5.2. GIMNASTIKADA SHUG„ULLANTIRISHNING UMUMIY
ASOSLARI
Sport gimnastikasi – eng mashxur sport turlaridan biridir. U o‗sib
kelayotgan avlodni garmonik rivojlanishiga yordam beradi, misol uchun ko‗p
mamlkatlarda jismoniy tarbiya milliy tizimining muxim tarkibiy qismi
hisoblanadi.
Sport gimnastikasi shug‗ullanuvchilarning jismoniy takomillashtirish
vazifalarini hal qilib, murakkab koordinatsiyali harakat, katta jismoniy kuch,
irodani safarbar qilish, bardoshlilik va jasorat talab qiluvchi gimnastika
mashqlarini bajarishni mahorat bilan o‗zlashtirishni ko‗zda tutadi.
YUqori malakali gimnastikachilarni tayyorlash jarayoni ularni yangi
kelgan davrida xalqaro toifadagi sport ustasigacha bo‗lgan ko‗p yillik yo‗lni
ko‗zda tutadi. Maxsus mashg‗ulotning boshlanishidan to sport ustaci darajasiga
etguncha eng qulay vaqti ayollarda o‗rtacha 5–7, erkaklarda 7–9 yoshni talab
etadi.
Agar gimnastika bilan shug‗ullanishdan to faol trenirovkaning
yakunigacha bo‗lgan vaqtni hisoblansa, gimnastika amaliyoti davri ancha 15 dan
20 yoshgacha davom etishi mumkin.
Jahonda kuchli gimnastikachilarining demonstraciya davrida ularning
eng yuqori natijalari, bu yutuqlarga erishish yo‗lidagi dasturlarni o‗zlashtirish
uchu zarur bo‗lgan vaqti gimnastikachilar tayyorgarligi muddatini aniqlash
mezoni xisoblanadi.
197
Respublika gimnastika maktabida gimnastikachilar boshlang‗ichdan
ustalikning yuqori darajasiga bosqichli o‗tish tizimi vujudga keldi. Har bir
daraja dasuriy material va nazorat yuklamalariga mos keladi. Nazorat
yuklamalarining asosiy shakli – klassifikatsion dastur va unga mos sport
razryadi. Bosqichlilik prinsipi universaldir. U faqatgina bo‗lg‗usi chempionlar,
balki har qanday malakada gimnastikachi tayyorgarligining asosiad yotadi.
SHunday qilib, yuqori malakali gimnastikachilarning ko‗p yillik
tayyorgarligi konsepsiyasi yillar davomida trener tomonidan bosqichma-bosqich
qo‗llaniluvchi o‗ziga xos vosita va uslublar tizimi to‗g‗risidagi tasavvurga
tayanadi va mashg‗ulot o‗tkazishning tashkiliy shakllari hamda dasturiy
yuklama talablarini ko‗zda tutadi.
Gimnastikaning sport turi sifatida rivojlanishning yangi, ancha yuqori
darajasi va shunga muvofiq (mos) bilimlar uni boshqarish tizimi qandayligini
ko‗rib chiqish zaruratini aniqlaydi.
Umumiy ko‗rinishida boshqarish, ob‘ektning holatini o‗zgartirish
maqsadida yo‗naltirilgan maqsadni ko‗zda tutadi.
Gimnastikada boshqarishni ob‘ektning masshtabiga qarab gimnastika
turini rivojlanishga qaratilgan yoki faqat mamlakatning terma jamoasi
darajasiga, va nihoyat trenernening gimnastikachilar guruhi bilan ishlash
jarayoni deb qarash mumkin.
Boshqarish – talab qilingan vaqtda kerakli natijaning isbotini ko‗zda
tutish xisoblanadi. Xaqiqatda, agar sport turi rivojlanishning qonuniyatlari
bilimiga tayanilsa, tayyorgarlikning tashkiliy shakllaridan progressiv vosita va
uslublaridan foydalanish sportchini yuqori maxoratga intilishi yo‗lida
xodisalarni bir tekis urishidan saqlanish mumkin.
Ta‘kidlash joizki, boshqarishnig ―kichik‖ 3–5 kishilik gimnastikachilar
guruhiga raxbarlik qiluvchi, ―oddiy‖ trener doirasida faoliya yurituvchi
boshqarishning ―katta‖ mexanizmi mohiyatini ko‗zda tutishi kerak. SHundagina
uning
ishi
istiqbolli
va
samarali
bo‗ladi. SHu munosabat bilan
198
gimnastikachilarning ko‗p yillik tayyorgarligi to‗g‗risida tushunchani bayon
etamiz.
Sport gimnastikasi bilan shug‗ullanishni organizmga ta‘siri. Sport
gimnastikasi – insonning jismoniy garmonik rivojlanishida samarali vositadir.
Sport gimnastikasi mashqlarini shug‗ullanuvchiga yaxshi ta‘sir etishini baholash
murakkab. Ular qo‗l, gavda, elka kamarining muskul bo‗g‗im apparatini yaxshi
rivojlanadi, yangi jismoniy mashqlarni o‗zlashtirish uchun sharoit yaratadi,
ko‗pgina mashqlar bevosita amaliy ahamiyatga ega. masalan, asboblardagi ba‘zi
ko‗tarilish va to‗ntarilishlar, ulardan sakrab tushishlar.
Sport gimnastikasi jasorat, qat‘iyat, kutilmagan sharoitda mo‗ljalni ola
bilishni tarbiyalaydi. U epchillik, kuch va chidamlilik kabi jismoniy sifatlarni
takomillashtirishga yordam beradi. Gimnastikachi sportga rivojlanish jarayonida
borgan sari murakkab mashqlarni o‗zlashtiradi. Sport gimnastikasi bilan
shug‗ullanish faqatgina mushak – bo‗g‗im apparatiga, balki ichki orgonlariga
ham yaxshi ta‘sir ko‗rsatadi.
Ma‘lumki, trenirovka qilmagan odam tayanch sharoiti uning uchun
odatdagiday bo‗lmaganda, gorizontga nisbatan g‗ayritabiiy holatlarga
tushganda, uning ba‘zi ichki orgonlari yurak, o‗pka, oshqozoni siljiydi, natijada
ish faoliyati yomonlashadi.
Sport gimnastikasi g‗ayritabiiy sharoitlardaichki orgonlarning siljishi
bilan kurashishda ajoyib vositadir.gimnastika mashqlarini ko‗p marotaba
takrorlashlar odam organizmini borgan sari tanining g‗ayritabiiy holatini kam
sezadigan bo‗ladi.
Malakali gimnastikachilarning ichki orgonlari shug‗ullanmaydigan-larga
nisbatan ancha kam siljiydi.
Odamning boshi pastga qarab to‗ntarilganda diafragma pastga tushadi va
unga qorin bo‗shlig‗i bosib qo‗yadi. Buning natijasida malakasiz gimnastikachi
deyarli qorindan nafas ololmaydi, ko‗krakdan nafas olish esa qiyinlashadi.
Boshni pastga qilgan holatdako‗krak qafasi sig‗imi kamayadi, buning natijasida
199
nafas olish qiyinlashadi va nafas chiqarish osonlashadi. Bunda o‗pkaning tiriklik
sig‗imi deyarli 1 litrga kamayadi.
Trenirovka qilib yurgan gimnastikachining boshini pastga qilgan
holatdagi nafas chuqurligi trenirovka qilmagan gimnastikachiga qaraganda
ko‗proq. O‗pkaning tiriklik sig‗imi to‗g‗risida ham shuni aytish mumkin.
ma‘lumotlarga ko‗ra, malakali gimnastikachi gimnastika mashqlarini
bajarayotganda o‗pka ventilyaciyasi juda ijobiy amalga oshadi, bu vaqtda bu
holatlarni yaxshi bajara olmaydigan gimnastikachida xaddan tashqari zo‗riqish,
nafasning ushlanishi va o‗pka ventilyaciyasining etishmasligi kuzatiladi.
SHunday ekan, sport gimnastikasi g‗ayritabiiy tayanch holatlarda nafas tizimi
faoliyatini rivojlantirishda yaxshi vosita xisoblanadi.
Ma‘lumki, asboblarda mashq bajarishda nafas olish va qon aylanishi
o‗ziga xosdir. Agarda, ko‗pgina sport turlari bilan shug‗ullanganda shpka
ventilyaciyasi va gaz almashish ish jarayonida ishning keyingiga qaraganda
ko‗p bo‗lsa, ko‗pgina gimnastika mashqlarini bajarishda buning aksidir.
Masalan, Lingandning ma‘lumotiga ko‗ra, turnikda qo‗llarni bukib osilish
vaqtida yurak hajmi daqiqasiga 11.3 litr bo‗lsa, bevosita buni bajargandan so‗ng
esa 12.3 litr. Xuddi shu muallifning ma‘lumotiga ko‗ra, gaz almashishi xuddi
shu osilishni bajarilayotgan vaqtdagi bajarib bo‗lgandigisi ko‗proq (ish paytida
kislorodni singdirish – 542 sm3, ishdan keyin esa – 707 sm 3). Lekin gimnastika
mashqlarining hammasi to‗g‗risida buni aytib bo‗lmaydi. Qo‗llarda tik turishni
yaxshi bajaruvchi gimnastikachida ishdan keyingi o‗pka ventilyaciyasi
kislorodni singdirish va daqiqalik hajm uni bajarish paytidagiga qaraganda
kamroq.
Mashqlarni yaxshi o‗zlashtirigan gimnastikachi nafas fazasi bilan harakat
fazasini moxirona moslashtira oladi. Natijada snaryadda nafasni ushlanishi kam
bo‗ladi, shu bilan birga qisqa vaqt oralig‗ida. Nafas ritmi buzilmaydi, kislorod
qarzi esa (qachoniki, u paydo bo‗lganda) tez tiklanadi. Sport gimnastikasi bilan
shug‗ullanish turli atsiklik faoliyatlarda nafas fazasi bilan harakat fazasini
moslashtira olish qobiliyatini tarbiyalashga ijobiy ta‘sir etadi.
200
Sport gimnastikasi mashqlari ta‘sirida yurak va qon tomirlar funksiyasi
rivojlanadi. Snaryadda trenirovka qilish paytida qon bosim darajasi o‗zgaradi.
Birgina, qo‗llarda tortilishda qon bosimi 160–170 rt.st gacha ko‗tarilishi
mumkin. trenirovka qilmagan odam boshni pastga qilib aylanish bilan bog‗liq
harakatlarni bajarganda boshning qon tomirlarida bosim ko‗tariladi, yuz birdan
qizarishi kuzatiladi. Mashg‗ulotlar ta‘sirida bular xodisalar yo‗qoladi.
Trenirovka qilib chiniqqan gimnastikachininig tana holati o‗zgarganda
qon omirlar tonusi o‗zgaradi; boshni pastga qilib aylanishi paytida qon tomir
diametri qisqaradi va shuning uchun yuz qizarmaydi. Gimnastika mashqlarini
bajarish natijasida qon tomir qunkciyasi rivojlanadi va gimnastikachi tanasining
har bir holatdagi o‗zgarishlarida qonni taqsimlashni ta‘minlovchi shartli
reflekslari shakllanadi. Ba‘zi paytlarda oldinga yoki orqaga siltanib
ko‗tarilishni bajarganda odamning markazdan qochuvchi kuchiga ta‘sir etish
bilan bog‗liq bo‗lgan snaryaddagi bir qator harakatlarni va katta aylanishlarni
bajarishda ham qon aylanishi o‗zgarishini kuzatish mumkin.
YUqoridagi
ko‗rsatilgan harakatlarda, ayniqsa yuqori tezlikda
bajariladigan harakatlarda markazdan qochuvchi kuch qon oyoqqa tomonga
harakatlanadi. Va agar qon aylanish tartibi buzilsa bosh miyaning qon bilan
ta‘minlanishi kamayadi.
Trenirovka qilgan gimnastikachilar fazoda tananing tez o‗zgartirishini
qon aylanishiga ta‘sir etuvchi turli tezlikdagi va boshqa omillarni engil bajara
oladilar.
SHuningdek, sport gimnastikasi mashqlarining shug‗ullanuvchilar
vestibulyar apparatiga ijobiy ta‘sirini ta‘kidlab o‗tish joiz. Ular vestibulyar
apparat uchun ham qo‗zg‗atuvchi, ham trenirovka qilidiruvchi omil hisoblanadi.
Ularni bajarish natijasida gimnastikachilarda tana holatining o‗zgarishiga,
tezkorlik harakatiga turg‗unligi rivojlanadi. Vestibulyar apparat paydo bo‗lgan
qo‗zg‗atuvchi vegetativ va reflekslar sport bilan shug‗ullanmaganlarga va
boshqa sport bilan shug‗ullanadiganlarga nisbatan gimnastikachilarda kamroq
bo‗ladi.
201
Sport gimnastikasi bilan shug‗ullanuvchilarda boshqa sport turlarining
turli harakatlari texnikasini shu bilan birga, ko‗pgina maishiy va mehnat harakat
malakalari texnikasini ham tez o‗zlashtirish qobiliyati rivojlanadi, gimnast
trenirovka jarayonida harkatlarning katta qismini o‗zlashtiradi, katta harakat
tajribasini oshiradi va shuning uchun har bir harakat malakasini tez o‗zlashtiradi.
Sport gimnastikasi shug‗ullanuvchilarda dadillik va qat‘iyatlilik kabi
sifatlarni namoyon bo‗lishiga yordam beradi. Ma‘lumki gimnastikachilar
ko‗pincha qo‗rquv, himoya refleksi ormozlanishi engishga majburlovchi xavfli
elementlarni o‗zlashtirisha to‗g‗ri keladi. Ular yuqori balandlikdan sakrab
tushishni, ancha yuqori qarshiliklarni turli usullar bilan engishni, yuqori tezlikda
aylanayotib snaryadni qo‗yib yuborishi va yana uni ushlab olishni, qisqa
tayanch maydonida muvozana saqlashni va boshqalarni bajarishlariga to‗g‗ri
keladi. Bu harakat tajribasi gimnastikachiga ko‗pincha bebaho xizmat harakat
vazifalarini teng sharoitda kimning tajribasi ko‗p bo‗lsa, o‗sha muvaffaqiyatli
echa oladi.
Sport gimnastikasi bilan shug‗ullanuvchilar qancha ko‗p trneriovka qilsa,
shuncha katta muvoffaqiyatga erishadilar, salomatliklari qancha mustaxkam
bo‗lsa, jismoniy rivojlanish ham shuncha yuqori bo‗ladi.
Mubolag‗asiz aytishimiz mumkinki, yoshlarning sportdagi yutuqlari
ularning salomatliklari va jismoniy rivojlanishi ko‗rsatgichi hisoblanadi.
Gimnastikachi tayyorgarligining ko‗p yillik bosqichlari. Asosiy
vazifalarni tobora murakkablashish belgisiga qarab tayyorgarlikning alohida
bosqichlarini ajratish tashkiliy va pedagogik asoslangan. Kelitirlgan maxsus
adabiyotlarda to‗rtta bosqich belgilangan: saralash va boshlang‗ich
tayyorgarlik, maxsuslashtirilgan tayyorgarlik, yuqori muovfaqqiyatlar erishi va
yakuniy.
Asosiy vazifalarga qarab bosqichlar davrlarga bo‗linadi. Gimnastikachi
muvoffaqiyatining darajasi o‗zlashtirilgan dasturning hajmi va murakkabligi
bilan
harakterlanadi.
Dastur
materiallarini
o‗zlashtirish gimnastikachi
yoshinihisobga olib rejalashtiriladi.
202
Sport gimnastikasi rivojlanishining zamonaviy bosqichida ko‗p yillik
trenirovka jarayoni yangi kelganlar bolalar xisoblangan tayyorgarlikning yagona
tizimi deb qarash kerak. Mazkur sport turi uchun harakterli hisoblangan ilk
ixtisoslik yosh gimnastikachilarning yoshini hisobga olgan holda muhim
xususiyatlarni hisobga olishini mo‗ljallaydi.
YOsh gimnastikachilar tayyorgarligi tizimi ilgari qandayligini ko‗rib
chiqilganda gimnastikachilar tayyorgarligining umumiy tizimidan alohida
bo‗lishi maqsadga muvofiq emasligi ma‘lum bo‗ldi. Har bir bosqichda
echiladigan, asosiy yo‗nalish vazifalar bosqichining nomida aks etadi.
Saralash va boshlang‗ich tayyorgarlik bosqichida gimnastika guruhiga
bolalarni dastlabki saralab olish bilan amalga oshiriladi. Bolalar bilan ishlash
jarayonida sport maktablarida keyinchalik mashg‗ulot olib boruvchi yangi
qobiliyatli bolalar tanlab olinadi. Boshlang‗ich tayyorgarlik bosqichi
shug‗ullanuvchilarni tayanch harakat apparatining garmonik rivojlantirish
maqsadidadgi turli-tuman umumrivojlantiruvchi mashqlar qo‗llanilishi bilan
harakterlanadi.
Yugurish, sakrash, uloqtirish, tirmashib chiqish elementlari ishtirok etgan
harakatli o‗yinlardan foydalaniladi. Asta sekin aniqlik va harakat koordinatsiyasi
elementlari kiritiladi. Bolalar yutuqlari ishlab chiqilgan tenglamalar bilan
baholanadi. Bolalarga ularga tanish bo‗lgan ―kim tezroq‖, ―kim yuqoriroq‖,
―kim aniqroq‖va shunga o‗xshash kabi xaakatlar tavsiya etiladi. Bosqichning
oxirida gimnastika ko‗pkurashi turlaridagi mashqlar qo‗llaniladigan maxsus
mashg‗ulot boshlanadi. Texnik tayyorgarlik poydevori quriladi – yosh
gimnastikachilar uchun klassifikacion dasturga kiruvchi, oddiy, tayanch va engil
sharoitlarda bajariladigan tuzilishi bo‗yicha ancha murakkab elementlar
o‗zlashtiriladi (masalan batutda salto, paralonli chuqurga sakrash bilan).
Boshlang‗ich bosqichining eng muhim vazifasi shug‗ullanuvchida sadoqat va
butun umrga sevimli bo‗lib qoladigan sport turi sifatida gimnastikaga mehr-
muxabbat xissini tarbiyalash hisoblanadi. Albatta, keyingi bosqichlarda bu
xissiyotlar har taraflama yuqori darajada rivojlanishi kerak.
203
Maxsus tayyorgarlik bosqichi gimnastika maktabi o‗zlashtirilganiga
qaraganda guruhlashtirilganligi bilan harakterlanadi. Maxsus tayyorgarlik
birinchi o‗zlashtirilgan elementlarning ko‗pchiligiga bog‗liq. Tayanch
elementlar tayanch kombinatsiyalarda shakllanadi. Bu kelajakdagi murakkab
individual kompozitsiyaning asosidir. Asosiy harakat sifatlarini tarbiyalash
maqsadida umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik vositalaridan foydalaniladi.
Gimnastikachilar trenirovkasida, ayniqsa guruhlashtirilgan maxsus tayyorgarlik
davrida mazkur bosqichni to‗g‗ri rejalashtirish va tashkil qilish ularning
kelajakdagi sportda muvaffaqiyatlarga erishishlarida hal qiluvchi ahamiyatga
ega.
Bosqich sport ustasi nomzodi va sport ustasi dasturi o‗zlashtirilganda
yakunlanadi. Istiqbolli trenirovka nafaqat xalqaro gimnastika federaciyasi
(XGF) tasdiqlagan majburiy dastur bo‗yicha, balki ihtiyoriy dastur bo‗yicha ham
(mashq kompozitsiyasiga qo‗yilgan maxsus talablarni hisobga olib)
o‗zlashtirishni talab qiladi. Mazkur bosqichda ayollar va erkaklarda ustalikning
o‗sish tezligi orasidagi farq ancha sezilarlidir. Ayollar erkaklardan 3-4 yil oldin
spot ustasi bo‗ladilar. Gimnastikachining individual imkoniyati va harakat
qobiliyati, ularning istiqboli aniq namoyon bo‗ladi.
Mashg‗ulotning keyingi yillarida, yuqori muvaffaqiyatlar bosqichida
gimnastikachilar erkin mashqlarni eng yuqori darajaga etkazish halqaro
toifadagi sport ustasi kabi faxriy unvonni qo‗lga kiritishga harakat qiladilar.
Ko‗p yillik tayyorgarlikning keyingi darajasiga o‗tish yuqori natijalarning
barqaror bo‗lishidir.
Tajribali sportchi faxriylarda yuqori muvoffaqiyatga erishish ancha
uzoqqa cho‗zilishi mumkin. O‗zbekistonning taniqli gimnastikachilari
G.SHamray, S.Diomidov, E.Saadi, O.CHusovitinalarning olimpiadadagi bir
necha marta qatnashganligi buning isbotidir.
YUqori sport natijalari namoish qilish davridan keyin ko‗rsatgichlarning
barqarorligi va asta sekin pasayishi gimnastikachining yakuniy bosqichiga
204
o‗tayotganini ko‗rsatadi. Bu bosqich musobaqalar tugagandan keyin shaxsiy
trenirovkalarni davom ettirib uzoqroq cho‗zilishi mumkin.
Gimnastika bilan ancha keyin shug‗ullanishni boshlaganda bosqichlilik
prinsipi xodisalarni istisno qilmasligini xisobga olish zarur.
Biroq gimnastikachi o‗zining tayyorgarligida ustalik darajasining barcha
bosqichlaridan o‗tishi kerak. Albatta yoshi katta yangi kelganlarning
boshlang‗ich tayyorgarlik bosqichida ancha miqdordagi kuch mashqlaridan
foydalaniladi, yuqori muvoffaqiyatlar bosqichida esa ancha oddiy vazifalar –
razryad yuklamalarini bajarish bilan bog‗liq bo‗lishi mumkin. shuni ta‘kidlash
kerakki, har bir bosqich va davrda umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlariga
katta o‗rin ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: |