O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


Qo„shimcha mo„ljallar qo„llanishi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

Qo„shimcha mo„ljallar qo„llanishi
avvalo yangi gimnastika mashqlarni 
o‗zlashtirishni osonlashtiradi. Bunday mo‗ljallar harakat parametrlari haqidagi 
tasavvurni aniqlashtirib beradi, harakat faoliyatini to‗g‗ri bajarishga, bajarilgan 
harakat natijalarini aniq baholashga yordam beradi. 
Ko‗rinadigan mo‗ljallar sifatida odatda quyidagilardan foydalaniladi: 
snaryadlarning ayrim qismlari, o‗quvchi gavdasining ayrim qismlari, tabiiy 
orientirlar (mashq bajarilayotgan joy yaqinidagi buyumlar), qo‗shimcha 
buyumlar (to‗plar, tayoqchalar, arg‗amchi va hokazolar), shuningdek maxsus 
chizilgan (masshtabli va oddiy) belgilar. 
Ayrim tovush signallari (qarsak, xushtak va hokazolar) harakatga jo‗r 
bo‗lib turishi yoki sur‘at va ritmni belgilab turishi mumkin. Bunday signallar 
o‗qituvchi yoki o‗rgatishning texnik vositalari orqali berib turiladi. Tovushli 
mo‗ljallar davom etish vaqi va kuchining o‗zgarib turishi blan ko‗rinadigan 
mo‗ljallardan farq qiladi. Bu ulardan foydalanish imkoniyatini kengaytiradi, 
e‘tiborni harakatlarning signallar almashinishiga muvofiq bajarishga jalb qilish 
imkonini beradi. 
Taktil signallarni mashq bajarayotganda o‗quvchining kurib turib 
mo‗ljallar olishi qiyin bo‗lgan hollarda qo‗llansa bo‗ladi. O‗quvchi o‗zi 
nimagadir (snaryadga, mo‗ljalga) suyanib mashq bajarayotganini his etishi, unga 
harakatni faoliyat natijasi bilan taqqoslab ko‗rishi va harakatga to‗zatish 
kiritishiga hamda mashq o‗rganishni davom ettirishning oqilona usullarini 
tanlashiga yordam beradi. O‗qituvchining sun‘iy taktil signallar hosil qilishi 
(o‗quvchi gavdasining ayrim qismlariga qo‗l tegizib qo‗yishi) ham o‗quvchiga 
harakatning to‗g‗ri holatlarini «aytib» turadi. Bu usulning samaradorligi 
o‗qituvchini kasbiy mahoratining taraqqiyot darajasiga bog‗liq. 
YAngi gimnastika mashqlarini o‗rganish jarayonida har hil qo‗shimcha 
mo‗ljallarni birga qo‗shib qo‗llanish – o‗rgatish uslubiyatining talablaridan 
biridir. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə