O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

Erga tushish
 
– 
gimnast uchun eng og‗ir va muhim mashqlardan biri. Uni 
texnik jihatdan to‗g‗ri bajarish bajarilgan kombinatsiyani yoki tayanib sakrashni 
sezilarli darajada bezaydi, jarohat olish imkoniyatini istisno etadi. Ayni shu 
sababli gimnastlar o‗z kombinatsiyasini uchish amplitudasi baland bo‗lgan va 
aniq erga tushish bilan tugaydigan og‗ir va chiroyli sakrab tushishlar bilan 
tugallashga harakat qiladilar. Erga tushish vaqtida tezlik so‗nadi, binobarin, tana 
shu vaqtgacha jamlagan harakatlar miqdori ham tugaydi va turg‗un muvozanat 
saqlanadi.


221 
Harakat tezligi so‗nayotganda gimnast ancha kuchli zo‗riqishlarni his 
qilishi mumkin. Ularning qiymati tana OUM pastga qarab harakat tezligining 
pasayish sur‘atiga teng. Ko‗p sonli erga tushishlar gimnastlarning ish 
qobiliyatiga salbiy ta‘sir ko‗rsatishi mumkin. Ular ichki harakatchan organlar 
―chayqalishi‖ga va qatqorinda, organlarning o‗zida, tana pastki qismi qon 
tomirlarining devorlarida, shuningdek vestibulyar analizatorning retseptor 
asboblarida mavjud bo‗lgan interoretseptor-larning ta‘sirlanishiga sabab bo‗ladi. 
Gimnastning tayanch-harakatlanish apparati ham zo‗riqishni his etadi. Zarbdor 
zo‗riqishlar oyoq mushaklarini tez toliqtiradi, ularda og‗riq uyg‗otadi. 
Erga tushish vaqtida tayanch-harakatlanish apparatiga, ayniqsa 
oyoqlarga tushadigan yuk ba‘zan juda katta miqdorga etadi. Masalan, kurbet 
bajarilganidan keyin u 340–500 kg atrofida bo‗lishi mumkin. Ko‗pgina 
mashqlarni bajarishda gimnast oyoqlari bilan emas, balki qo‗llari bilan erga 
tushishiga to‗g‗ri keladi. Bu holda qo‗llarning tayanch-harakatlanish apparatiga 
tushadigan yuk miqdori 250–300 kg ga etishi va undan oshishi ham mumkin. 
Erga tushish paytigacha jamg‗arilgan kinetik energiya tayanch-
harakatlanish apparatining ressor xossalaridan foydalanish va uni tayanchning 
o‗zi so‗ndirishi hisobiga so‗nadi. SHuning uchun ham erga tushish texnikasi 
qancha yomon va gimnast tushadigan tayanch qancha qattiq bo‗lsa, uning 
tayanch-harakatlanish apparatiga tushuvchi yuk shuncha og‗ir, boshqa salbiy 
ta‘sirlar ham shuncha kuchli bo‗ladi.
Erga tushishning tayanish bosqichida muvozanatni saqlash tana OUMga 
nisbatan harakat traektoriyasiga nisbatan tananing uchish shakliga, OUM 
atrofida tananing aylanish yo‗nalishi va tezligiga; gimnastning erga tushishdagi 
noaniqlikni qo‗llar, bosh, gavdaning maxsus harakatlari hisobiga o‗z vaqtida 
to‗zatish qobiliyatiga; oyoqlar mushaklarining kuchiga bog‗liq bo‗ladi.
Erga qo‗nishning aniqligi sakrab tushishdan oldingi element to‗g‗ri 
bajarilishiga, asosan sakrab tushishning o‗ziga, erga tushish texnikasiga ham 
bog‗liqdir. Mazkur texnika bo‗zilganda gimnast muvozanatni yo‗qotishi, tana 
oldinga, orqaga va yon tomonga siljishi mumkin. Bu xatolarga yo‗l qo‗ymaslik 


222 
va erga tushish texnik jihatdan to‗g‗ri va chiroyli bajarilishiga erishish uchun 
quyidagi asosiy qoidalarga rioya qilish lozim: 
1.
Tana OUM uchish balandligi qancha katta bo‗lsa, cho‗nqayish 
shuncha chuqur va davomli bo‗lishi kerak. 
2.
Bir yoki bir necha o‗qlar atrofida tananing bir vaqtda aylanish tezligi 
qancha baland bo‗lsa, erga tushish vaqtida tananing aylanish yo‗nalishiga qarab, 
oyoqlarning barmoqlari tayanchda tana OUM proektsiyasidan tegishli tomonga 
shuncha o‗zoqqa qo‗yiladi. Gorizontal tezlik katta bo‗lganda oyoqlar tana OUM 
proektsiyasidan oldinroqqa qo‗yiladi.
3.
Turg‗un erga tushish uchun parvozda bo‗lish vaqtidayoq gavdani 
tiklashga, tos-son bo‗g‗imlarini ozgina bukishga va ko‗krak qismida biroz 
bukchayishga harakat qilish kerak. Bunda oyoqlar rostlangan yoki deyarli 
rostlangan, tovonlar cho‗zilgan, oyoq barmoqlari bukilgan, qo‗llar ikki tomonga 
qarata yuqoriga ko‗tarilgan bo‗lishi lozim. Gavda tiklangan va ayniqsa bukilgan 
holatda erga tushish juda xavfli! 
4. Odam boshining tepa qismi yuqoriga qaragan holatda bo‗lganda 
makonda ayniqsa yaxshi mo‗ljal oladi. SHu sababli gimnast parvozda gavdasini 
qancha tez rostlay olsa, u makonda shuncha yaxshiroq mo‗ljal oladi, erga 
tushishni texnik jihatdan to‗g‗ri amalga oshiradi, binobarin, sakrab tushishni 
bajarish saviyasi ham balandroq bo‗ladi. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə