O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

J
0
 = J
1
 q J
2
 q J
3

Aylanma harakatlarni bajarishda tana bo‗g‗inlari, yuqorida qayd etib 
o‗tilganidek, biri ikkinchisiga nisbatan faqat qarama-qarshi tomonlarga bir-
biriga qarab ularning inersiya momentlariga teskari proportsional bo‗lgan 
tezliklarda siljishi mumkinligini ham hisobga olishga to‗g‗ri keladi. Masalan, 
ikki bukilib oldinga saltoni gavda bilan faol harakatlar va tepaga ko‗tarilgan 
qo‗llar hisobiga bajarishga harakat qilganda, gavda o‗z o‗qi atrofida 45° ga, 
oyoqlar esa unga qarab 90° ga buriladi. Bunga gavda inersiyasining momenti 
ayni holda oyoqlar inersiyasining momentidan ikki baravar katta bo‗lishi 
imkoniyat yaratadi. Ayni shu mashq faqat qo‗llarning faol harakatlari hisobiga 
bajarilganda, qo‗llar va tananing qolgan qismi inersiyasi momentlarining nisbati 
gavda tik tutilgan holatda 1:12 ga, ikki bukilgan holatda – 1:4 ga teng bo‗ladi 
(S.-M.A.Alekperov bo‗yicha). 
YUqorida bayon etilganlardan birgina qo‗llarning harakati hisobiga tana 
jiddiy aylanishiga erishish mumkin emas degan xulosaga kelish mumkin. 
Qo‗llar bilan faqat makonda tananing holatiga yanada to‗g‗riroq erga tushish 


229 
maqsadida to‗zatish kiritish mumkin, bundan ortig‗ini bajarishning iloji yo‗q, 
chunki gimnastika mashqlarini bajarishda gimnast tanasi tayanchsiz holatda 1,5 
sekunddan ortiq turmaydi. 
Gavda va oyoqlar 90–100° burchak ostida joylashtirilsa, o‗zaro ta‘sirga 
kirishuvchi bo‗g‗inlar inersiyasi momentlarining tana burilishi uchun qo‗lay 
bo‗lgan nisbati yaratiladi. Bunda gavdaning bo‗ylama o‗qiga nisbatan oyoqlar 
inersiyasi momentining qiymati gavdaning bo‗ylama o‗qiga nisbatan gavda 
inersiyasi momentidan taxminan 7-8 baravar katta, so‗nggi zikr etilgan moment 
esa – oyoqlarning bo‗ylama o‗qiga nisbatan ularning inersiyasi momentidan 
taxminan shuncha baravar katta bo‗ladi. Bu gavda yoki oyoqlarning bo‗ylama 
o‗qi atrofida burilishlarni bajarish imkoniyatini beradi. Birinchi holda aylanish 
impulsini yaratish uchun tayanch sifatida oyoqlardan foydalaniladi. Ularning 
inersiyasi momenti, ular OUM gavdaning bo‗ylama o‗qigacha bo‗lgan masofani 
hisobga olganda, gavdaning inersiyasi momentidan ancha katta bo‗ladi: 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə