O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

muvozanat 
burchagini
 
hosil qiladi. Tananing turg‗unligi 
turg„unlik momenti
 
bilan ham 
tavsiflanishi mumkin. Mazkur moment tana og‗irligini tana OUMning 


215 
tayanchga proektsiyasidan tayanch chetigacha bo‗lgan masofaga (og‗irlik kuchi 
elkasi) ko‗paytirish yo‗li bilan aniqlanadi. Ushbu moment qancha katta bo‗lsa, 
turg‗unlik shuncha kuchli, tanani muvozanat holatidan chiqarish shuncha qiyin 
bo‗ladi. Ammo tayanch chetlari (oyoq tovonlari, qo‗l kaftlari) qattiq jismlar 
emasligi tufayli, ular deformatsiyalanadi va shu bois ag‗daruvchi momentga 
doim ham lozim darajada qarshilik ko‗rsata olmaydi. SHu tufayli ham ag‗darish 
chizig‗i tayanch yuzasi chetining ichki tomoniga siljiydi va samarali tayanch 
yuzasini tashkil etadi. U tayanch nominal yuzasining konturi ichida joylashadi. 
Bu erda biz yana gimnastlarga statik muvozanatni saqlashni talab etadigan 
mashqlar va alfozlarni o‗rgatishda mexanika qonunlariga qay tarzda to‗zatish 
kiritish lozimligining guvohi bo‗lamiz.
Befarq muvozanat.
 
Bunday muvozanatga shar egadir. Gimnast ayrim 
hollarda, masalan o‗mbaloq oshishda befarq muvozanatga yaqin bo‗lgan holatga 
kirishiga to‗g‗ri keladi. 
DINAMIK MASHQLAR 
Dinamik mashqlar
 
deb shunday mashqlarga aytiladiki, ularni bajarishda 
gimnast tanasi snaryadga nisbatan yoki snaryad (halqalar, trapetsiya, gimnastika 
g‗ildiragi) bilan birga tayanchga nisbatan harakatlarni bajaradi. Tananing ayrim 
bo‗g‗inlari gavdaga nisbatan va u bilan bir vaqtda harakatlarni bajarishi 
mumkin. Mazkur mashqlarni bajarish texnikasi dinamika qonunlariga rioya 
etishga asoslanadi. Har bir bo‗g‗in o‗z og‗irlik umumiy markaziga ega bo‗ladi.
Gimnastika mashqlari o‗z shakliga ko‗ra oldindan qo‗yilgan harakatga 
oid vazifani bajarishga qaratilgan harakatlar tizimidir. Bunda tananing ayrim 
bo‗g‗inlari, energiya ta‘minoti tizimlari, sensor tizimlar, gimnastning ruhiy va 
shaxsiy xossalari hamda tajribasi mushaklar ishi orqali o‗zaro ta‘sirga kirishadi. 
Gimnastika mashqlarini bajarishning bunday murakkab ta‘minoti tizimli-
strukturaviy tahlil nuqtai nazaridan o‗rganiladi.


216 
A B V 
95-rasm 
Tananing har ikki bo‗g‗ini 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə