Gimnast tanasining anatomik to„zilishi
og‗ir mashqlarni samarali
o‗zlashtirish va sport mahoratini oshirishga sezilarli darajada ta‘sir ko‗rsatadi.
Baland bo‗yli, tana og‗irligi katta bo‗lgan shaxslarga bu holda bo‗yi va tana
og‗irligi o‗rtacha ko‗rsatkichlar chegarasidan chetga chiqmaydigan shaxslarga
qaraganda og‗irroq bo‗ladi.
Inson tanasining anatomik to‗zilishi shakli va og‗irlik darajasiga ko‗ra
turlicha bo‗lgan mashqlarni bajarish imkoniyatini beradi. Bunga harakatlanish
faoliyatini 400-600 muskullar ta‘minlashi imkoniyat yaratadi. Tananing 14
bo‗g‗ini bo‗g‗imlar bilan birikib erkinlikning 105 darajasini tashkil etadi.
Bunday imkoniyatlarga zamonaviy texnika qurilmalarining birortasi ham ega
emas. Boz ustiga muskulning o‗zi ham juda murakkab harakat organi va shu
bilan bir vaqtda sezgi organidir. U bir qancha rejimda, chunonchi: sust, ohista,
tez, davomli ishlashga va harakatlar o‗z-o‗zini tartibga solishini amalga
oshirishga qodir. Harakatlanish faoliyatini axborot va energiya bilan
organizmning qolgan barcha organlari va tizimlari ta‘minlaydi. Bu murakkab
dinamik tizimning eng oliy boshqaruvchisi yo‗z millardlab nerv hujayralari –
neyronlardan iborat bo‗lgan inson miyasidir.
Mashqlarni bajarishda harakatlarni boshqarish sifati boshning holatiga
bog‗liq bo‗ladi. U gimnastning sensor tizimlar (ko‗rish, vestibulyar, taktil-
mushaklar, eshitish va boshqa tizimlar)dan keladigan axborotga qarab makonda
mo‗ljal olish qobiliyatini belgilaydi. Unga ishlov berish va o‗rganilayotgan
mashq obrazi bilan uni solishtirish natijasida tananing makondagi holatini sezish
209
va idrok etish amalga oshiriladi, mashq haqida yaxlit tasavvur asta-sekin
shakllanadi. Uning aniqligi markaziy nerv sistemasi oluvchi axborot sifati va
miqdoriga bog‗liq bo‗ladi. Tananing makondagi holati bosh tabiiy (bosh
suyagining tepasi yuqoriga qaragan) holatda bo‗lganda ayniqsa to‗g‗ri
aniqlanadi. Oyog‗i osmonda bo‗lib qolgan odam, agar u buning mashqini olgan
bo‗lmasa, makonda mo‗ljalni yo‗qotishi va yanglish harakatlarga yo‗l qo‗yishi
mumkin.
Gavdaga nisbatan bosh holatining o‗zgarishi muayyan mushaklar guruhi
tonusi qayta taqsimlanishiga sabab bo‗ladi, analizatorlarning o‗zaro ta‘siri
xususiyatini o‗zgartiradi. Masalan, boshni oldinga egish tananing old yuzasi
mushaklari tonusini yaxshilaydi, oyoqlarning bukilishiga ko‗maklashadi, ya‘ni
gavda va sonlar bukilish harakatlarining kuchi va quvvatini bosh orqa tomonga
egilgan holat bilan taqqoslaganda oshirish imkonini beradi. SHu bilan bir vaqtda
boshning bunday holati gavdani bukishni, oyoqlarni orqaga cho‗zishni, qo‗llar
bilan orqaga harakat qilishni qiyinlashtiradi. Boshni orqa tomonga egish,
aksincha, tananing orqa yuzasi mushaklari tonusini yaxshilaydi va oyoqlarning
bukilishiga ko‗maklashadi, oldinga yo‗nalgan harakatlarda kuch imkoniyatlarini
pasaytiradi. Ma‘lumki, old tomondan gorizontal osilganda bosh oldinga egiladi,
orqa tomondan gorizontal osilganda esa – boshqa orqaga egiladi.
Burilishlarda boshni oldinga egish tana old tomonga og‗ishiga, boshni
orqaga egish esa – tana qarama-qarshi tomonga og‗ishiga sabab bo‗ladi. Bu
tananing o‗ng va chap qismlari mushaklari tonusining tegishli o‗zgarishi
ta‘sirida yo‗z beradi. Boshning holati insonning ruhiy holatiga ta‘sir ko‗rsatadi.
Boshni ko‗ksingizga tushirganingiz zahoti kayfiyatingiz ham tusha boshlaydi,
boshingizni viqor bilan baland ko‗tarsangiz, darhol vujudingizga tetiklik va kuch
quyila boshlaganini his qilasiz, kayfiyatingiz yaxshilanadi, ruhingiz bardam
tortadi.
Tez prujinasimon harakatlar zamirida mushaklarning oldindan tortilishi
yotadi. Agar bunga antagonist mushaklarning tortilishi sabab bo‗lgan bo‗lsa,
0,2–0,4 sekunddan so‗ng susaya boshlaydi. SHu sababli ishlaydigan
210
mushaklarning tortilishi ularning antagonistlari tortilishining susayishi fonida
boshlanadi. Ularning qo‗shma faoliyatini muvofiqlashtirishda halaqitlar yo‗z
berishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |