O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


Erkin mashqlarni yozib olish



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

Erkin mashqlarni yozib olish
. Erkin mashqlar muayyan tartibda yozib 
olinadi: 
1.
Mashqning nomi (kimga mo‗ljallangani). 
2.
Jo‗r bo‗ladigan musiqa. Asarning nomi, uning hajmi ko‗rsatiladi. 
3.
Dastlabki holat. 
4.
Mashqning mazmuni musiqa asarining to‗zilishiga moslab, masalan 
sakkizlarga bo‗lib yoziladi. Majburiy mashqni yozishda (musobaqalar uchun) 
matnning o‗ng tomonida elementlar va birlashmalarning nisbiy qiyinligi (ballari 
yoki qiyinlik guruhlari) ko‗rsatiladi. 
Sport 
gimnastika 
asboblaridagi 
mashqlarning 
yozib 
olinishi

Gimnastika asboblaridagi mashqlarni yozishda asbobning nomidan tashqari 
yana quyidagilarni ko‗rsatish qabul qilingan: 
1.
Dastlabki holat (osilib turib, tayanib turib, sakrab, yugurib kelib) yoki 
birinchi mashqdan oldingi harakat (qo‗llarga, bilaklarga tayanib tebranib turish). 
2.
Harakatning nomi (ko‗tarilish, pastga tashlanish, uchib o‗tish, 
aylanish, qo‗l orasidan o‗tish va hokazo). 
3.
Ijro etish usuli (gavdani yozib, yoysimon, orqaga siltanib, to‗ntarilib). 
4.
Yo‗nalish (chapga, orqaga va hokazo). 


135 
5.
Pirovard holat (osilib qolish, orqadan tayanib qolish)- harakatning o‗zi 
pirovard holatga olib kelmasa. 
Gavdaning alohida qismlari harakatlarini yozishda ularni bir - biridan 
vergul bilan ajratib qo‗yish kerak. 
Asboblardagi majmualar satriga ketma- ket yozishda asosiy elementlar 
(birlashmalar) bir-biridan chiziqcha belgisi bilan ajratiladi. Masalan, turnikda: 
tebranib turish - gavdani yozib ko‗tarilish - orqaga aylanish - yoysimon siltanib 
chap tomondan orqaga aylanib turlicha tutib osilib qolish- orqaga siltanib sakrab 
tushish va hokazo. 
Majburiy mashqlarni (musobaqalar uchun) yozishda esa har bir element 
yoki birlashma abzasdan yozilib, undan o‗ng tomonda nisbiy qiyinlik 
ko‗rsatiladi. Masalan: dastakli otda: 
Sakrab chap oyoqni o‗ng tomondan dastak ustidan aylantirish
- 2,0 
O‗ng oyoqni o‗tkazish
- 0,5 
CHap tomonda chalishtirib va hokazo o‗tkazish
- 3,0 
Oyoqlarni asboblarga, tegmay o‗tkazilishini «ustidan» so‗zini qo‗shib 
ifoda qilinadi. Masalan: B/p qo‗shpoya: pastki poyada gavdani yozib ko‗tarilish 
- orqaga siltanib o‗ng oyoqni poya ustidan o‗tkazish - chap oyoqni o‗tkazib 
orqaga tayanib burchak. 
Ikki va undan ortiq elementni ketma-ket bir-biriga ulab bajarilishini «va» 
bog‗lovchisi bilan, ikkita harakatni birgalikda bajarishini esa «…turib» so‗zini 
qo‗shib yozish bilan ifoda qilinadi.
Masalan, turnikda: o‗ng oyoqda ko‗tarilish va chap tomondan orqaga 
burilish yoki o‗ngga ko‗tarila turib orqaga burilish va hokazo. 
Qisqaroq yozish va talaffo‗zni osonlashtirish maqsadida ayrim ta‘riflarni 
tashlab ketish, shuningdek, agar tushunish osonlashadigan bo‗lsa, yuqorida 
ko‗rsatilgan tartibda (ketma-ketlikda) yozishdan chetlatish ham mumkin. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə