O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati


= -s
x
 
Itarilganda tayanchning reaktiv kuchi sportchining og‗irligidan 5-6 
baravar ortiq bo‗lishi mumkin. Etakchi gimnastlarning erkin mashqlarida boldir 
suyagi bilan tovon suyagini biriktiruvchi bo‗g‗inga tushuvchi yuk 0,09-0,11 
sekund mobaynida 700-800 kg ni tashkil etadi. tananing harakatda faol ishtirok 
etayotgan bo‗g‗inlari soni ko‗payishiga qarab reaktiv kuchlarning ta‘sir darajasi 
oshib boradi. 
Tebranma harakat
 
– bu tananing shunday bir to‗lqinsimon harakatiki, 
bunda selpinish jarayonida oyoqlar gavdaga nisbatan tebranma harakatlarni 
bajaradi: ular dam gavdadan orqada qoladi, dam undan o‗zib ketadi, dam yana 
orqada qoladi. Bu holda ishga mushaklarning tegishli guruhlari oldinma-ketin 
qo‗shilishi hisobiga energiyaning qayta taqsimlanishi yo‗z beradi. Ko‗pincha 
quyidagi oldinma-ketinlik ko‗zatiladi: selpinish avvalida oyoqlar gavdadan 
orqada qoladi, bunda tana old yuzasining mushaklari cho‗ziladi, so‗ngra, mazkur 
mushaklar faol qisqarishi hisobiga, oyoqlar gavdadan o‗zib ketadi, harakat 
oxiriga borib esa, tag‗in undan orqada qoladi. Bunday xususiyatga ega bo‗lgan 
harakatlarda oyoqlar oladigan harakatlar miqdorining ko‗payishi yo‗z beradi. 
Selpinishning pirovard nuqtasida oyoqlar harakatlar miqdorining eng katta 
momentiga ega bo‗ladi. Bu holda qo‗llar snaryadga juda kuchli ta‘sir ko‗rsatadi 
va tana go‗yoki tayanchning ikki nuqtasi (qo‗llar va oyoqlar)ga tayanib, 


225 
snaryadga nisbatan balandroqqa ko‗tarilish imkoniyatiga ega bo‗ladi (turnikda, 
halqalarda oldinga selpinib erga sakrab tushish va b.). 
Aylanma harakatlar
. Ko‗pgina dinamik mashqlarni bajarishda 
maydonning bir, ikki va hatto uch tekisligida bir vaqtda gimnast tanasining 
aylanma harakatlari uchun sharoit yaratish mumkin. Aylanma impuls (harakatlar 
miqdori momenti) tayanchda ham, tananing tayanchsiz holati sharoitida ham 
yaratiladi. Aylanma impuls, agar u tayanchda yaratilgan bo‗lsa, tana tayanchsiz 
holatga o‗tganida kuchaytirilishi mumkin. Gimnastlar ko‗pincha aynan shunday 
ish ko‗radilar. 
Tananing 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə