
Sport - harakat faoliyatini amalga oshiruvchi jarayonlar singari 
gimnastikachilarning 
tayyorgarlik 
turlari 
ham 
mustahkam 
bo‗lmagan 
ob‘ektlardir. Ularni bir-biridan ajratib turadigan keskin chegaralari yo‗q. 
Tayyogarlik turlari o‗zaro bir-birlariga ta‘sir o‗tkazadilar, kesishadilar, 
chirmashib ketadilar va bir-biriga singishib, noaniq ko‗pchilikni tashkil etadilar. 
Aynan shuning uchun ham tayyorgarlik konsepsiyasini ishlab chiqishda biz 
noaniq ko‗pchiliklar nazariyasi metodologiyasidan foydalandik va aynan shu 
holatni integral tayyorgarlik gulining bir-biriga chatishgan yaproqlari aks 
ettirmoqda. 
Milliy terma jamoaning ko‗p yillik tayyorgarligi oldida turgan eng 
muhim vazifalar tayyorgarlikning olimpiya siklidagi asosiy bosqichlarning 
maqsad modellari va model tavsifnomalarida ko‗rsatilgan rejadagi sport-texnik 
natijalar va me‘yoriy ko‗rsatkichlar iborasi bilan aytganda, bu «maqsad 
modeliga o‗z vaqtida chiqish» demakdir. 
Milliy terma jamoa tayyorgarligini boshqarishning strategik maqsadi - 
oldinda turgan Olimpiada o‗yinlarida butun jamoaning ham, a‘zolarining ham 
imkon qadar eng yaxshi natijalarini ko‗rsatishlari. Taktik maqsadi esa 
tayyorgarlikning 
olimpiya 
sikli 
asosiy 
bosqichlaridagi 
eng 
muhim 
musobaqalarda tayyorgarlik model ko‗rsatkichlariga va rejadagi sport 
natijalariga erishishdan iborat. 
Mazkur natijalarga erishishni ta‘minlovchi funksional holat yuqori va 
oliy sport formasidir. 
Boshqaruv dyeganda ushbu holatda tizimni avvaldan berilgan (maqsad) 
holatga uning o‗zgaruvchilariga ta‘sir ko‗rsatish yo‗li bilan o‗tkazish 
tushuniladi. Bizning holatimizda o‗zgaruvchilar bu gimnastikachilarning 
tayyorlik darajasining ko‗rsatikchlari (texnik, jismoniy, funksional, ruhiy). Biz 
rivojlantirayotgan konsepsiyada mazkur o‗zgaruvchilarga ta‘sir etishning asosiy 
vositalari boshqa ta‘sir vositalari (biomexanik, fiziologik, ruhiy, texnik, tabiiy 
fizik, ruxsat etilgan farmakologik, tibbiy-biologik va h.k.) bilan birgalikda 
qo‗llaniladigan pedagogik usul hamda yo‗llar sanaladi. 


185 
YUqori 
malakali 
gimnastikachilarni 
tayyorlash 
tizimida
ma‘lumotlaridan foydalanish zarur bo‗lgan bazaviy ilmiy-sport fanlari – bular 
biomexanika, fiziologiya, sport ruhshunosligi, sport pedagogikasi, jismoniy 
tarbiya va sport nazariyasidir. Bu fanlar tayyorgarlik konsepsiyasining tabiiy 
ilmiy bazisini tashkil qiladi. Mazkur konsepsiya, shuningdek, sport tibbiyoti, 
biologiyasi, muxandisligi va sport menejmenti yutuqlaridan ham foydalanishni 
ko‗zda tutadi. Bu sohalarda (avvalo, biomexanika va sport pedagogikasi 
sohasida) gimnastika modeli bo‗yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish lozim. 
Integral tayyorgarlikning muhim tarkibiy qismi ta‘minot tizimidir. Uning 
asosiy turlari: ilmiy-usuliy ta‘minot (IUT), tibbiy-biologik ta‘minot (TBT), 
moddiy-texnik ta‘minot (MTT), moliyaviy ta‘minot (MT), xodisalar va zahiralar 
bilan ta‘minoti (XZT), axborot ta‘minoti (AT), asoslar bilan ta‘minlash (ABT). 
Tayyorgarlik dasturini ishlab chiqishda uni amalga oshirish uchun ta‘minotning 
qaysi turlari zarur bo‗lishini, olimpiada siklida milliy terma jamoasini to‗laqonli 
ta‘minlash uchun nima va qancha talab etilishini aniq bilib olish shart. 
Milliy terma jamoaning asosiy xodimlar manbai uning zaxirasi – 
mamlakatning yoshlar va o‗smirlar terma jamoasidir. Rossiyaning yuqori 
malakali gimnastikachilarni tayyorlash konsepsiyasi yuqorida bayon etilgan 
mafkura va usuliyotga tayanib, zaxira bilan aniq maqsad asosida ishlashni 
nazarda tutadi, lekin bunda o‗rgatish usuliyoti va tayyorgarlik texnologiyasida 
muayyan farqlar bor. Terma jamoa tayyorgarligining xodimlar bilan taminlash 
xususiy zaxira xisobiga, ya‘ni o‗z-o‗zini ta‘minlash yo‗li bilan amalga 
oshiriladi. 
Tayyorgarlik tizimi yuqorida ko‗rsatilgan ta‘minot turlariga tayanadi, 
ular esa aytib o‗tilgan yo‗nalishlar bo‗yicha zaxira tayyorlash, ilmiy tatqiqot 
xamda tajriba konstruktorlik ishlari bilan birgalikda milliy terma jamoa 
darajasida 
yuqori 
darajali 
gimnastikachilarni 
integral 
tayyorlash 
konsepsiyasining poydevorini tashkil etadi. 
Ushbu poydevor taqsimot shaklda tasvirlangan va ichida integral 
tayyorgarlik modeli joylashgan tayyorgarlik texnologiyasining (istiqbolli 


186 
bashorat yondashuvi, o‗zib boruvchi rivojlanish va eng maqbul oshiqchalik) 
metodologik qobig‗i uchun asos bo‗lib xizmat qiladi. Uning uchun maqsad 
modeli tizim hosil qiluvchi omil hisoblanadi, haqiqatda erishish mumkin bo‗lgan 
sport natijalari esa chiqish o‗lchamlaridir. YUqori malakali gimnastikachilarni 
integral tayyorlash jarayonini maqbullashtirish mezonlari maqsad modellarini 
o‗zlashtirish tezligi, sifati va ishonchliligidir. 
Yana takrorlab aytamizki, olimpiada siklarida milliy terma jamoalarning 
tayyorlash dasturini ishlab chiqish va loyihalashtirish uchun sport maqsadli 
istiqbolli bashorat modellari asos bo‗lib xizmat qiladi. Integral tayyorgarlikning 
hozirgi zamon texnologiyasida bunday modellarning butun bir majmuasidan 
foydalanilmoqda. Ushbu modellar gimnastikani rivojlantirish yo‗nalish va 
istiqbollari, sport-texnika natijalarining o‗sishi va kuchlari nisbatini gimnastik 
mashqlar murakkabligining oshib borish qonuniyatlarini, amaldagi musobaqa 
qoidasi va gimnastikachilarning tayyorgarlik darajasini tahlil etish asosida ishlab 
chiqiladi. 
Ta‘kidlash kerakki, aynan sport-maqsadli istiqbolli bashorat
modellarining ierarxik jihatdan tartibga solingan tizimi zaminida milliy terma 
jamoaning ko‗p yillik tayyorgarligini samarali rejalashtirish, loyixalashtirish, 
dasturlash va nazorat qilish mumkin. 
Bu ierarxiya tizim xosil qiluvchi omillar oldindagi ko‗pkurash, aloxida 
turlar bo‗yicha va jamoa birinchiligi musobaqalari g‗oliblarinig mashqlarni 
bajarish sifati va murakkabligi, mazmuni modellaridir. Mazkur modellarni 
ishlab chiqishda asosiy chet ellik raqiblar tomonidan musobaqa mashqlarini 
bajarishni bashorat qilinayotgan sifati, ishonchliligi va murakkabligidan maqbul 
tarzda o‗zib o‗tish, bunda oldinda turgan musobaqa faoliyatini haqiqiy 
funksional talablaridan yuqoriroq natijalar ko‗rsatish bosh vazifa hisoblanadi. 
Keyin mazkur modellarga chiqish imkonini beradigan tayyorgarlik 
turlarining model tavsifnomalari ishlab chiqiladi. Bu model tavsifnomalarni biz 
qotib qolgan aqidalar sifatida emas, o‗zaro bir-birini o‗rnini to‗ldirish 
xususiyatiga ega bo‗lgan mo‗ljal variantlari sifatida tekshiramiz. Masalan 


187 
ma‘lum bir gimnastikachining kuchi kamroq bo‗lsa, u bu kamchilikni o‗rnini 
nozik texnikasi bilan to‗ldirishi mumkin va aksincha, lekin bu muayyan darajada 
bo‗ladi. 
Ko‗p yillik tayyorgarlik jarayonida rejalashtirilgan natijalarga 
erishishning eng muhim shartlaridan biri bosh strategik maqsad Olimpiadalarda 
belgilangan samaradorlik bilan muvaffaqiyatli ishtirok etishga bo‗ysundirilgan 
muayyan vazifalarni qo‗yib, ―maqsad daraxti‖ni ishlab chiqishdir. Asosiy kichik 
maqsadlar quyidagilar: 
-eng maqbul oshiqchalikni (texnik, taktik, jismoniy, funksional, ruhiy) 
yaratish; 
-yangi o‗ta murakkab mashqlarni oldinga o‗zib ketib egallash va 
tayyorgarlikning joriy bosqichi maqsad modelini o‗z vaqtida o‗zlashtirish; 
-o‗zinig asosiy o‗lchamlariga ko‗ra musobaqa o‗lchamlaridan ancha 
murakkab bo‗lgan sharoitda gimnastikachilarning ishonchli va yuqori samarador 
faoliyatini ta‘minlash. 
YUqori 
malakali 
gimnastikachilarni 
tayyorlash 
konsepsiyasida 
rejalashtirish, loyihalashtirish va dasturlashning eng yirik ob‘ekti bu oldindagi 
to‗rt yillik olimpiada siklida milliy terma jamoaning o‗quv-mashq jarayoni 
hisoblanadi. Ko‗p yillik tayyorgarlik jarayonini rejalashtirish, dasturlash va 
loyixalashtirish yuqorida bayon etilgan oxiridan (maqsaddan) boshidan 
(dastlabki holatga) yo‗nalishidagi metodologiya asosida amalga oshiriladi. 
Tayyorgarlikning 
olimpiada 
siklini 
rejalashtirish 
asosida 
mas‘uliyatli 
musobaqalar bilan yakunlanuvchi musobaqalar oldi tayyorgarlik bosqichining 
batafsil ishlov berilgan modellarini qayta-qayta takrorlash tamoyili yotadi. 
Oldindagi Olimpiada o‗yinlariga milliy terma jamoaning tayyorgarlik 
dasturini ishlab chiqishga o‗tgan Olipiada o‗yinlaridan so‗ng darhol kirishish 
zarur bo‗ladi. 
Modellarni ishlab chiqish - bu bir vaqtning o‗zida ham ilm, ham san‘at. 
SHuning uchun tayyorgarlik davrlari yoki bosqichlari modellarini, mashg‗ulot 
yuklamasi modeli va boshqa istiqbol-bashorat modellarini trenerlar, olimlar, 


188 
shifokorlar va boshqa yuqori malakali mutaxassislarning ijodiy jamoasi 
birgalikda ishlab chiqishlari kerak. Eng muhimi, bu hozirgi zamon gimnastikasi 
va katta sport muammolarini muvofiq tarzda tushunuvchi, o‗z ishini va 
tayyorgarlik texnologiyasini yaxshi biladigan ilg‗or fikrlovchi xamfikrlarning 
(ekspertlar, nazariyotchi va amaliyotchilar) kichikroq jamoasi bo‗lishi zarur. 
Dasturni ishlab chiquvchilar guruhini saralab olishda va uni amalga 
oshirish jarayonida quyidagi tamoyilga rioya qilish maqsadga muvofiq: 
gimnastikachilarni olimlar yoki shifokorlar emas, balki trenerlar mashq 
qildirishlari kerak, lekin olim va shifokorlar ishtirok etishlari kerak. 
Maqsad modellari har bir yangi Olimpiada siklida murakkablashib 
boradi. Ular yuqori malakali gimnastikachilarga o‗rgatish va mashg‗ulotlarning 
yangi samarali usuliy yo‗llari va texnika vositalarini ishlab chiqish hamda 
saralash uchun asos bo‗lib xizmat qiladi. ―Maqsadlar daraxti‖ ko‗rinishidagi 
yoyiq maqsad modeli tayyorlik turlarining model tavsifnomalari va boshqa 
modellar bilan birga maxsus xizmatda qayd etiladi. 
Integral tayyorgarlik texnologiyasida eng maqbul oshiqchalikning 
yaratishning asosiy vositalaridan biri musobaqa faoliyatinig asosiy o‗lchamlarini 
o‗zib o‗tib modellash va bunda o‗quv mashq jarayonini haqiqiy talablaridan 
yuqoriroq ko‗rsatkichlar namoyish etish hisoblanadi. SHu maqsadda integral 
tayyorgarlik 
jarayonida 
musobaqa 
faoliyatini 
modellovchi 
maxsus 
mashgulotlarni bir necha turidan foydalaniladi. 
YUqori 
malakali 
gimnastikachilarni 
ma‘suliyatli musobaqalarga 
tayyorlash texnalogiyasida musobaqa turi va gimnastikachilarni alohida 
xususiyatlariga moslashtirilgan musobaqalar oldi tayyorgarligi bosqichining turli 
modellaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Mazkur bosqichlar turli 
yo‗nalishdagi bir nechta xaftalik mikrotsiklardan iborat bo‗ladi. Ularni o‗tkazish 
jarayonida mashg‗ulotlar chog‗ida bosqichma-bosqich oldindagi musobaqa 
xaftasining har hil sharoitlari modellashtiriladi, tayyorlikning asosiy o‗lchamlari 
bo‗yicha eng maqbul oshiqchalik yaratiladi, mashg‗ulot yuklamalaridan keyingi 
tiklanish masalalari xal etiladi. Ushbu mikrotsiklarni so‗nggi ettita olimpiada 


189 
siklariga milliy terma jamoamizning tayyorgarligi chog‗ida biz ko‗p marotaba 
sinovdan o‗tkazganmiz. 
Musobaqalar oldi tayyorgarligi bosqichlarida eng maqbul oshiqchalikni 
yaratish uchun gimnastikachilarning zarbdor model mikrotsiklarda musobaqa 
faoliyati o‗lchamlarini bir yarim-uch baravar oshirish etarli bo‗ladi. 
Gimnastikachining darajasi qanchalik past bo‗lsa, u o‗lchamlarni shunchalik 
ko‗p oshirishi zarur. 
Bunday yondashuv ko‗pgina gimnastikachilarga musobaqalarning 
boshlanishi oldidan eng yaxshi sport formasini egallash imkonini beradi. 
O‗quv-mashq jarayonini samaradorligida uning boshchiligida boshqarish 
sifati xal qiluvchi ahamiyatga ega. Eng maqbul boshqaruvni tashkil etish uchun 
gimnastikachilar mashg‗ulot yuklamasining alohida o‗lchamlarini hisobga olish 
va nazorat qilish zarur bo‗lib, u axborotga boylik mezoni bo‗yicha 
minimallashtirilishi kerak. Bu, umuman olganda ham, juda muhim, lekin 
musobaqalarga umumiy tayyorgarlik bosqichlarida uning etib ortadi. 
Gimnastikachilarning xaqiqiy mashg‗ulot yuklamasi o‗lchamlari muntazam 
ravishda taqsimli maqsadga yo‗naltirilgan istiqbolli-bashorat turlari modellari 
bilan taqqoslanishi zarur.
Amaliyot 
yuqori 
malakali 
gimnastikachilarning 
mashg‗ulot 
yuklamalarini barcha o‗lchamlari bo‗yicha qat‘iy me‘yorlash maqsadga muvofiq 
ekanligini ko‗rsatdi. Mashg‗ulot yuklamasini har bir daqiqa uchun har bir 
harakatni taqsimlash holda dasturlash va nazorat qilish zarur emas. O‗quv-
mashq jarayoning boshqarish va nazorat qilish uchun uning eng muvofiq va 
qulay tarkibiy qismlari bu mashg‗ulot kuni va xaftalik mikrotsikli hisoblanadi. 
Integral tayyorgarlik konsepsiyasi butun jamoa tayyorgarligining 
umumiy strategiyasining saqlab qolgan holda muayyan gimnastikachilarning 
axvoli va alohida xususiyatlariga bog‗liq ravishda mashg‗ulot yuklamasi 
o‗lchamlarini joriy o‗zgartirib borishlarini nazarda tutadi. 


190 
Integral tayyorgarlik texnologiyasining muhim tarkibiy qismlaridan biri 
milliy terma jamoaga saralash tizimidir. Uning asosida sport tamoyili etishi 
kerak. 
Zamonaviy gimnastikaning professionallashuvi butun yillik sikl 
mobaynida musobaqa faoliyatiga tayyorlikning yuqori darajasini tutib turishda 
ifodalanadi. Bu tabiiy ravishda o‗tish davrining yiliga bir-ikki xaftaga 
qisqarishiga olib keladi. Zero, bu davrda gimnastikachilar etarlicha faollik bilan 
shug‗ullanishda davom etadilar. 
Bizning ko‗p yillik tajribalarimiz shuni ko‗rsatdiki, mashg‗ulot 
yuklamalarining hajmi va modelligining to‗g‗ri me‘yorlab, uni pedagogik, 
jismoniy va tabiiy-biologik vositalardan majmuali foydalanish bilan 
uyg‗unlashtirish siklida yaqqol ko‗rinib turgan o‗tish davrisiz yuqori darajadagi 
izchanlikni tiklash va ushlab turish imkonini beradi. 
―Trenirovka‖ atamasi ko‗pgina boshqa atamalar singari, keng ma‘noga 
ega. Bu so‗z bilan ko‗pincha mashq qilish yoki uni o‗rganish jarayoni 
tushuniladi. ―Sport tayyorgarligi‖ atamasi o‗z mazmuniga ko‗ra, ―sportchining 
tayyorgarligi‖ atamasiga to‗g‗ri keladi. ―Sportchining tayyorgarligi‖ – 
sportchining muvaffaqiyatga erishishiga tayyorgarligini ta‘minlashga yordam 
beruvchi barcha omillar to‗plamidan (uslublar, sharoit vositalari) foydalanishga 
qaratilishini bildiradi. 
Lekin tayyorgarlikning mazmuni va shakli faqatgina trenirovka bilan 
chegaralanib qolmaydi. Sport trenirovkasi bu sportchining mashq uslublari 
asosida tizimli tuzilgan tayyorgarligidir. 
Sportchining butun bir tayyorgarligi va tizimli trenirovkaning yakuniy 
samarasining harakateristikasi bo‗yicha ―mashqlanganlik‖, ―tayyorlanganlik‖, 
―sport formasi‖ atamalaridan foydalaniladi. 
―Mashqlanganlik‖ – bu trenirovka yuklamasi ta‘sirida organizmda sodir 
bo‗ladigan va uning ish qobiliyatini o‗sishida namoyon bo‗ladigan biologik 
muvofiqlashgan o‗zgarishdir. Mashqlanganlik ―umumiy‖ va ―maxsus‖ga 
ajratiladi.


191 
―Tayyorlanganlik‖ – bu sportchiga navbatdagi sport yutuqlariga erishish 
uchun barcha tayyorgarlik, ya‘ni: jismoniy tayyorlanganlik, sport-texnik, taktik, 
psixologik. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə