O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

radial qismi
 
R
1
 
doim radius bo‗ylab harakat qiladi va 
tanani tayanchdan tortadi yoki tayanchga qisadi. Mazkur kuch qiymati tananing 
vertikal holatdan og‗ish burchagiga bog‗liq: bu burchak qancha kichkina bo‗lsa, 
uning qiymati shuncha katta bo‗ladi. Eng katta qiymatga u tananing vertikal 
holatida 
(R
2
 

R
), eng kichkina qiymatga esa – gorizontal holatda 
(R
2
 
= 0) ega 
bo‗ladi; gorizontal chiziqdan pastroqdagi sektorda u aylanish o‗qidan, gorizontal 
chiziqdan yuqoridagi sektorda esa – aylanish o‗qiga tomon harakatlanadi. 
Vertikal holatda snaryad ostida 
R
2
 
harakati yo‗nalish jihatidan og‗irlik kuchi 
ta‘siri bilan muvofiq keladi. Ammo bu selpinma harakat bo‗lgani tufayli, 
mazkur kuchlar ta‘siriga 
markazdan qochma kuch (F)
 
ham qo‗shiladi. Uning 


233 
qiymati jism massasiga (
m
), tana OUM chiziqli tezligi kvadratiga (
v
2
) to‗g‗ri 
proportsional va OUM radiusiga 
(R) 
teskari proportsionaldir:
 
F=
R
mv
2

Vertikal holatda gimnast tanasiga kuchlarning ta‘siri uning og‗irligidan 
2-5 baravar ortiq bo‗lishi mumkin, ayniqsa oyoqlar bilan tebranma harakatlar 
bajarilayotganda. Tayanch-harakatlanish apparatiga tushadigan bunday og‗ir 
yuk snaryad mahkam ushlanishini va ishonchli xavfsizlik vositasini ta‘minlashni 
talab etadi. Snaryaddan ajralishlar boshga yiqilishlar va og‗ir jarohatlar olishga 
sabab bo‗lishi mumkin. 
YUqorida bayon etilgan qonuniyatlardan va harakatlar miqdori 
momentlarining tengligi qonunidan foydalanish og‗ir selpinma mashqlarni 
bajarish uchun imkoniyat yaratadi va gimnastning harakatlarini engillashtiradi. 
Buning uchun mashqning birinchi qismida tana OUM tayanchdan mumkin 
qadar o‗zoqlashtiriladi va shu tariqa boshlang‗ich holatda mashqni bajarish 
uchun mumkin qadar ko‗proq inersiya momenti, selpinma harakatlarni bajarish 
jarayonida esa – harakatlar miqdorining eng ko‗p momenti yaratiladi. 
Mashqning ikkinchi qismida (vertikaldan keyin) tana OUM gavdani tos-son 
bo‗g‗imlarida bukish yo‗li bilan yoki biron-bir boshqa usulda aylanish o‗qiga 
yaqinlashadi. Bu holda 
R
2
 
radiusining kichrayishi tegishli ravishda burchak 
tezligi 
v
2
 
oshishiga, binobarin, tana OUM I selpinma harakat boshlangan 
nuqtadan yuqorida joylashgan II balandlikka ko‗tarilishiga olib keladi. 
Ko‗pgina selpinma harakatlarni bajarishda eng yaxshi samaraga erishish 
va gimnast harakatlarini engillashtirish uchun gavda va oyoqlar harakatlari 
miqdori momentlarini qayta taqsimlashga to‗g‗ri keladi. 
Hatto turnik va halqalarda oldinga selpinib sakrab tushishlar kabi oddiy 
harakatlarda ham mashqning birinchi qismida, tana vertikal chiziqqa 
yaqinlashganda, gavda yuqori qismining burchak tezligini oshirishga, 
oyoqlarning burchak tezligini esa – susaytirishga to‗g‗ri keladi. Mashqning 
ikkinchi qismida, vertikal chiziqdan o‗tilganidan so‗ng, aksincha, oyoqlar 


234 
burchak tezligini gavda hisobiga oshirishga, demak, ularning harakatlar miqdori 
momentini ham oshirishga to‗g‗ri keladi. Selpinma harakat oxirida, oyoqlarga, 
ular olgan harakatlar miqdori momentiga yoki kinetik energiyaga ―tayanib‖, 
binobarin, ularning burchak tezligini susaytirib, shuningdek turnikdan qo‗llar 
bilan itarilib, siltanma harakatni bajarish va tana OUMni zaruriy balandlikka 
ko‗tarish mumkin. Harakatlar miqdorining momentini tana bo‗g‗inlari o‗rtasida 
bunday qayta taqsimlash sakrab tushishni yanada balandroq va chiroyliroq 
bajarish imkoniyatini beradi. 
Ko‗pgina selpinma harakatlarni bajarish texnikasi zamirida harakatlar 
miqdori momentini tana bo‗g‗inlari o‗rtasida qayta taqsimlash prinsipi yotadi.

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə