O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


Mashg„ulotni davrlashtirish



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

Mashg„ulotni davrlashtirish. 
Gimnastika bo‗yicha mashg‗ulotlar 
jarayonida quyidagi asosiy vazifalar hal etiladi: 
-yangi elementlar, birikmalar, umuman, kombinatsiyalar o‗zlashtiriladi; 
- jismoniy tayyorgarlik darajasi UJT va MJT vositalari yordamida 
oshiriladi; 
- mashg‗ulot va musobaqa faoliyati sharoitlariga xos qiyinchiliklarni 
engish bilan bog‗liq holda ruhiy tayyorgarlik darajasi ortadi; 
- gimnastikachining ijro mahorati takomillashadi, darajasi oshadi; 
- mashqlar texnikasi barqarorlashadi, ularni bajarish ishonchliligi ortadi;
- musobaqalarga bevosita tayyorgarlik va ularda ishtirok etish tashkil 
qilinadi; 
- tiklovchi tadbirlar va yuklamalarning yangi darajasiga o‗tish vositalari 
qo‗llaniladi.
Har bir vazifa turli muddatlarda hal etilishi mumkin. Bitta vazifaning o‗zi 
umumiy va birmuncha xususiy jihatlarga ega bo‗la oladi. Masalan, yaqin 
mashg‗ulotda o‗zlashtirish uchun muayyan elementlar haqida gapirish, keyingi 
toifadagi yangi dasturning o‗zlashtirilishini rejalashtirish ham mumkin.


168 
Vazifalarning miqyosi, ularning xilma-xil xususiyatlariga qarab 
mashg‗ulot jarayonini muddati turlicha bo‗lgan vaqt kesmalariga: bir mashg‗ulot 
darsidan boshlab, 4 yil davom etadigan Olimpiya sikligacha ajratish mumkin. 
To‗rt yillikning har bir yillik sikli o‗z yo‗nalishiga ega bo‗ladi. Birinchi – 
«olimpiadadan keyingi» sikl majburiy dasturning almashtirilishi, yangi «kelajak 
modellari»ning ishlab chiqilishi kabi xususiyatlarga ega. Ikkinchi sikl – erkin 
dasturning yangilanishi, olimpiadaga tayyorgarlik rejalarining tahrir qilinishi 
yilidir; uchinchi sikl – model – nazorat sikli. YAkunlovchi sikl rejasining 
texnik-taktik variantlari tekshiriladi. To‗rtinchi sikl - «olimpiada yili», olimpiada 
o‗yinlariga bevosita tayyorgarlik va ularda ishtirok etish. Olimpiada to‗rt yilligi 
xususiyatlarini e‘tiborga olish faqatgina mamlakat terma jamoasi a‘zolariga 
taalluqli emas. Olimpiya sikllarining yo‗nalishi hatto kichik razryadli 
gimnastikachilarning tayyorgarligi mazmunida ham o‗z aksini topadi. Har bir 
yangi katta Olimpiya sikli bilan, odatda, kichik razryadlarda majburiy dastur 
almashadi; musobaqa qoidalari, tasniflar, sport maktablari dasturlari va 
hokazolarga o‗zgarishlar kiritiladi.
Yillik mashg‗ulotlar sikli ikkita yarim yillik sikldan iborat bo‗lib, 
ularning har biri tayyorgarlikning tayyorlov, musobaqa va o‗tish davrlarini 
ko‗zda tutadi. Gimnastikachilar, ayniqsa, kichik razryadli sportchilarning 
mashg‗ulotlarida, keyingi razryadning yangi dasturini o‗zlashtirib olish uchun 
o‗zoq vaqt zarur bo‗lsa, tayyorlov davri 6-8 oygacha o‗zaytirilishi, shunda butun 
sikl bir yil davom etishi mumkin. Lekin ko‗pincha yarim yillik sikllar 
rejalashtiriladi. Ularning har biri sport taqvimiga shunday muvofiqlashtiriladiki, 
natijada har sikldagi tayyorgarlik yirik musobaqalarda ishtirok etish bilan 
yakunlanadi. Mamlakat miqyosida bu O‗zbekiston kubogi va O‗zbekiston 
chempionati (bir holatda hududiy belgiga, ikkinchisida – idoraviy belgiga 
ko‗ra). Xuddi shu tamoyil asosida quyi tashkilotlarning taqvimi ham to‗ziladi.
Tayyorlov davri mashg‗ulotlariga xos vazifalar yangi mashqlarni 
o‗zlashtirish, dasturni yangilash, jismoniy sifatlarning rivojlanish darajasini 
ko‗tarishdan iborat.


169 
Musobaqa davrida musobaqalarga bevosita tayyorgarlik ko‗rishga 
yo‗naltirilgan vazifalar: kombinatsiyalarni butun holda takomillashtirish, 
musobaqa sharoitlarini modellovchi sharoitlarda o‗z chiqishlarining taktik 
variantlariga ishlov berish va boshqalar hal etiladi. Musobaqalarda ishtirok etish 
ham shu davr tarkibiga kiradi.
O‗tish davri sport takomillashuvining yangi pog‗onasiga o‗tish uchun 
organizmning faol tiklanishini ko‗zda tutadi. SHu maqsadda UJT vositalari, 
tabiiy omillar va profilaktik tadbirlar qo‗llaniladi.
Mashg‗ulotning har bir davri o‗z mazmuniga ko‗ra bir turli emas. 
Mashg‗ulotning mazkur davridagi xilma-xil vazifalar ko‗pincha bir vaqtda 
emas, balki navbati bilan asta-sekin amalga oshiriladi, bu esa unda bir necha 
bosqichning (mezotsikllarning) mavjud bo‗lishini taqozo etadi. Bosqichlar 
miqdori va ularning yo‗nalishini aniqlashda pedagogik vazifalar eng muhim 
ahamiyatga ega.
SHu sababli tayyorlov bosqichi uchun o‗quv yo‗nalishidagi bosqichlar: 
yangi dasturni o‗zlashtirish bosqichi, erkin dasturni yangilash bosqichi, dasturni 
takomillashtirish bosqichi xos bo‗lib qoladi. Musobaqa davrida dasturni 
barqarorlashtirish bosqichi, musobaqalaroldi tayyorgarligi bosqichi («bevosita», 
«yakunlovi») ajratiladi. Nihoyat, musobaqalarda ishtirok etish bilan bog‗liq 
bo‗lgan amalga oshirish bosqichi.
Masalan, yarim yil davom etadigan tayyorlov davrida har biri 2-3 oylik 
ikki-uch bosqich bo‗lishi mumkin. YArim yillik siklda tayyorlov davri bor-
yo‗g‗i 2-3 oy bo‗ladi. Muvofiq ravishda bosqichlarning miqdori ham, 
davomiyligi ham qisqaradi (har biri 1-1,5 oygacha). Tayyorlov davri va uning 
alohida bosqichlari nazorat hamda hozirlovchi musobaqalar bilan yakunlanishi 
ham mumkin. Asosiy musobaqalar esa musobaqa davrini yakunlaydi.
Mashg‗ulot siklini tashkil etishning keng tarqagan variantlaridan biri uni 
bitta musobaqa bilan emas, bir-biridan 1 haftadan 1-1,5 oygacha oraliq muddat 
bilan o‗tkaziladigan musobaqalar seriyasi bilan yakunlashdir. Tabiiyki, 
musobaqalar orasidagi vaqt mobaynida mashg‗ulotning tayyorlov davri uchun 


170 
xos ishlarni avj oldirishdan ma‘no yo‗q. Bunday hollarda «ikkilantirilgan» yoki 
«uchlantirilgan» musobaqa davri tashkil etiladi, aniqrog‗i uning bevosita hamda 
yakunlovchi 
musobaqalaroldi 
tayyorgarlik 
bosqichlari 
(mezotsikllari) 
takrorlanadi.
O‗tish davri vaqt nuqtai nazaridan uncha o‗zoq davom etmasa-da, lekin 
unda ham musobaqa davrining jiddiy yuklamalaridan keyin faol tiklanish 
bosqichini hamda umumjismoniy, funksional tayyorgarlik yo‗nalishlari yaqqol 
ko‗zga tashlanadigan «jalb etuvchi» va «ko‗maklashuvchi» mashg‗ulotlar 
bosqichini ajratish mumkin.

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə