173
reaktsiyasiga, «quvvat zahirasi»ning sarflanishiga, toliqishiga sabab bo‗lishi
mumkin. Mashq bajarayotgan gimnastikachi har xil tabiatli qiyinchiliklarni
ayniqsa, o‗rganish jarayonida harakatlarning murakkab muvozanati bilan bog‗liq
bo‗lgan, qiyinchiliklarni; agar mashq ko‗p
kuch tezkorlik, kuch chidamligini
talab etadigan bo‗lsa, jismoniy qiyinchiliklarni; yangi yoki o‗rta murakkab
mashqni bajarish oldidan qo‗rquvni engish lozim bo‗lsa, ruhiy qiyinchiliklarni
engishga to‗g‗ri keladi.
YUklama kattaligiga gimnastikachining mashq jarayoniga shaxsiy
munosabati ham ta‘sirqilishi mumkin: u salbiy («istamayman», «yoqmaydi»),
ruhiyatni
ezuvchi hamda ijobiy, tiklanishga yordam beruvchi («istamayman»,
«juda yaxshi ko‗raman») bo‗ladi.
YUklamaning
elementlar
va
kombinatsiyalar
miqdorida
gi
foydalanadigan pedagogik jihatini hamda hisobga olish qiyin bo‗lgan
organizmning funksional holatidagi ruhiy-fiziologik siljishlardan iborat biologik
jihatini bir-biridan farqlash lozim. SHubhasiz yuklamani har ikki tomondan
tavsiflovchi ko‗rsatkichlardan ko‗p axborot olish mumkin. SHunga qaramay,
yurak-qon tomir tizimi faoliyati, ruhiy holatlarning ko‗rsatkichlarini qayd qilish
murakkab bo‗lganligi uchun amaliyotda ko‗p hollarda mashg‗ulot yuklamasini
ko‗pincha elementlar, kombinatsiyalar miqdori va ularga sarflangan vaqtdan
kelib chiqib baholash etarli bo‗ladi.
Gimnastikachilar tomonidan butun mashg‗ulot
davomida olinadigan va
alohida elementlarning miqdori bilan ifodalanadigan yuklamalar yig‗indisi
uning hajmi xisoblanadi. YUklama shiddati yoki jadalligi uning o‗zluksizligi,
ta‘siretish davomiyligi, yuklama bilan dam olish oraliqlari nisbati bilan bog‗liq
100%ga
yaqin
yuklama
shiddati
deganda
gimnastik
kombinatsiya
elementlarining yaxlit holda o‗zluksiz bajarilishi tushuniladi. Ammo bu
ko‗rsatkich texnik murakkablikning faqat muayyan sport razryadi uchun tip
bo‗lgan ma‘lum darajadagi mashqlar shiddatini tavsiflaydi. Bundan tashqari, bu
turdagi faoliyat uncha o‗zoq davom etmaydi – 20-25 sek. Lekin baribir,
faoliyatning
(elementlarning)
ko‗proq qismida o‗zluksiz birikmalar
174
(kombinatsiyalar) bajarish bilan o‗tadigan mashg‗ulotlar organizmning
kuchliroq
ta‘siretadi. SHunga ko‗ra, yuklama shiddati ko‗pincha
kombinatsiyalar miqdori bilan belgilanadi.
YUklamani rejalashtirish va qayd etish bilan bog‗liq
ravishda
mashg‗ulotning turli bosqichlarida uning ayni vaqtda gimnastikachilar
tayyorlash masalalariga mos keladigan tavsiflaridan foydalaniladi. Masalan,
yangi dasturni o‗zlashtirish bosqichida elementlar miqdori, mashg‗ulotning
umumiy vaqti axborot ko‗rsatkichlari sifatida xizmat qilishi mumkin. Muhimi,
gimnastikachilar katta hajmli ish bajarishlari zarur. Bu holatda yuklama
shiddatining ko‗rsatkichi deb mashg‗ulotning motor zichligi qabul qilinadi, u
mashqlarni bajarishga sarflangan ish vaqtiga nisbatida
ty
tu
,
yoki vaqt birligida,
masalan, bir minutda bajarilgan elementlar miqdorida
мин
Эм
ifodalanadi.
Tabiiyki, mashg‗ulotning umumiy vaqtini saqlagan holda ish vaqti yoki
elementlar miqdorini oshirish mashg‗ulot shiddatini ham kuchaytiradi.
Ko‗pkurash turlarining xususiyatlaridan kelib chiqib, V.N. Afonin tomonidan
ishlab chiqilgan (197V) elementlarning nisbiy yuklamadorligi koeffitsientlari
umuman mashg‗ulotlarning yuklamalari yig‗indisini
yanada aniq baholash
imkonini beradi.
Kombinatsiyalar to‗la o‗zlashtirib borilgani sayin yuklamaning axborot
ko‗rsatkichi sifatida urinishlar soni xizmat qila boshlaydi. Hajmi jihatidan bir xil
(elementlar soni bir xil) bo‗lgan ishni bajarish uchun gimnastikachi qancha kam
urinishni amalga oshirsa, ya‘ni, bir urinishda ko‗proq miqdordagi elementlarni
bajarsa, yuklama shunchalik shiddatli buladi, lekin bunda mazkur ish, umuman,
bir xil vaqt davom etgan bo‗lishi kerak. Demak, yuklamaning shiddatini oshirish
yo‗llari, birinchidan, bloklarni yo`riqlashtirish – butun kombinatsiyalar tarkibida
bajariladigan elementlar miqdorini mashg‗ulotdagi elementlarning umumiy
miqdoriga yakinlashtirishga, (EuMqEkM);
ikkinchidan; ish vaqtining umumiy
mashg‗ulot vaqtiga nisbatan oshishiga va uchinchidan, hajm o‗zgartirilmagan
holda mashg‗ulot davomiyligining kamaytarilishiga bog‗liq. SHiddatni
175
o‗zgartirishning uchta varianti amalda har xil uyg‗unlashtirilgan holda uchraydi
va bir mashg‗ulot yuklamasini boshqasiniki bilan qiyoslashni qiyinlashtiradi.
SHuning uchun yuklamani vaqt ketma-ketliklari, ish miqdorini boshqa shart-
sharoitlar bir xil bo‗lgandagina
aniqlash, ya‘ni biror ko‗rsatkichdagi
o‗zgarishlarni boshqa ko‗rsatkichlar birligida o‗zgarishlar yo‗z bermagan
sharoitda tekshirish zarur.
Gimnastikachilar yuklamasini nisbiy kattaliklar bo‗yicha (shiddat
indekslari - SHI) baholashning bir necha yo‗llari bo‗lib, ular orasida V.N.
Afonin formulasi ajralib turadi, u urinishlardagi kuchlanishlar, ishining hajmi
hamda zichligini nisbatan to‗la aks ettiradi.
Dostları ilə paylaş: