4- jadval
Mashg„ulot va uning hisobini rejalashtirish darajalari
Vaqt kesmasi
Maqsadli vazifasi
Axborot ko„rsatkichlari va
hisob omillari
Dars turi
Badan qizdirish
O‗quv
Mashq
Elementlar,
kombinatsiyalar
miqdori
Urinishlar miqdori
Nazorat
Model
MJT
UJT
Tiklovchi
Urinishda elementlar miqdori
Ko‗pkurash turlari miqdori
Darslar vaqti (umumiy «sof»)
Mashg‗ulotlar shiddati
Mashg‗ulot
kuni
Jalb qiluvchi
Asosiy
Zarbdor
Tahrirlovchi
Tiklovchi
Bir kunlik mashg‗ulotlar miqdori
Bir kunlik yuklama hajmi va
shiddati
Mikrotsikl
Jalb qiluvchi
Asosiy
Zarbdor
Model
Hozirlovchi
Tiklovchi
Darslar va mashg‗ulot kunlari
miqdori
YUklamaning
kunma-kun
o‗zgarishi
Bosqich
(mezotsikl)
Tayyorgarlik davrida: o‗quv
takomillashtirish
dasturini
yangilash
Musobaqa
davrida:
musobaqalar oldi, amalga
oshirishga
bevosita
Mikrotsiklar miqdori
Mikrotsiklarning almashinishi
Mikrotsiklarda
yuklama
dinamikasi
Kombinatsiyalarda
o‗ta
murakkab
elementlarning
miqdori
179
tayyorgarlik (yakuniy)
O‗tish davrida: qo‗llab-
quvvatlovchi mashg‗ulotni
faol tiklash
Urinishlarning
umumiy
miqdorida butun kombinatsiyalar
foizi
Baholash uchun kombinatsiyalar
miqdori
Xatolar soni
Davr
Tayyorgarlik
Musobaqa
O‗tish
Bosqichlar miqdori va ularning
almashinishi
Mashqlanganlik
va
tayyorlanganlik
darajasi
ko‗rsatkichlari
Sikl
4-yillik
1-yillik
YArim yillik
Sikl va mashg‗ulot davrlari
davomiyligi
Mashg‗ulot
davrlarida
yuklamalar va tayyorlanganlik
dinamikasi
Musobaqalar soni
Sport natijasi
Sport razryadi
SHuni nazarda tutish joizki, kattaroq vaqt kesmasidagi yuklamaning
hisobi mashg‗ulot kesmasini tavsiflashda qayd etib o‗tilgan qisqaroq muddatli
omillarning ham e‘tiborga olinishini ko‗zda tutadi (masalan, mikrotsikldagi
yuklamaning hisobga olishning axborot ko‗rsatkichlari va omillariga yana
mashg‗ulot kuni hamda dars va h.k. ni tavsiflovchi ko‗rsatkichlarni ham
qo‗shish kerak). SHunday qilib, guruhli mashg‗ulotni rejalashtirish uchun
ko‗pgina omillarni bilish va hisobga olish zarur.
Amalda gimnastikachilar yildan-yilga razryad pilla-poyalaridan tobora
yuqoriroq pog‗onaga ko‗tarilib kelyaptilar. Har yili bittadan razryad va unga
qo‗shimcha
sifatida
dastur
materiallari
–
mashg‗ulot
mazmunini
rejalashtirishning asosi. Musobaqalar taqvimi, bir tomondan, va mashg‗ulot
jarayonini avj oldirish uchun zarur vaqt, ikkinchi tomondan, tayyorgarlik vaqtini
ko‗rsatadi, shiddatini belgilaydi.
Tayyorgarlik konsepsiyasi. YUqori natijalarni mo‗ljallaydigan sport
gimnastikasida sportchilar tayyorgarligining bosh maqsadi ularning eng yirik
musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishlari va avaldan rejalashtirgan yuksak
180
sport-texnik natijalarga erishishlardir. Bu erda musobaqa va musobaqa faoliyati,
umuman katta sportda bo‗lgani kabi birlamchi, mashq faoliyati esa ikkilamchi
bo‗lib birinchisiga bo‗ysunadi.
SHuning uchun yuqori malakali gimnastikachilarning tayyorgarlik
tizimidagi maqsad modeli bu musobaqa faoliyatining modelidir. SHu sababli
mazkur faoliyat sinchiklab o‗rganilishi, bashorat qilinishi va nazariy holda
amaliy jihatdan muvofiq ravishda modellashtirilishi kerak.
Oliy malakali gimnastikachilar tayyorgarligining asosiy strategiyasi
o‗quv-mashq jarayonida musobaqa faoliyatining asosiy o‗lchamlarini uning
xaqiqiy talablaridan ancha yuqorilashib qayta-qayta modellashtirishdan iborat.
YUqori malakali gimnastikachilarni tayyorlashning muhim vazifalaridan
raqobatbardosh musobaqa mashqlarini mohirona bajarish texnikasini mukammal
o‗zlashtirib olish, mahorat mezonlaridan biri esa ularni keskin sport kurashlari
sharoitida belgilangan samaradorlik bilan bexato va ishonchli bajarishdan iborat.
YUqori malakali gimnastikachilarni tayyorlash konsepsiyasi gimnastik
ko‗pkurashning barcha turlaridagi musobaqa mashqlari murakkabligini oshirib
borishni ayni vaqtda bajarish texnikasi mahorati va musobaqalardagi
ishonchliylikni yuksaltirishni nazarda tutadi. Bu vazifalar milliy terma jamoaga
nomzodlarning musobaqa dasturiga o‗ziga xos o‗ta murakkab unsurlar va
ularning shodesini vaqt bo‗yicha to‗lqinsimon tarzda taqsimlangan katta hajmli
va yuqori shiddatli mashg‗ulot yuklamalarini qo‗llash hamda tiklanishning
muvofiq vositalaridan foydalanish yo‗llari bilan hal etiladi.
Konsepsiyaning asosiy belgisi chet ellik raqiblarni tayyorgarlikning
asosiy o‗lchamlari (mashqlarni o‗ziga xosligi va murakkabligi, bajarish
texnikasi mahorati, bundan tashqari, bu musobaqa qoidalari tomonidan ham
rag‗batlantirilmaydi va muvaffaqiyatsizliklar ehtimolini ham oshiradi; FIJ texnik
qo‗mitalari bugungi kun shart-sharoitidan ancha oldinga ketib qolgan futurist-
gimnastikachilarning yangiliklari qadriga etmasliklari ham mumkin. Gimnastika
tarixida bunday favqulodda xodisalar sodir bo‗lgan.
181
Jahon gimnastika hamjamiyati o‗rnatilgan qadriyatlarni qayta baholab,
rivojlanishning yanada yuqoriroq darajasiga o‗tish uchun etilishi lozim. Eng
avvalo, bu barcha xakamlar uchun majburiy bo‗lgan musobaqa qoidalari va
murakkablik jadvallarini ishlab chiquvchi FIJ erkaklar va ayollar texnik
qo‗mitalariga tegishli. Tajribalarning ko‗rsatishicha, asosiy raqiblar ustidan
ishonchli g‗alaba qozonish uchun velosipedchilar tili bilan aytganda, ularni
tayyorlikning asosiy o‗lchamlari bo‗yicha «bir g‗ildirakka» o‗zib o‗tishning o‗zi
kifoya.
YUqori darajadagi natijalarga erishishlari uchun gimnastikachilar ko‗p
yillar mobaynida juda katta hajmli ishlarni amalga oishirishlari kerak. Ayniqsa,
jahon gimnastikasining eng yuksak namoyondalari safiga kirib borish
bosqichida ko‗p mashq qilish talab etiladi. So‗nggi o‗n yilliklar ichida yuqori
malakali gimnastikachilar mashg‗ulot va musobaqa yuklamalarining o‗sishi
kutilmoqda.
Ayni vaqtda, olimlar va adabiyotchilar odatdagi sharoitlarda mashg‗ulot
yuklamalari hajmini shunchaki mexanik jihatdan ko‗paytirish yuqori malakali
sportchilarni tayyorlash samaradorligini oshirish muammosini o‗z o‗zidan echib
qo‗ya qolmasligini ko‗p bor ta‘kidlaganlar. Buning ustiga, shunday yondashuv
ko‗pincha texnik mahoratni takomillashtirish sur‘atlariga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi,
gimnastikachilar tayanch-harakat apparatining zo‗riqishi va jarohatlar
miqdorining ortishiga olib keladi.
SHunday qilib, mashg‗ulot yuklamasini ko‗paytirish zarurati bilan ham
gimnastikachilarning, ham ular atrofidagi muhitning (snaryadlar, asbob-
anjomlar, jihozlar) imkoniyatlarini me‘yorlash orasida ziddiyat yuzaga keladi.
SHuningdek, yana ta‘kidlash kerakki, hozirgi zamon yuqori natijalar
gimnastikasida yuklama hajmi ruhiy, biologik va ijtimoiy sohalarda chegaraviy
darajaga yaqinlashib qelmoqda. SHuning uchun mazkur muammoni hal
etishning ekstensiv yo‗llari (yuklama hajmini mexanik oshirish) ma‘lum
darajada tugab borayotir. Zahiralarni tayyorgarlikni jadallashtirishdan izlash
lozim.
182
Rivojlantirilayotgan konsepsiyada ko‗rsatilgan ziddiyat gimnastika
asbob-anjomlari va tayyorgarlik texnologiyasini muntazam takomillashtirish, ish
hajmini yana ham yuqoriroq jadallik doiralarida uni yanada tezlashtirish
hisobiga xal qilinadi. Bunda gimnastikachilarning harakat imkoniyatlarini yana
ham to‗la va havfsiz ravishda amalga oishirishga yordam beradigan maxsus
tashqi va ichki sharoitlar yaratiladi. Alohida ta‘kidlash kerakki, yuqori malakali
gimnastikachilarni integral tayyorlashning Rossiya texnologiyasida uning
pedagogik tarkibiy qismini takomillashtirish «burchakning boshi» sanaladi.
Mumtoz (klassik) didaktik tamoyillarga tayangan holda yuqori malakali
gimnastikachilarni tayyorlash konsepsiyasi ularning murakkabni oddiydan
o‗zlashtirish talabini to‗ldiradi. Bu demak – nisbatan oddiy unsurni (masalan,
egilib salto qilish) o‗rganayotgan vaqtda uni faqat xakamlar nuqtai nazaridan
bexato bajarishi darajasidagina emas, balki shunday o‗lchamlar darajasida
o‗rganish kerakki, bu gimnastikachiga ancha keyin unsurni (masalan,
ikkilangan, uch-salto) tez o‗zlashtirish imkonini bersin.
Bu holatda oddiydan murakkabga tomon yo‗l o‗zining bir tomonlama
yo‗nalishini o‗zgartirib, yaqqol ifodalangan «mokisimon» xususiyatga ega
bo‗ladi, ya‘ni vaqti-vaqti bilan murakkabdan oddiyga qaytib, bu shaklan oddiy
harakatni o‗lchamlar jihatidan ancha murakkabga aylantiradi. SHunga ko‗ra
maxsus bazali tayyorgarlik alohida ahamiyat kasb etib, milliy terma jamoaning
o‗quv-mashq tayyorgarligi jarayonida uning tutgan o‗rni nafaqat pasaymaydi,
balki, aksincha, yana ortib boradi.
Integral
tayyorgarlik
konsepsiyasining
blok-sxema
86-rasmda
ko‗rsatilgan. Uning markazidagi vi ta yaprog‗i bir-biriga chatishib ketgan gul
shaklida tayyorgarlikning asosiy turlari tuzilishi, ularning o‗zaro birligi va
o‗zaro aloqadorligi ochiq-oydin ifodalangan. Ular birgalikda yagona
integrallagan texnologik tizim tarzida ishlaydilar.
|