O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


MASHQ O„RGATISHNING USULLARI



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

MASHQ O„RGATISHNING USULLARI 
Gimnastika mashqlarini o‗rgatishning uslubiy usullari nihoyatda xilma-
xil. Quyidagilar eng samarali va o‗rgatish tajribasida ko‗p foydalaniladigan 
usullar qatoriga kiradi. 
Harakat texnikasi haqidagi tasavvurni hosil qiladigan va aniqlaydigan 
usullar: 
a) o‗qituvchining o‗quvchilar bilan nutq orqali munosabatda bo‗lishini 
so‗zlab berish, suhbatlashish, tushuntirish, muhokama qilish va boshqa shakllari 
har bir so‗z aniq va obrazli, iboralar esa qisqa va tushunarli bo‗lgan vaqtidagina 
ancha samarali va ta‘sirli chiqadi; shunday holda o‗qituvchi bevosita yangi 


149 
mashq o‗rganish oldidan tayyorgarlik ishini muvaffaqiyat bilan o‗tkazishi 
hamda o‗rgatish jarayonini boshqara olishi mumkin; 
b)ko‗rgazmali qurollar (konturogrammalar, jadvallar, kinokolsovkalar, 
odam gavdasining yassi simdan yasalgan va boshqa modellari, multiplikatsion 
rasmlar va hokazolar) ko‗rsatish, namoyish qiluvchi kishi mashqni bajarib 
ko‗rsatish, turli mo‗ljallardan foydalanish lozim; 
c)mashq texnikasi elementlarini grafik tasvir ko‗rinishida modellashtirish 
ketma-ket harakatlarni sportchi gavdasi modelida qayta tasvirlab ko‗rsatish, 
harakat texnikasini og‗zaki yoki yozma tasvirlab berish, texnika vositalari 
yordamida harakatning ayrim parametrlarini qayta tasvirlab ko‗rsatish - bu 
o‗quvchi faoliyatini faollashtiradi va o‗rgatishning asosiy vazifasi bo‗lgan 
harakat ko‗nikmasi shakllanishini hal qilishga yordam beradi. 
Ko„maklashish va ehtiyotlash usullari
.
O‗qituvchining o‗quvchiga 
ko‗maklashishining xilma-xil usullari bor. Masalan, mashq ijrosi paytida nima 
qilishni aytib turish, harakat vazifasining natijasi yoki bajarish usuli haqida 
oldindan yo‗l-yo‗riq ko‗rsatish va hokazolar. 
Ko‗maklashish va ehtiyotlash usullarining maxsus bir guruhi o‗qituvchi 
bilan o‗quvchining birgalikdagi faoliyati vaziyati bilan bog‗liq. Masalan, 
o‗quvchi harakat vazifalarini amalda bajarishga kirishar ekan unga xatoni 
to‗zatish, texnika detallarini aniqlash yoki xavfsizlikni ta‘minlash uchun 
jismoniy ko‗mak zarur bo‗ladi. SHu maqsadda o‗qituvchi alohida bir turish 
holatini qayd etishda, harakatlar ketma - ketligini bafurja takrorlashda, mashqni 
yaxlit taqlid qilib chiqishda o‗quvchiga yordam beradi. Bunda o‗qituvchi 
o‗quvchining harakatini sekinlatib, sun‘iy qarshilik hosil qiladi, ehtiyotlashni 
ta‘minlab turadi. 
O‗rgatish vaqtida bu usullarni qo‗llanish samaradorligi ko‗p jihatdan 
o‗qituvchining qobiliyatiga bog‗liq bo‗lib, u ayni shu paytda zarur bo‗lgan eng 
yaxshi usulni, o‗quvchining qaysi tomonidan turishni va birgalikdagi faoliyati 
usulini tanlay bilishi kerak. SHuning uchun o‗qituvchi o‗zining amaliy faoliyati 
davomida hamma usullarni maxsus o‗rganib va takomillashtirib borishi kerak. 


150 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə