O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


Statik kuch ishlatiladigan mashqlar



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

Statik kuch ishlatiladigan mashqlar
 
statik alfozni 2-4 sekund 
mobaynida saqlab turish bilan tavsiflanadi. Mazkur guruhga kiruvchi 
mashqlarning aksariyatini bajarish katta statik muskul kuchini talab qiladi.
Tana OUM tayanch yuzasidan tepaga ko‗tarilishiga qarab muvozanatni 
saqlash uchun sharoitlar yomonlashadi va uni yo‗qotmaslik uchun qo‗shimcha 
muskul kuchlarini ishga solishga to‗g‗ri keladi.
Statik mashqlarni bajarish chog‗ida o‗pkada, qorin bo‗shlig‗ida qon 
bosimi oshadi, yurakka va ishlayotgan muskullarga qon quyilishi qiyinlashadi, 
binobarin, moddalar almashinuvi jarayonlari bo‗ziladi, markaziy nerv 
sistemasining tartibga solish faoliyati susayadi. Mazkur mashqlarni dozalashda 
juda ehtiyot bo‗lish kerak. SHu bilan bir vaqtda muskul kuchi rivojlantirilganda 
ular dinamik mashqlarga qaraganda samaraliroq bo‗lishini ham e‘tiborga olish 
lozim.


236 
GIMNASTIKA MASHQLARINI BAJARISH TEXNIKASINI TAHLIL 
QILISHNING UMUMIY QOIDALARI
Gimnastika mashqlarini bajarish texnikasini tahlil qilishda quyidagi 
qoidalarga rioya etiladi: a) o‗rganilayotgan mashq (element) qaysi guruhga – 
dinamik yoki statik mashqlar guruhiga kirishi ko‗rsatiladi, unga qisqacha tavsif 
beriladi va asosiy vazifasi ko‗rsatiladi; b) mashqning asosiy vazifalari 
aniqlanadi, mashqni bajarish natijasida gimnast qaysi boshlang‗ich holatdan va 
qaysi pirovard holatga kelishi lozimligi tushuntiriladi; v) mashqni bajarish 
texnikasi qismlarga va bosqichlarga bo‗lib tushuntiriladi.
Deyarli barcha mashqlarda tana yoki uning ayrim bo‗g‗inlari og‗irlik 
kuchining ta‘sir xususiyatiga qarab ikki qism farqlanadi: birinchi qismda (pastga 
qaragan yo‗l) og‗irlik kuchi harakatga ko‗maklashadi; ikkinchi qismda 
(yuqoriga qaragan yo‗l) esa – aksincha, u harakatga monelik qiladi, mazkur 
qismni bajarishni qiyinlashtiradi. 
Mashqning har bir qismini ayrim kichik, lekin nisbatan mustaqil 
bosqichlarga
 
ajratish odat tusini olgan. Bosqichlarni ajratishga quyidagi asoslar 
xizmat qiladi: a) har bir bosqichda harakatlar to‗zilishi boshqa bosqichlardagi 
harakatlar to‗zilishidan farq qilishi lozim; b) har bir bosqichda faqat shu 
bosqichga xos bo‗lgan bitta, bosh vazifa hal qilinishi kerak; v) muskullar ishi, 
harakatlarni fiziologik va psixologik ta‘minlash bir bosqichda boshqa 
bosqichlardan farq qilishi lozim. 
Mashq texnik jihatdan qay darajada to‗g‗ri bajarilgani haqida mexanika, 
anatomiya, fiziologiya va psixologiya qonuniyatlaridan foydalanishning 
samaradorlik darajasi, foydaliligi yoki foydali emasligiga qarab hukm 
chiqaradilar. 
Dinamik mashqlarni bajarish texnikasini tushuntirishda tashqi va ichki 
kuchlarning o‗zaro ta‘siri xususiyati, tana yoki uning ayrim bo‗g‗inlari og‗irligi, 
tezlik, tezlanish, inersiya momenti, harakatlar miqdori va uning momenti hamda 
boshqa parametrlar, bundan tashqari, muskullar ishining xususiyatlari, 


237 
o‗rganilayotgan mashqni samarali bajarishni fiziologik va psixologik ta‘minlash 
masalalari o‗rganiladi. 
Har bir bosqichda muskullarga tushadigan yuk og‗irligi, ayrim 
bo‗g‗imlarda muskullar ishining anatomik sharoitlari, ularning zo‗riqish 
darajasi, tortqi burchagi va hokazolar o‗rganiladi. 
O‗rganilayotgan 
mashq 
texnikasining 
biomexanik 
jihatini 
tushuntirgandan so‗ng ishlayotgan va ishchi alfozni yaratuvchi muskullarni 
fiziologik ta‘minlashni tavsiflashga o‗tadilar; so‗ngra harakatlarni markaziy nerv 
sistemasi tomonidan boshqarish xususiyatlari, axborot va energiya bilan 
ta‘minlash tushuntiriladi. 
Mashqni bajarish texnikasini tushuntirish harakatlarning psixologik 
ta‘minotini o‗rganish bilan yakunlanadi: e‘tiborni jamlash, taqsimlash va bir 
nuqtadan boshqa nuqtaga o‗tkazish, harakatlar ketma-ketligini eslab qolish, 
iroda kuchini namoyish etish, mashqni texnik jihatdan to‗g‗ri bajarish zamirida 
yotuvchi qonuniyatlarni o‗zlashtirish va b. 
Tushuntirish qisqa va obrazli bo‗lishi kerak. Harakatlar texnikasi 
zamirida yotuvchi mexanika, anatomiya, fiziologiya, psixologiya qonunlari 
shug‗ullanuvchilar uchun tushunarli tarzda bayon etiladi. Avval harakatlar 
texnikasining eng muhim jihatlari tushuntiriladi, so‗ngra ikkinchi darajali 
jihatlarni tushuntirishga o‗tiladi.
O‗rganilayotgan mashqni bajarish texnikasining tahlili umumiy xulosa 
chiqarish bilan yakunlanishi lozim. Bu mazkur texnikani yaxlit bir butun hodisa 
sifatida anglab etish imkoniyatini beradi. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə