|
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligiQo„shimcha mo„ljallar qo„llanishiGimnastika-nazariyasi-va-uslubiyatiQo„shimcha mo„ljallar qo„llanishi
avvalo yangi gimnastika mashqlarni
o‗zlashtirishni osonlashtiradi. Bunday mo‗ljallar harakat parametrlari haqidagi
tasavvurni aniqlashtirib beradi, harakat faoliyatini to‗g‗ri bajarishga, bajarilgan
harakat natijalarini aniq baholashga yordam beradi.
Ko‗rinadigan mo‗ljallar sifatida odatda quyidagilardan foydalaniladi:
snaryadlarning ayrim qismlari, o‗quvchi gavdasining ayrim qismlari, tabiiy
orientirlar (mashq bajarilayotgan joy yaqinidagi buyumlar), qo‗shimcha
buyumlar (to‗plar, tayoqchalar, arg‗amchi va hokazolar), shuningdek maxsus
chizilgan (masshtabli va oddiy) belgilar.
Ayrim tovush signallari (qarsak, xushtak va hokazolar) harakatga jo‗r
bo‗lib turishi yoki sur‘at va ritmni belgilab turishi mumkin. Bunday signallar
o‗qituvchi yoki o‗rgatishning texnik vositalari orqali berib turiladi. Tovushli
mo‗ljallar davom etish vaqi va kuchining o‗zgarib turishi blan ko‗rinadigan
mo‗ljallardan farq qiladi. Bu ulardan foydalanish imkoniyatini kengaytiradi,
e‘tiborni harakatlarning signallar almashinishiga muvofiq bajarishga jalb qilish
imkonini beradi.
Taktil signallarni mashq bajarayotganda o‗quvchining kurib turib
mo‗ljallar olishi qiyin bo‗lgan hollarda qo‗llansa bo‗ladi. O‗quvchi o‗zi
nimagadir (snaryadga, mo‗ljalga) suyanib mashq bajarayotganini his etishi, unga
harakatni faoliyat natijasi bilan taqqoslab ko‗rishi va harakatga to‗zatish
kiritishiga hamda mashq o‗rganishni davom ettirishning oqilona usullarini
tanlashiga yordam beradi. O‗qituvchining sun‘iy taktil signallar hosil qilishi
(o‗quvchi gavdasining ayrim qismlariga qo‗l tegizib qo‗yishi) ham o‗quvchiga
harakatning to‗g‗ri holatlarini «aytib» turadi. Bu usulning samaradorligi
o‗qituvchini kasbiy mahoratining taraqqiyot darajasiga bog‗liq.
YAngi gimnastika mashqlarini o‗rganish jarayonida har hil qo‗shimcha
mo‗ljallarni birga qo‗shib qo‗llanish – o‗rgatish uslubiyatining talablaridan
biridir.
Dostları ilə paylaş: |
|
|