O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

Mikrotsikl 
– mashg‗ulot bosqichining tarkibiy birligi. Haftalik 
mikrotsiklar eng keng tarqalgan, lekin ular bir haftadan kamroq ham, ko‗proq 
ham bo‗lishi mumkin. Mikrotsiklning vaqt doirasi mazkur tayyorgarlik bosqichi 
uchun xos bo‗lgan vazifalar majmuasini hal etishga yo‗naltirilgan mashg‗ulot 
faoliyatining bir marta bajarilishi bilan aniqlanadi.
Boshqacha qilib aytganda, majburiy va erkin dastur asosidagi 
ko‗pkurashning barcha turlari ustida ishlaganda, jismoniy tayyorgarlik, 
hareografiya, batut, akrobatika va mashg‗ulotning boshqa vositalari, 
shuningdek, gimnastikachining tiklanishi etti kun davom etadi. Agar xuddi shu 
ish uch mashg‗ulot kunida bajarilsa, unda ikkilantirilgan haftalik mikrotsikl 
ustida so‗z yuritish mumkin. Haftalik mikrotsikl ancha maqsadga muvofiq, 
chunki u hajm va muddatiga ko‗ra kichik, o‗rta hamda katta yuklamalarni 
«engillashtiruvchi» 
kunlar 
bilan 
oqilona 
uyg‗unlashtirish, 
ularning 
o‗zgarishlarini (o‗sishlarini) mashg‗ulotning umumiy qonuniyatlari va 
tamoyillariga hamda jamiyat hayotining umumiy tarziga bo‗ysundirish imkonini 
beradi. 
Agar 
gimnastikachining 
tayyorgarlik 
darajasini 
tavsiflovchi 
ko‗rsatkichlarni 
va 
tayyorgarlikning 
mazkur 
bosqichi 
vazifalarini 
taqqoslaydigan bo‗lsak, mikrotsiklning rejalashtirish zanjirida eng axborotlarga 
boy xalqa ekanligi ma‘lum bo‗ladi. CHindan ham bir kunning ko‗rsatkichlari 
bo‗yicha gimnastikachining tayyorligi hamda uning mashg‗uloti yo‗nalishlari 
to‗g‗risida fikr yuritish mumkin emas. Mashg‗ulot mazmunini mikrotsikl kunlari 


171 
asosida tahlil etish mashg‗ulotning qo‗yilgan vazifalarga nechog‗lik muvofiqligi 
to‗g‗risida to‗la tasavvur hosil qiladi.
Tayyorgarlikning joriy vazifalariga muvofiqlik darajasi va qandaydir 
«maqsadli» mikrotsiklga munosabatiga ko‗ra mashg‗ulotning bir necha tipik 
mikrotsiklarini ajratib ko‗rsatish mumkin: 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə