O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


Mashg„ulot jarayonining uzluksizligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

Mashg„ulot jarayonining uzluksizligi. 
O‗zluksizlik tamoyili yil 
davomidagi va ko‗p yillik mashg‗ulotlarni o‗tkazish zaruriyatidan kelib chiqadi. 
Aks holda zamonaviy sportda yuqori natijalarga erishish to‗g‗risida o‗ylab 
o‗tirmasa ham bo‗ladi. Gimnastikada bu tamoyilga rioya qilish ayniqsa muhim, 
chunki harakat ko‗nikmalarining paydo bo‗lishi doimiy mustahkamlashni, 
takrorlarni, harakat zahirasini yo‗zaga keltirish esa muntazamlikni talab qiladi.
O‗zluksiz mashg‗ulotlar o‗tkazishning sharti organizm funktsiyalarini o‗z 
vaqtida tiklashdan iborat. O‗zoq muddatli shiddatli mashg‗ulotlar tiklovchi 
tadbirlar va dam olishni taqozo etadi. Muntazam mashg‗ulotlar natijasida 
mashqlanganlik holati paydo bo‗ladi, u organizmning muayyan yuklamalarga 
moslashganligini ko‗rsatadi. SHu ma‘noda mashg‗ulotni organizmning 
yuklamalarga funksional moslashishi jarayoni sifatida tasavvur etish mumkin.
YUqori natijalarga intilayotgan gimnastikachilar deyarli har kuni va hatto 
kuniga ikki marotabalab mashq qiladilar. Bu holda yiliga mashg‗ulotlarning soni 
yildagi kunlar sonidan ortiq bo‗ladi. O‗zluksiz mashg‗ulotlarni asos qilib olib, 
uning ustiga yangi mashqlarni o‗zlashtirish hamda yuklamalar hajmini oshirish 
rejalarini qurish mumkin. 
Mustaqil mashg‗ulotlar tufayli gimnastikachining qomati shakllanadi, 
mushaklar bo‗rtib ko‗zga tashlanadigan bo‗ladi. Ko‗p mashq qilgan 
gimnastikachilar tez tiklanadilar, quvvatni tejab saralaydilar. Mashg‗ulotlar 
orasidagi tanaffuslar ancha qisqa muddatda mashqlanganlik darajasini 
pasaytiradi.
YUklamalarni asta-sekin oshirib borish va maksimal natijalarga 
intilish birligi. 
Mazkur tamoyil avvalgisi bilan mantiqan bog‗liq bo‗lib, sport 
faoliyatining eng jiddiy jihatlaridan barini tavsiflaydi. O‗z-o‗zicha mashg‗ulotlar 
o‗zluksizligi sport natijalari o‗sishini ta‘minlay olmaydi, odatdagi takrorlashlar 
takomillashuvga olib kelmaydi. O‗zluksiz mashqlar davomida yuklamalar 


160 
hajmini asta-sekin oshirib borish zarur: tobora murakkabroq elementlarni
birikmalar, kombinatsiyalarni o‗zlashtirish, mashq faoliyatining hajmi va 
shiddatini orttira borish lozim.
Bu tamoyil gimnastikachilarda haqiqiy musobaqa faoliyatini talablaridan 
ancha yuqori darajadagi tayyorgarlik va ishchanlikning shakllanishini 
ta‘minlovchi katta hajm hamda sur`atli mashg‗ulot yuklamalari va o‗zaro 
bog‗liq ta‘sirotlar usulini qo‗llash hisobiga tayyorgarlikning asosiy o‗lchamlari 
bo‗yicha eng mag‗bul oshiqchalikning yaratilishini ko‗zda tutadi.
Mazkur tamoyilga ko‗ra tayyorgarlikning strategik maqsadlaridan biri 
mashqlarning murakkabligi, ularni bajarish sifati va ishonchliligi, turnirga 
chidamlilik, texnik, taktik, jismoniy va ruhiy tayyorlikda eng maqbul 
oshiqchalikni yaratishdir. 
Taniqli fiziolog A.A. Uxtomskiy tirik organizmning moslashuvi qonunini 
qisqacha shunday ifodalagan edi: «Ish organni quradi». Tobora ortib borayotgan 
yuklamalar funksional mosashuvning yangi, yanada yuqori darajasiga olib 
keladi. Organizmning tiklanish davrida faoliyatgacha mavjud bo‗lgan 
imkoniyatlardan yuqoriroq darajada quvvat harajatlari va o‗ta ko‗p harajatlari 
o‗rnini to‗ldirish xususiyati «giperkompensatsiya», «ortig‗i bilan tiklanish» deb 
nomlanadi.
YUklamalarni maksimal darajagacha ko‗tarish tamoyili xuddi shu 
biologik qonuniyat asosiga qurilgan. Gimnastikada eng yuqori yuklamalar 
to‗g‗risidagi tushuncha nisbiy ma‘noga ega. Sport ustasi bo‗lgan 
gimnastikachilarning oddiy mashg‗ulotlaridagi faoliyat ko‗rsatkichlari razryadli 
gimnastikachilar uchun eng yuqori va hatto imkon chegarasidagi hisoblanadi. 
YUklamalarning tadrijiy ravishda orttirib borilishi tadrijiylik tamoyilining 
amalga oshishi sifatida gimnastikachilarning ko‗p yillik tayyorgarligiga xos 
xususiyatdir. 
Lekin, 
mashg‗ulotlarning, 
ayniqsa, 
yuqori 
malakali 
gimnastikachilar mashg‗ulotlarining yana bir o‗ziga xos jihati ulardagi 
imkoniyatlarning eng baland darajasiga yaqin bo‗lgan yuqori yuklamalarni vaqt-
vaqti bilan qo‗llab turish hisoblanadi. Bunday «zarbdor» mashg‗ulotlar hozirgi 


161 
zamon gimnastikasi uchun tipik hodisa, ammo ularni epizodik tarzda, 
mashg‗ulotning «zarbdor» mikrotsikli yoxud mikrotsiklning boshqa darslari 
qatoridagi «zarbdor» mashg‗ulot ko‗rinishida qo‗llagan ma‘qul. SHuni qayd 
etish kerakki, eng yuqori yuklamalarga yuqori gimnastikachi uchun eng maqbul 
qiymatli yuklamalar doirasida mashqlanganlik darajasini muntazam oshirib 
borish tufayli erishish mumkin. Tadrijiylik va eng yuqori yuklamalarga 
yo‗naltirilganlik birligi shuning o‗zidir. 
Ko‗rgazmalilik maqsadida tayyorgarligi turlicha bo‗lgan gimnastikachi 
yigit va qizlar uchun rejalashtirilgan ko‗rsatkichlarni keltiramiz. Ko‗rinib 
turibdiki, «zarbdor» yuklama kombinatsiyaar miqdoriga ko‗ra asosiy mashg‗ulot 
faoliyati ko‗rsatkichlaridan 1,5-2 barobar yuqoriroq. Sport ustalari va 
nomzodlarda element va kombinatsiyalar miqdoridagi uncha katta bo‗lmagan 
tafovut sport ustalari dasturining mazmuni murakkabligiga ko‗ra jiddiy farq 
qilishini ko‗rsatadi (1-jadval). 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə