O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


Tayyorgarlikning usuliy tamoyillari



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

Tayyorgarlikning usuliy tamoyillari: 
-professionallik.
Bu tamoyil tayyorgarlikning yillik makrotsiklida yuqori 
malakali gimnastikachining musobaqa faoliyatiga doimo tayyor bo‗lishiga 
erishishni ko‗zda tutadi. U yillik siklda gimnastikachiga o‗z musobaqa dasturini 
har qanday vaqtda talab etilishiga qarab bajarish uchun imkon beradigan 
tayyorlik darajasiga va sport formasiga ega bo‗lishni nazarda tutadi. 
-modellashtirish.
Mazkur tamoyilga ko‗ra oldindagi musobaqa 
faoliyatining asosiy o‗lchamlari tayyorgarlik jarayonida ko‗proq pedagogik 
vositalar yordamida qayta-qayta modellashtiriladi. Bunday modellashtirishning 
ahamiyati, ayniqsa, musobaqalar oldi tayyorgarligi bosqichida ortib ketadi, 
bunda maxsus modellashtirilgan haftalik mikrotsiklar qo‗llaniladi; 
-individuallashtirish.
Bu tamoyilga ko‗ra shaxsiy musobaqa va 
mashg‗ulot dasturlarini ishlab chiqishda, maxsus tayyorgarlikning vosita va 
usullarini tanlashda, musobaqalar oldi bosqichlarini rejalashtirish hamda tashkil 
etishda gimnastikachilarning alohida hususiyatlari e‘tiborga olinadi; 
-ilmiy-usuliy asoslanganlik.
Mazkur tamoyilga muvofiq milliy terma 
jamoaning tayyorgarlik jarayonida maxsus milliy terma jamoaning tayyorgarlik 


166 
jarayonida maxsus tayyorgarlikva o‗rgatishning yangi samarali vosita va 
usullari, shuningdek, yangi trenajerlar, qurilmalar, nazorat vositalari hamda 
usullari muntazam ravishda sinovdan o‗tkazilib, tadbiq etiladi. Biroq 
tayyorgarlikning texnologiyasida ularning faqat gimnastikachilarning boshqa 
toifalarida dastlabki sinovdan o‗tib, zarur hamda etarli darajada ilmiy-usuliy 
asoslanganlarigina mustahkamlanadi; 
-ko„pkurashli tayyorgarlik va ixtisoslashuvning uyg„unligi.
Bu tamoyil 
ko‗pkurashida ham, snaryadlarda ham medallar uchun muvaffaqiyatli kurash 
olib bora oladigan universal gimnastikachilarning ko‗pkurashli asosidagi 
tayyorgarligini ko‗zda tutadi. Bunda dolzarb turlardagi kompozitsiyalar va 
murakkablikka talab etiladi; 
-dinamiklik.
Mazkur tamoyil terma jamoaning tayyorgarlik dasturini va 
alohida dasturlarni muayyan sharoitdan kelib chiqib joriy taktik taxrir qilishni 
nazarda tutadi; 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə