O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


Harakatlar fiziologiyasini



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

Harakatlar fiziologiyasini
 
o‗rganish mushaklarning izchil tortilishi o‗ta 
murakkab jarayon ekanligini qayd etish imkoniyatini beradi. Bu erda fizika, 
kimyo, biokimyo, anatomiya va fiziologiya qonuniyatlarining o‗zviy dialektik 
aloqasi namoyon bo‗ladi. Eng avvalo mushak harakatlanish omili sifatida o‗ta 
murakkab funktsiyali organ hisoblanadi. Bundan tashqari, mushaklar va 
suyaklar tayanish-harakatlanish apparatini tashkil qiladi. Noyob sistema 
sanalgan bu apparat faqat organizmning boshqa sistemalari, chunonchi: nerv, 
ovqat hazm qilish, yurak-qon tomir, nafas olish, ajratmalar chiqarish, endokrin, 
sensor va boshqa sistemalar bilan yaqin aloqada faoliyat ko‗rsatishi mumkin. 
Mazkur sistemalar harakatga keltiruvchi va to‗xtatuvchi, xizmat ko‗rsatuvchi, 
tartibga soluvchi va boshqaruvchi rolni o‗ynaydi. Sistemalar sistemasi – inson 
organizmining eng oliy boshqaruvchisi va tartibga soluvchisi bo‗lib markaziy 
nerv sistemasi xizmat qiladi. Faqat bosh miya po‗stlog‗ini tashkil etuvchi 16 
milliardga yaqin nerv hujayralari harakatlanish funktsiyasini ta‘minlashda 
ishtirok etadi. Bularning barchasi harakatlarni oqilona, tejamli boshqarish, 
murakkablik darajasiga ko‗ra har xil harakatlanish uquv va ko‗nikmalari 
vujudga kelishi uchun ulkan imkoniyatlar yaratadi.
Harakatlarni boshqarishning 
psixologik darajasi
 
ayniqsa murakkabdir. 
YAngi mashq bilan tanishganda avval sezgi, idrok va tasavvur bilishning hissiy 
shakli sifatida muhim rol o‗ynaydi; so‗ngra zehn, xotira, fikrlash faoliyati, iroda 
– bilishning oqilona nazariy shakli ishga tushadi. Bilishning hissiy va oqilona 
shakllari natijalari amaliy harakatlanish faoliyatida sinovdan o‗tadi, to‗ldiriladi 
va ularga aniqlik kiritiladi. Ruhiy jarayonlar nafaqat bir-biri bilan, balki 
anatomiya va fiziologiya qonuniyatlari bilan ham yaqin aloqada namoyon 
bo‗ladi. 
O‗rganilayotgan 
mashqni 
samarali 
o‗zlashtirishda 
shug‗ullanuvchilarning gimnastika mashg‗ulotlariga bo‗lgan munosabati hal 
qiluvchi ahamiyat kasb etadi.


211 
Gimnastlarning ruhiy xossalari ular o‗zlari uchun yangi bo‗lgan yoki hali 
hech kim bajarmagan mashqlarni o‗zlashtirayotganlarida ayniqsa muhim 
ahamiyat kasb etadi. Bu holda gimnastlardan chuqur va keng bilimlar, mashqni 
o‗zlashtirishda to‗g‗ri mo‗ljal olish, duch kelish mumkin bo‗lgan 
qiyinchiliklarni oldindan ko‗ra bilish, mustahkam iroda, o‗quv-mashq 
jarayoniga teran ongli va faol munosabat talab etiladi.
Gimnastikada mashqlarning butun rang-barangligini ikki katta guruh: 
statik va dinamik mashqlarga ajratish odat tusini olgan.

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə