O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

D
1
 = D
2
j O
1
 · ω
1
 
= O
2
 · ω
2
j

 · K
1
2

· ω = 
2
 · K
2
2
 · ω
2

bu erda 1 va 2 indekslar tegishli ravishda mashqning birinchi qismi va ikkinchi 
qismidagi parametrlarni ifodalaydi. 
Gimnastning harakatlari makonning bir tekisligida bajarilgan holda
uning harakatlari miqdorining momenti quyidagi formula yordamida aniqlanadi: 
L = J · ω . 
SHu bilan bir qatorda ko‗pgina gimnastika mashqlarining bajarilishi 
gimnast tanasi makonning bir necha tekisliklarida oldinma-ketin, ayrim hollarda 
esa bir vaqtda aylanishi bilan bog‗liq. Bundan tashqari, tana biron-bir bitta 
tekislikda aylanayotganda uning ayrim bo‗g‗inlari makonning turli tekisliklarida 
ayni bir vaqtda harakatlarni bajarishi mumkin. Bu holda harakatlar miqdorining 
jami momenti (kuch impulsi, kinetik moment) aylanishning barcha o‗qlari 
bo‗ylab harakatlar miqdorining momentlariga teng bo‗ladi: 
L
o
=L
X
 q L
y
qL
z

Harakatlar miqdorining tengligi va harakatlar miqdori momentlarining 
tengligi qonunlari energiyaning saqlanish umumiy qonunining ayrim 
ko‗rinishlari hisoblanadi. 
Itarilish va erga tushish
. Ko‗pgina gimnastika mashqlarini bajarish faol 
itarilish va erga tushishlar bilan bog‗liq. Ularni texnik jihatdan to‗g‗ri bajarish 
mashqlarni bajarish sifatiga sezilarli darajada ta‘sir ko‗rsatadi.
Itarilish
 
tana yoki uning ayrim bo‗g‗inlari OUMni tayanchdan faol 
o‗zoqlashtirishdan iborat. Itarilish energiyasidan tanani past tayanchli holatdan 
baland tayanchli holatga, tayanchli holatdan tayanchsiz holatga o‗tkazish uchun, 
aylanma impulsni yaratish uchun foydalanilishi mumkin. Bir joyda turib
yugurib kelib, selpinib turib, qo‗llar, elkalar va tananing boshqa bo‗g‗inlari bilan 
itarilish mumkin. 
Itarilganda kuch impulsi oyoqlar, qo‗llar, gavda mushaklarining faol 
harakati va tayanch ta‘siri hisobiga yaratiladi. U tanaga uning og‗irligi 
(t) 
bilan 


220 
boshlang‗ich tezlik moduli (
v
) ko‗paytmasiga teng bo‗lgan harakatlar miqdorini 
beradi. Gimnast tanasining og‗irligi o‗zgarmas kattalik bo‗lgani tufayli, tana 
OUMning uchish balandligi (
H
) uning boshlang‗ich tezligiga bog‗liq. Kuch 
impulsi qancha katta va uning vektori yo‗nalishi vertikalga qancha yaqin bo‗lsa 
(sin 90° =1; agar 
a
burchak 90° dan katta yoki kichkina bo‗lsa, sin α < 1), 
itarilgandan keyin tana OUMning yuksalishi shuncha baland bo‗ladi:
N =
g
a
v
2
sin
2

bu erda 
N – 


tana OUMning uchish balandligi

– uning tayanchdan o‗zilish 
paytidagi boshlang‗ich tezligi; α – gorizontal bilan tezlik vektorining yo‗nalishi 
o‗rtasidagi burchak. 
Boshlang‗ich tezlik 
(v) 
qiymatini quyidagilar belgilaydi: a) faol itarilish 
bosqichida kuchlarning o‗sib borish darajasi; b) ishchi bo‗g‗imlarda oyoqlar 
bukilishining burchak tezligi (bukilish burchagi qancha kichkina bo‗lsa, tezlik 
shuncha katta bo‗ladi); v) itarilishning davomliligi – u qancha o‗zoq bo‗lsa, 
uchishning boshlang‗ich tezligi shuncha kam, binobarin, uning balandligi ham 
shuncha past bo‗ladi; g) tayanchning bikrlik xossalari (tayanch ta‘siri qiymati); 
d) oyoqlarni (qo‗llarni, tananing boshqa bo‗g‗inlarini) tayanchga itarilish joyida 
qo‗yish burchagi – u vertikalga qancha yaqin bo‗lsa, shuncha yaxshi; e) 
harakatlar yondama tebranishlarining qiymati – u qancha kam bo‗lsa, shuncha 
yaxshi; j) gavdaning vertikalga nisbatan holati – unga yaqinroq bo‗lgani ma‘qul. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə