O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


Reaktiv harakat va reaktiv kuch (tayanch reaksiyasi), tebranma



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

Reaktiv harakat va reaktiv kuch (tayanch reaksiyasi), tebranma 
harakat. 
Ko‗pgina gimnastika mashqlarini (ayniqsa snaryadlarda) bajarganda 
gimnast ularning egiluvchanligini, elastik (ressor) xossalarini hisobga olishiga 
to‗g‗ri keladi. Bundan tashqari, ular mashqlarni samarali bajarish uchun 
snaryadning yoki o‗z tayanch-harakatlanish apparati tayanch qismining, 
ko‗pincha ularning ikkalasining ―reaktiv harakati‖ga turtki berishga maxsus 
harakat qiladilar; so‗ngra mashqni bajarishni engillashtirish uchun dinamikaning 
uchinchi qonuniga muvofiq o‗z tayanch reaktsiyasidan foydalanadilar. 
Reaktiv harakat
 
– gimnast tanasi snaryad yoki boshqa tayanchdan 
itariladigan paytgacha jamg‗arilgan harakatlar miqdori ta‘sirida snaryad yoki 


223 
boshqa tayanch (erkin mashqlar uchun supa, akrobatika yo‗lagi) yuzasi 
shaklining o‗zgarishi (masalan, gimnastika ko‗prikchasiga sakrab tushganda, 
akrobatiga yo‗lagiga tushganda, turnik grifi, bruslarning tayoqlariga ta‘sir 
ko‗rsatganga).
Reaktiv harakatni gimnast o‗z tayanch-harakatlanish apparatida 
mushaklar, bo‗g‗imlar, paylarni cho‗zish, antagonist mushaklar, tana yoki uning 
ayrim bo‗g‗inlari og‗irligi, tana ayrim bo‗g‗inlarining tayanch funktsiyasini 
bajaruvchi boshqa bo‗g‗inlariga nisbatan inersiya momenti ta‘sirida umurtqa 
suyaklari o‗rtasidagi kemirtaklarning siqilishi yoki cho‗zilishi tarzida vujudga 
keltirishi ham mumkin. Ammo snaryadning (har qanday elastik tayanch 
yuzasining) reaktiv harakati o‗zining elastikligi tufayli dinamikaning uchinchi 
qonuniga muvofiq gimnast tanasiga u reaktik harakatni qanday kuch bilan 
vujudga keltirgan bo‗lsa, shunday kuch bilan aks ta‘sir ko‗rsatadi. Gimnast 
itarilishni texnik jihatdan to‗g‗ri bajarganda ikki kuch – gimnastning tayanchdan 
itarilish kuchi va snaryad o‗z reaktiv kuchining qo‗shilishi yo‗z beradi. 
Reaktiv kuch
 
(tayanch reaksiyasi) – gimnast tanasiga tayanchning ta‘siri. 
Bunday kuchga cho‗zilgan mushaklar, paylar va tayanch-harakatlanish 
apparatining boshqa qismlari ham ega bo‗lishi mumkin. Snaryadning va o‗z 
tayanch-harakatlanish apparatining reaktiv kuchlari, ayniqsa ular bir vaqtda 
ta‘sir ko‗rsatganda, gimnastga mashqni texnik jihatdan yanada to‗g‗riroq,
samaraliroq, mashqning asosiy qismiga mushak energiyasini kamroq sarflab 
bajarishga yordam beradi. Reaktiv kuch ta‘siri batutda mashq bajarishda, 
prujinali ko‗prikchadan itarilishda ayniqsa bo‗rtib namoyon bo‗ladi. Undan 
to‗g‗ri foydalana olmaslik mashqni bajarishni og‗irlashtiradi. 
Gimnastning tayanch-harakatlanish apparatiga tayanch reaktsiyasi 
ta‘sirining qiymati dinamografik platformalar yordamida aniqlanadi. Tayanch 
reaktsiyasining vertikal va gorizontal elementlariga ham baho beriladi. 
Snaryad reaktiv harakatining qiymati (
x
)
 
snaryad deformatsiyalanuvchi 
qismining boshlang‗ich darajaga nisbatan o‗zgarishi bilan o‗lchanadi (98-rasm). 


224 
98-rasm 
Reaktiv kuch 
(R) 
snaryad deformatsiyalanuvchi qismi bikrlik 
koeffitsienti 
(s)
ning mazkur qismning o‗zgarish qiymati (
x
)ga ko‗paytmasi 
sifatida aniqlanadi: 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə