192
matbuotda yoritish va boshqalar). Taraqqiyotlashtirish g‗oyasi ayniqsa,
tanlangan sport turining chuqurlashtirilgan yillik va ko‗p yillik ixtisosligida
sportchining funksional, psixofunksional va texnik imkoniyatlarini samarali
rivojlanishini ta‘minlovchi harakat vositalari va uslublarini qo‗llash yordamida
amalga oshiriladi.
CHuqurlashtirilgan
ixtisoslikni sport rivojlanishining zamonaviy
bosqichida yuqori natijalarga erishishning o‗zgarmas sharoiti deb qaralishi
kerak. Bu holat murakkab koordinatsiyali, vaqt dificiti, haqiqatda xatarlilik bilan
bog‗liq asosiy mashq vositalari sifatida foydalaniladigan sport turlarida
ahamiyatga ega.
CHuqurlashtirilgan ixtisoslik nafaqat inkor qilmaydi, balki trenirovka
jarayonida boshqa sport turi vositalaridan foydalanishni ham nazarda tutadi. Bu
ko‗rinishni maqsadga muvofiqligi, sport ixtisosligini almashtirgan ayrim
sportchilarni tez yuksalishining ko‗pgina misollarida isbotlangan. Xususan,
akrobatika sport gimnastikasi (sakrash, juft guruhli mashqlar), qisqa masofaga
yugurish va sakrashga (akrobatik sakrash) ixtisoslashtirilgan shaxslarda
intilishlar sonini oshishi natijalari yagona xodisa emas. Empirik faktlar sport
turlari sparringi (Lonskiy) g‗oyasi bilan mujassamlandi, va o‗zining
taraqqiyotini isbot qilib, fuqarolik xuquqi egallandi.
Sport akrobatikasida individuallashtirish prinsipi turi (sakrash, juft,
guruhli mashqlar), o‗rni (yuqoridagi, o‗rtadagi, pastdagi) trenirovka vositalari va
miqdorni tanlash kengaymoqda.
Dostları ilə paylaş: