O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

Mashg„ulot 
yuklamasini 
rejalashtirish. 
YUklama 
deganda 
mashqlanganlik hamda musobaqalarga tayyorlikning ma‘lum darajasiga erishish 
maqsadida shug‗ullanuvchilarning organizmiga maxsus vositalar yordamida 
ta‘sirko‗rsatish yo‗llari va choralari tushuniladi. 
Gimnastikada yuklama turli elementlar, birikmalar, kombinatsiyalar, UJT 
hamda MJT mashqlari bilan bog‗liq. Har bir gimnastik mashq (element, 
kombinatsiya) organizmga turlicha yuklama berib, uning qandaydir javob 


173 
reaktsiyasiga, «quvvat zahirasi»ning sarflanishiga, toliqishiga sabab bo‗lishi 
mumkin. Mashq bajarayotgan gimnastikachi har xil tabiatli qiyinchiliklarni 
ayniqsa, o‗rganish jarayonida harakatlarning murakkab muvozanati bilan bog‗liq 
bo‗lgan, qiyinchiliklarni; agar mashq ko‗p kuch tezkorlik, kuch chidamligini 
talab etadigan bo‗lsa, jismoniy qiyinchiliklarni; yangi yoki o‗rta murakkab 
mashqni bajarish oldidan qo‗rquvni engish lozim bo‗lsa, ruhiy qiyinchiliklarni 
engishga to‗g‗ri keladi. 
YUklama kattaligiga gimnastikachining mashq jarayoniga shaxsiy 
munosabati ham ta‘sirqilishi mumkin: u salbiy («istamayman», «yoqmaydi»), 
ruhiyatni ezuvchi hamda ijobiy, tiklanishga yordam beruvchi («istamayman», 
«juda yaxshi ko‗raman») bo‗ladi. 
YUklamaning 
elementlar 
va 
kombinatsiyalar 
miqdorida 
gi 
foydalanadigan pedagogik jihatini hamda hisobga olish qiyin bo‗lgan 
organizmning funksional holatidagi ruhiy-fiziologik siljishlardan iborat biologik 
jihatini bir-biridan farqlash lozim. SHubhasiz yuklamani har ikki tomondan 
tavsiflovchi ko‗rsatkichlardan ko‗p axborot olish mumkin. SHunga qaramay, 
yurak-qon tomir tizimi faoliyati, ruhiy holatlarning ko‗rsatkichlarini qayd qilish 
murakkab bo‗lganligi uchun amaliyotda ko‗p hollarda mashg‗ulot yuklamasini 
ko‗pincha elementlar, kombinatsiyalar miqdori va ularga sarflangan vaqtdan 
kelib chiqib baholash etarli bo‗ladi. 
Gimnastikachilar tomonidan butun mashg‗ulot davomida olinadigan va 
alohida elementlarning miqdori bilan ifodalanadigan yuklamalar yig‗indisi 
uning hajmi xisoblanadi. YUklama shiddati yoki jadalligi uning o‗zluksizligi, 
ta‘siretish davomiyligi, yuklama bilan dam olish oraliqlari nisbati bilan bog‗liq 
100%ga 
yaqin 
yuklama 
shiddati 
deganda 
gimnastik 
kombinatsiya 
elementlarining yaxlit holda o‗zluksiz bajarilishi tushuniladi. Ammo bu 
ko‗rsatkich texnik murakkablikning faqat muayyan sport razryadi uchun tip 
bo‗lgan ma‘lum darajadagi mashqlar shiddatini tavsiflaydi. Bundan tashqari, bu 
turdagi faoliyat uncha o‗zoq davom etmaydi – 20-25 sek. Lekin baribir, 
faoliyatning 
(elementlarning) 
ko‗proq qismida o‗zluksiz birikmalar 


174 
(kombinatsiyalar) bajarish bilan o‗tadigan mashg‗ulotlar organizmning 
kuchliroq 
ta‘siretadi. SHunga ko‗ra, yuklama shiddati ko‗pincha 
kombinatsiyalar miqdori bilan belgilanadi. 
YUklamani rejalashtirish va qayd etish bilan bog‗liq ravishda 
mashg‗ulotning turli bosqichlarida uning ayni vaqtda gimnastikachilar 
tayyorlash masalalariga mos keladigan tavsiflaridan foydalaniladi. Masalan, 
yangi dasturni o‗zlashtirish bosqichida elementlar miqdori, mashg‗ulotning 
umumiy vaqti axborot ko‗rsatkichlari sifatida xizmat qilishi mumkin. Muhimi, 
gimnastikachilar katta hajmli ish bajarishlari zarur. Bu holatda yuklama 
shiddatining ko‗rsatkichi deb mashg‗ulotning motor zichligi qabul qilinadi, u 
mashqlarni bajarishga sarflangan ish vaqtiga nisbatida 
ty
tu
, yoki vaqt birligida
masalan, bir minutda bajarilgan elementlar miqdorida 
мин
Эм
ifodalanadi. 
Tabiiyki, mashg‗ulotning umumiy vaqtini saqlagan holda ish vaqti yoki 
elementlar miqdorini oshirish mashg‗ulot shiddatini ham kuchaytiradi. 
Ko‗pkurash turlarining xususiyatlaridan kelib chiqib, V.N. Afonin tomonidan 
ishlab chiqilgan (197V) elementlarning nisbiy yuklamadorligi koeffitsientlari 
umuman mashg‗ulotlarning yuklamalari yig‗indisini yanada aniq baholash 
imkonini beradi. 
Kombinatsiyalar to‗la o‗zlashtirib borilgani sayin yuklamaning axborot 
ko‗rsatkichi sifatida urinishlar soni xizmat qila boshlaydi. Hajmi jihatidan bir xil 
(elementlar soni bir xil) bo‗lgan ishni bajarish uchun gimnastikachi qancha kam 
urinishni amalga oshirsa, ya‘ni, bir urinishda ko‗proq miqdordagi elementlarni 
bajarsa, yuklama shunchalik shiddatli buladi, lekin bunda mazkur ish, umuman, 
bir xil vaqt davom etgan bo‗lishi kerak. Demak, yuklamaning shiddatini oshirish 
yo‗llari, birinchidan, bloklarni yo`riqlashtirish – butun kombinatsiyalar tarkibida 
bajariladigan elementlar miqdorini mashg‗ulotdagi elementlarning umumiy 
miqdoriga yakinlashtirishga, (EuMqEkM); ikkinchidan; ish vaqtining umumiy 
mashg‗ulot vaqtiga nisbatan oshishiga va uchinchidan, hajm o‗zgartirilmagan 
holda mashg‗ulot davomiyligining kamaytarilishiga bog‗liq. SHiddatni 


175 
o‗zgartirishning uchta varianti amalda har xil uyg‗unlashtirilgan holda uchraydi 
va bir mashg‗ulot yuklamasini boshqasiniki bilan qiyoslashni qiyinlashtiradi. 
SHuning uchun yuklamani vaqt ketma-ketliklari, ish miqdorini boshqa shart-
sharoitlar bir xil bo‗lgandagina aniqlash, ya‘ni biror ko‗rsatkichdagi 
o‗zgarishlarni boshqa ko‗rsatkichlar birligida o‗zgarishlar yo‗z bermagan 
sharoitda tekshirish zarur. 
Gimnastikachilar yuklamasini nisbiy kattaliklar bo‗yicha (shiddat 
indekslari - SHI) baholashning bir necha yo‗llari bo‗lib, ular orasida V.N. 
Afonin formulasi ajralib turadi, u urinishlardagi kuchlanishlar, ishining hajmi 
hamda zichligini nisbatan to‗la aks ettiradi. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə