O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

Tayanch yuzasi
 
tananing tiranuvchi bo‗g‗inlari o‗rtasidagi maydonning 
kengligi bilan belgilanadi. Mazkur makonning konfiguratsiyasi tayanch yuzasi 
doirasida turg‗un muvozanat holati cheklangan sharoitda gimnastning 
muvozanatni saqlash imkoniyatiga ta‘sir ko‗rsatadi. Muvozanatni saqlash uchun 
tayanchning butun yuzasi teng ahamiyat kasb etmasligi tufayli, quyidagilar 


214 
farqlanadi: a) ushlashni hisobga olmaganda tayanchning samarali yuzasi; b) 
tayanchning nominal yuzasi; v) tayanch yuzasining formal konturlari bilan 
muvofiq keladigan makonning turg‗unlik maydoni. Mazkur maydon o‗lchamlari 
va konfiguratsiyasi tananing tayanch bo‗g‗inlari morfologiyasiga, snaryad bilan 
aloqaning (uni ushlashning) xususiyatiga, gimnastning jismoniy imkoniyatlari 
va holatiga bog‗liq bo‗ladi (94-rasm). Gimnast tana OUM proektsiyasini 
tayanch yuzasining markaziga mumkin qadar yaqin holatda saqlashga harakat 
qiladi. Ammo bu erda qoidadan istisno etiladigan holatlar bo‗lishi mumkin. 
CHunonchi, bir oyoqda muvozanatni saqlab turishni bajarganda gimnastlar 
barmoqlar va tovon mushaklarining o‗ta ta‘sirchanligi hisobiga muvozanatning 
yo‗qolishini tez ilg‗ash va uni bartaraf etish uchun tana OUMni tayanch 
yuzasining o‗rtasidan ozgina oldinga siljitishga harakat qiladilar. Bu holda 
harakatlarni boshqarish jarayoniga anatomiya, fiziologiya, psixologiya qonunlari 
o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi. 
94-rasm 
Tayanch yuzasi va tana OUMning tayanch o‗zra balandligi 
turg‗unlikning bitta mezoni – 
turg„unlik burchasiga
 
birlashtirilishi mumkin. U 
tana OUMning tayanchga proektsiya chizig‗i va tana OUM bilan tayanch 
yuzasining chetidan o‗tuvchi chiziqdan hosil bo‗ladi. Mazkur burchak qancha 
katta bo‗lsa, ko‗rib chiqilayotgan tekislikda tana turg‗unligi shuncha kuchli 
bo‗ladi. Bir tekislikda ikkita turg‗unlik burchagi mazkur tekislikda 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə