O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


Kuch ishlatiladigan mashqlar



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

Kuch ishlatiladigan mashqlar
. Kuch ishlatiladigan mashqlar dinamik va 
statik bo‗ladi. Ular gimnastlardan yaxshi rivojlangan muskul kuchini talab 
qiladi.
Dinamik kuch ishlatiladigan mashqlar
musobaqalarning qoidalariga 
muvofiq ohista, harakatlanayotgan bo‗g‗in yoki umuman tana inersiyasidan 
foydalanmasdan bajariladi.
Bajarilayotgan mashq xususiyatiga qarab oshib o‗tuvchi yoki yon 
beruvchi ishni amalga oshiradilar. Oshib o‗tuvchi ish rejimida harakat pastroq 
holatdan yuqoriroq holatga qarab, gimnast tanasi yoki uning ayrim bo‗g‗inlari 
og‗irligidan oshib o‗tish orqali bajariladi. Bu holda kuchning aylanish momenti 
tana yoki ko‗tarilayotgan tana bo‗g‗inining og‗irligi ta‘sirida vujudga kelgan 
qarama-qarshi yo‗nalgan momentdan ortiq bo‗ladi.
Kuch ishlatiladigan mashqlarni gimnastik uslubga muvofiq ohista 
bajarish ularni optimal sur‘atda bajarish bilan taqqoslaganda ko‗proq energiya 
sarfini talab etadi. Muskul energiyasi sarflarining qiymati esa sof mexanik 
nuqtai nazardan faqat og‗irlik kuchining qarshiligiga va tana ko‗chayotgan 
qismining ko‗tarilish balandligiga bog‗liq bo‗ladi. Mazkur nomuvofiqlik 
muskullar mexanik harakatlanish omillari sifatidagina emas, balki gimnastning 
nerv sistemasi va ongi bilan boshqariladigan o‗ta murakkab biologik to‗zilmalar 
sifatida ham ishlashini yana bir karra tasdiqlaydi.


235 
Muskullarning yon beruvchi ish rejimida tana yoki uning ayrim 
bo‗g‗inlari harakati yuqoriroq holatdan quyiroq holatga qarab amalga oshiriladi. 
Tana ko‗chayotgan qismining og‗irlik kuchi harakatni engillashtiradi. Bu holda 
muskullar tortqisining aylanish momenti tana ko‗chayotgan qismining aylanish 
momentidan kichkina bo‗ladi. Muskullar ishining mexanik sharoitlari ham 
yaxshilanadi, ularning kuch imkoniyatlari ham kengayadi, chunki ular asta-sekin 
o‗zunlashadi. Mazkur ish rejimida muskullar oshib o‗tuvchi ish rejimi bilan 
taqqoslaganda 50-70% ko‗proq kuchlarni rivojlantirishga qodir. Muskullar 
zo‗riqishi kamayishiga qarab ularning ishini qon va energiya bilan ta‘minlash 
sharoitlari ham yaxshilanadi.

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə