O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

 
Noturg„un muvozanat
holatida tana OUM tayanch ustida joylashadi. 
Agarda tana muvozanat holatidan chiqarilsa, tana OUM og‗irlik kuchi ta‘sirida 
pasayadi, tayanch yuzasi chegarasidan chetga chiqadi va gimnastning 
qo‗shimcha harakatlarisiz yoki birovning yordamisiz dastlabki holatga qayta 
olmaydi (90, 91-rasmlar). Bunday mashqlarni bajarishda qiyinchiliklar asosan 
muvozanatni saqlashning mushkulligi bilan belgilanadi. Tana OUM qancha past, 
tayanch yuzasi katta va OUM proeksiyasi tayanch yuzasining markaziga yaqin 
bo‗lsa, muvozanat holatining turg‗unligi shuncha kuchli bo‗ladi. Muvozanat 
holatining turg‗unligi turg‗unlik burchagini tavsiflaydi (92, 93-rasmlar): mazkur 
burchak qancha katta bo‗lsa, turg‗unlik shuncha kuchli bo‗ladi. Ammo odam 
alfozlariga tatbiqan bu doim ham shunday bo‗lavermaydi: gavdaning asosiy 
alfozida turg‗unlik burchagi oyoqni osmonga qilib turilgan holat bilan 
taqqoslaganda ancha kichkina, muvozanat holatining turg‗unligi esa ancha 


213 
kuchlidir. Vaholanki, gavdaning asosiy alfozida tana OUM oyoqlarni osmonga 
qilib turilgan holatdagidan ancha yuqoridir.
90-rasm 91-rasm 92-rasm 93-rasm 
Muvozanat holatining turg‗unligi tayanch yuzasining xususiyatlari bilan 
belgilanadi. Tayanch yuzasi tor, harakatchan, baland bo‗lsa, ayni hol 
muvozanatni saqlashni qiyinlashtiradi. Mazkur faktlar ham mexanika 
qonunlarinigina emas, balki anatomiya, fiziologiya, psixologiya qonunlarini ham 
hisobga olish lozimligini tasdiqlaydi. Berilgan alfozda gimnastning turg‗unligi 
uning chayqatuvchi kuchlarni faol muvozanatga solish, boshlangan og‗ishni o‗z 
vaqtida to‗xtatish va holatni tiklash imkoniyatlari bilan belgilanadi. 
CHeklangan turg„un (dinamik) muvozanat
 
holatida tana OUM tayanch 
yuzasi doirasida tebranishi, uning chegarasida joylashishi mumkin. U hatto 
gimnast o‗z kuch-g‗ayrati, texnik usullar hisobiga tana OUM proektsiyasini 
tayanch yuzasi chegarasiga qaytarishi uchun ozroq yoki qisqa vaqtga bu 
chegaradan chetga chiqishi ham mumkin. Masalan, bruslarda selpinganda, 
qo‗llarga tiralib kuch bilan selpinganda, otda mashqlarni bajarganda 
muvozanatni saqlash bruslardan yoki ot dastaklaridan mahkam ushlash hisobiga 
ta‘minlanishi mumkin. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə