Mashg„ulotni davrlashtirish.
Gimnastika bo‗yicha mashg‗ulotlar
jarayonida quyidagi asosiy vazifalar hal etiladi:
-yangi elementlar, birikmalar, umuman, kombinatsiyalar o‗zlashtiriladi;
- jismoniy tayyorgarlik darajasi UJT va MJT vositalari yordamida
oshiriladi;
- mashg‗ulot va musobaqa faoliyati sharoitlariga xos qiyinchiliklarni
engish bilan bog‗liq holda ruhiy tayyorgarlik darajasi ortadi;
- gimnastikachining ijro mahorati takomillashadi, darajasi oshadi;
- mashqlar texnikasi barqarorlashadi, ularni bajarish ishonchliligi ortadi;
- musobaqalarga bevosita tayyorgarlik va ularda ishtirok etish tashkil
qilinadi;
- tiklovchi tadbirlar va yuklamalarning yangi darajasiga o‗tish vositalari
qo‗llaniladi.
Har bir vazifa turli muddatlarda hal etilishi mumkin. Bitta vazifaning o‗zi
umumiy va birmuncha xususiy jihatlarga ega bo‗la oladi. Masalan, yaqin
mashg‗ulotda o‗zlashtirish uchun muayyan elementlar haqida gapirish, keyingi
toifadagi yangi dasturning o‗zlashtirilishini rejalashtirish ham mumkin.
168
Vazifalarning miqyosi, ularning xilma-xil xususiyatlariga qarab
mashg‗ulot jarayonini muddati turlicha bo‗lgan vaqt kesmalariga: bir mashg‗ulot
darsidan boshlab, 4 yil davom etadigan Olimpiya sikligacha ajratish mumkin.
To‗rt yillikning har bir yillik sikli o‗z yo‗nalishiga ega bo‗ladi. Birinchi –
«olimpiadadan keyingi» sikl majburiy dasturning almashtirilishi, yangi «kelajak
modellari»ning ishlab chiqilishi kabi xususiyatlarga ega. Ikkinchi sikl – erkin
dasturning yangilanishi, olimpiadaga tayyorgarlik rejalarining tahrir qilinishi
yilidir; uchinchi sikl – model – nazorat sikli. YAkunlovchi sikl rejasining
texnik-taktik variantlari tekshiriladi. To‗rtinchi sikl - «olimpiada yili», olimpiada
o‗yinlariga bevosita tayyorgarlik va ularda ishtirok etish. Olimpiada to‗rt yilligi
xususiyatlarini e‘tiborga olish faqatgina mamlakat terma jamoasi a‘zolariga
taalluqli emas. Olimpiya sikllarining yo‗nalishi hatto kichik razryadli
gimnastikachilarning tayyorgarligi mazmunida ham o‗z aksini topadi. Har bir
yangi katta Olimpiya sikli bilan, odatda, kichik razryadlarda majburiy dastur
almashadi; musobaqa qoidalari, tasniflar, sport maktablari dasturlari va
hokazolarga o‗zgarishlar kiritiladi.
Yillik mashg‗ulotlar sikli ikkita yarim yillik sikldan iborat bo‗lib,
ularning har biri tayyorgarlikning tayyorlov, musobaqa va o‗tish davrlarini
ko‗zda tutadi. Gimnastikachilar, ayniqsa, kichik razryadli sportchilarning
mashg‗ulotlarida, keyingi razryadning yangi dasturini o‗zlashtirib olish uchun
o‗zoq vaqt zarur bo‗lsa, tayyorlov davri 6-8 oygacha o‗zaytirilishi, shunda butun
sikl bir yil davom etishi mumkin. Lekin ko‗pincha yarim yillik sikllar
rejalashtiriladi. Ularning har biri sport taqvimiga shunday muvofiqlashtiriladiki,
natijada har sikldagi tayyorgarlik yirik musobaqalarda ishtirok etish bilan
yakunlanadi. Mamlakat miqyosida bu O‗zbekiston kubogi va O‗zbekiston
chempionati (bir holatda hududiy belgiga, ikkinchisida – idoraviy belgiga
ko‗ra). Xuddi shu tamoyil asosida quyi tashkilotlarning taqvimi ham to‗ziladi.
Tayyorlov davri mashg‗ulotlariga xos vazifalar yangi mashqlarni
o‗zlashtirish, dasturni yangilash, jismoniy sifatlarning rivojlanish darajasini
ko‗tarishdan iborat.
169
Musobaqa davrida musobaqalarga bevosita tayyorgarlik ko‗rishga
yo‗naltirilgan vazifalar: kombinatsiyalarni butun holda takomillashtirish,
musobaqa sharoitlarini modellovchi sharoitlarda o‗z chiqishlarining taktik
variantlariga ishlov berish va boshqalar hal etiladi. Musobaqalarda ishtirok etish
ham shu davr tarkibiga kiradi.
O‗tish davri sport takomillashuvining yangi pog‗onasiga o‗tish uchun
organizmning faol tiklanishini ko‗zda tutadi. SHu maqsadda UJT vositalari,
tabiiy omillar va profilaktik tadbirlar qo‗llaniladi.
Mashg‗ulotning har bir davri o‗z mazmuniga ko‗ra bir turli emas.
Mashg‗ulotning mazkur davridagi xilma-xil vazifalar ko‗pincha bir vaqtda
emas, balki navbati bilan asta-sekin amalga oshiriladi, bu esa unda bir necha
bosqichning (mezotsikllarning) mavjud bo‗lishini taqozo etadi. Bosqichlar
miqdori va ularning yo‗nalishini aniqlashda pedagogik vazifalar eng muhim
ahamiyatga ega.
SHu sababli tayyorlov bosqichi uchun o‗quv yo‗nalishidagi bosqichlar:
yangi dasturni o‗zlashtirish bosqichi, erkin dasturni yangilash bosqichi, dasturni
takomillashtirish bosqichi xos bo‗lib qoladi. Musobaqa davrida dasturni
barqarorlashtirish bosqichi, musobaqalaroldi tayyorgarligi bosqichi («bevosita»,
«yakunlovi») ajratiladi. Nihoyat, musobaqalarda ishtirok etish bilan bog‗liq
bo‗lgan amalga oshirish bosqichi.
Masalan, yarim yil davom etadigan tayyorlov davrida har biri 2-3 oylik
ikki-uch bosqich bo‗lishi mumkin. YArim yillik siklda tayyorlov davri bor-
yo‗g‗i 2-3 oy bo‗ladi. Muvofiq ravishda bosqichlarning miqdori ham,
davomiyligi ham qisqaradi (har biri 1-1,5 oygacha). Tayyorlov davri va uning
alohida bosqichlari nazorat hamda hozirlovchi musobaqalar bilan yakunlanishi
ham mumkin. Asosiy musobaqalar esa musobaqa davrini yakunlaydi.
Mashg‗ulot siklini tashkil etishning keng tarqagan variantlaridan biri uni
bitta musobaqa bilan emas, bir-biridan 1 haftadan 1-1,5 oygacha oraliq muddat
bilan o‗tkaziladigan musobaqalar seriyasi bilan yakunlashdir. Tabiiyki,
musobaqalar orasidagi vaqt mobaynida mashg‗ulotning tayyorlov davri uchun
170
xos ishlarni avj oldirishdan ma‘no yo‗q. Bunday hollarda «ikkilantirilgan» yoki
«uchlantirilgan» musobaqa davri tashkil etiladi, aniqrog‗i uning bevosita hamda
yakunlovchi
musobaqalaroldi
tayyorgarlik
bosqichlari
(mezotsikllari)
takrorlanadi.
O‗tish davri vaqt nuqtai nazaridan uncha o‗zoq davom etmasa-da, lekin
unda ham musobaqa davrining jiddiy yuklamalaridan keyin faol tiklanish
bosqichini hamda umumjismoniy, funksional tayyorgarlik yo‗nalishlari yaqqol
ko‗zga tashlanadigan «jalb etuvchi» va «ko‗maklashuvchi» mashg‗ulotlar
bosqichini ajratish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |