O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

Tayanchsiz holatda
 
gimnast tanasi erkin kinematik zanjirni tashkil etadi 
va kinematika qonunlariga muvofiq olg‗a va aylanma harakatlarni bajarishi 
mumkin.
Qattiq jismning 
olg„a harakati
 
deb shunday harakatga aytiladiki, bunda 
jism nuqtalari parallel joylashgan bir xil traektoriyalar bo‗ylab harakatlanadi va 
vaqtning har bir mazkur lahzasida teng tezlik va tezlanishlarga ega bo‗ladi. SHu 
sababli gimnast tanasining olg‗a harakati haqida uning OUM harakatiga qarab 
hukm chiqarish mumkin. Gimnastika mashqlarini bajarishda olg‗a harakatlar 
aylanma harakatlar bilan birikadi.
Aylanma harakatlar
 
– qattiq jismning shunday bir harakatiki, bunda 
aylanish o‗qida yotuvchi hamma o‗qlar yoki hech bo‗lmasa ikki o‗q harakatsiz 
qoladi. Gimnastikada bunday harakatlarga salto, burilishlar va ularning 
birikmalari kiradi. Mazkur turdagi harakatlarning asosiy tavsiflari burchak 
tezligi va burchak tezlanishidir. 
99-rasm 
Tayanchsiz holatda aylanma harakatlarni bajarish imkoniyatini 
o‗rganganda shuni hisobga olish lozimki, ayni holda gimnast tanasi harakatlari 
miqdorining momenti o‗zgarmas bo‗ladi: 

= const. Bundan xulosa shuki, tana 


228 
OUM harakatining traektoriyasi tayanchsiz holatga uchish kattaligi hamda 
tezligining yo‗nalishi bilangina belgilanadi; harakat miqdorini kamaytirish ham, 
ko‗paytirish ham mumkin emas, uni faqat tananing ayrim bo‗g‗inlari o‗rtasida 
qayta taqsimlash mumkin.
Tayanchsiz holatda gimnast tanasi doim uning OUM orqali o‗tuvchi o‗q 
atrofida aylanadi. SHu sababli harakat chizig‗i OUM orqali o‗tmaydigan har 
qanday kuch tana OUM orqali o‗tuvchi o‗qqa nisbatan aylanish momentini 
yaratadi. Burilish oyoqlar va qo‗llardan boshlanadi, chunki ular o‗ta 
harakatchanlik bilan tavsiflanadi. Kuch tana OUM orqali o‗tuvchi chiziq bo‗ylab 
ta‘sir ko‗rsatgan holda moment yaratilmaydi, chunki uning elkasi nolga teng. 
Murakkab aylanma harakatlar bajarilganda tanaga inersiyaning bir nechta 
momentlari bir vaqtda ta‘sir ko‗rsatishi mumkin. Bu holda ularning umumiy 
inersiya momenti inersiyaning ta‘sir etayotgan momentlari yig‗indisiga teng 
bo‗ladi: 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə