O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


- jadval Mashg„ulot va uning hisobini rejalashtirish darajalari



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

4- jadval
Mashg„ulot va uning hisobini rejalashtirish darajalari 
 
Vaqt kesmasi 
Maqsadli vazifasi 
Axborot ko„rsatkichlari va 
hisob omillari 
Dars turi 
Badan qizdirish 
O‗quv
Mashq
Elementlar, 
kombinatsiyalar 
miqdori 
Urinishlar miqdori 
Nazorat
Model 
MJT 
UJT 
Tiklovchi 
Urinishda elementlar miqdori
Ko‗pkurash turlari miqdori 
Darslar vaqti (umumiy «sof»)
Mashg‗ulotlar shiddati 
Mashg‗ulot 
kuni 
Jalb qiluvchi
Asosiy
Zarbdor 
Tahrirlovchi
Tiklovchi
Bir kunlik mashg‗ulotlar miqdori 
Bir kunlik yuklama hajmi va 
shiddati 
Mikrotsikl 
Jalb qiluvchi
Asosiy
Zarbdor 
Model 
Hozirlovchi 
Tiklovchi 
Darslar va mashg‗ulot kunlari 
miqdori 
YUklamaning 
kunma-kun 
o‗zgarishi
Bosqich 
(mezotsikl) 
Tayyorgarlik davrida: o‗quv 
takomillashtirish 
dasturini 
yangilash 
Musobaqa 
davrida: 
musobaqalar oldi, amalga 
oshirishga 
bevosita 
Mikrotsiklar miqdori 
Mikrotsiklarning almashinishi
Mikrotsiklarda 
yuklama 
dinamikasi 
Kombinatsiyalarda 
o‗ta 
murakkab 
elementlarning 
miqdori 


179 
tayyorgarlik (yakuniy) 
O‗tish davrida: qo‗llab-
quvvatlovchi mashg‗ulotni 
faol tiklash
Urinishlarning 
umumiy 
miqdorida butun kombinatsiyalar 
foizi 
Baholash uchun kombinatsiyalar 
miqdori 
Xatolar soni 
Davr 
Tayyorgarlik 
Musobaqa
O‗tish 
Bosqichlar miqdori va ularning 
almashinishi 
Mashqlanganlik 
va 
tayyorlanganlik 
darajasi 
ko‗rsatkichlari 
Sikl 
4-yillik 
1-yillik 
YArim yillik 
Sikl va mashg‗ulot davrlari 
davomiyligi 
Mashg‗ulot 
davrlarida 
yuklamalar va tayyorlanganlik 
dinamikasi
Musobaqalar soni
Sport natijasi
Sport razryadi 
SHuni nazarda tutish joizki, kattaroq vaqt kesmasidagi yuklamaning 
hisobi mashg‗ulot kesmasini tavsiflashda qayd etib o‗tilgan qisqaroq muddatli 
omillarning ham e‘tiborga olinishini ko‗zda tutadi (masalan, mikrotsikldagi 
yuklamaning hisobga olishning axborot ko‗rsatkichlari va omillariga yana 
mashg‗ulot kuni hamda dars va h.k. ni tavsiflovchi ko‗rsatkichlarni ham 
qo‗shish kerak). SHunday qilib, guruhli mashg‗ulotni rejalashtirish uchun 
ko‗pgina omillarni bilish va hisobga olish zarur. 
Amalda gimnastikachilar yildan-yilga razryad pilla-poyalaridan tobora 
yuqoriroq pog‗onaga ko‗tarilib kelyaptilar. Har yili bittadan razryad va unga 
qo‗shimcha 
sifatida 
dastur 
materiallari 
– 
mashg‗ulot 
mazmunini 
rejalashtirishning asosi. Musobaqalar taqvimi, bir tomondan, va mashg‗ulot 
jarayonini avj oldirish uchun zarur vaqt, ikkinchi tomondan, tayyorgarlik vaqtini 
ko‗rsatadi, shiddatini belgilaydi.
Tayyorgarlik konsepsiyasi. YUqori natijalarni mo‗ljallaydigan sport 
gimnastikasida sportchilar tayyorgarligining bosh maqsadi ularning eng yirik 
musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishlari va avaldan rejalashtirgan yuksak 


180 
sport-texnik natijalarga erishishlardir. Bu erda musobaqa va musobaqa faoliyati, 
umuman katta sportda bo‗lgani kabi birlamchi, mashq faoliyati esa ikkilamchi 
bo‗lib birinchisiga bo‗ysunadi.
SHuning uchun yuqori malakali gimnastikachilarning tayyorgarlik 
tizimidagi maqsad modeli bu musobaqa faoliyatining modelidir. SHu sababli 
mazkur faoliyat sinchiklab o‗rganilishi, bashorat qilinishi va nazariy holda 
amaliy jihatdan muvofiq ravishda modellashtirilishi kerak.
Oliy malakali gimnastikachilar tayyorgarligining asosiy strategiyasi
o‗quv-mashq jarayonida musobaqa faoliyatining asosiy o‗lchamlarini uning 
xaqiqiy talablaridan ancha yuqorilashib qayta-qayta modellashtirishdan iborat. 
YUqori malakali gimnastikachilarni tayyorlashning muhim vazifalaridan 
raqobatbardosh musobaqa mashqlarini mohirona bajarish texnikasini mukammal 
o‗zlashtirib olish, mahorat mezonlaridan biri esa ularni keskin sport kurashlari 
sharoitida belgilangan samaradorlik bilan bexato va ishonchli bajarishdan iborat. 
YUqori malakali gimnastikachilarni tayyorlash konsepsiyasi gimnastik 
ko‗pkurashning barcha turlaridagi musobaqa mashqlari murakkabligini oshirib 
borishni ayni vaqtda bajarish texnikasi mahorati va musobaqalardagi 
ishonchliylikni yuksaltirishni nazarda tutadi. Bu vazifalar milliy terma jamoaga 
nomzodlarning musobaqa dasturiga o‗ziga xos o‗ta murakkab unsurlar va 
ularning shodesini vaqt bo‗yicha to‗lqinsimon tarzda taqsimlangan katta hajmli 
va yuqori shiddatli mashg‗ulot yuklamalarini qo‗llash hamda tiklanishning 
muvofiq vositalaridan foydalanish yo‗llari bilan hal etiladi.
Konsepsiyaning asosiy belgisi chet ellik raqiblarni tayyorgarlikning 
asosiy o‗lchamlari (mashqlarni o‗ziga xosligi va murakkabligi, bajarish 
texnikasi mahorati, bundan tashqari, bu musobaqa qoidalari tomonidan ham 
rag‗batlantirilmaydi va muvaffaqiyatsizliklar ehtimolini ham oshiradi; FIJ texnik 
qo‗mitalari bugungi kun shart-sharoitidan ancha oldinga ketib qolgan futurist-
gimnastikachilarning yangiliklari qadriga etmasliklari ham mumkin. Gimnastika 
tarixida bunday favqulodda xodisalar sodir bo‗lgan.


181 
Jahon gimnastika hamjamiyati o‗rnatilgan qadriyatlarni qayta baholab, 
rivojlanishning yanada yuqoriroq darajasiga o‗tish uchun etilishi lozim. Eng 
avvalo, bu barcha xakamlar uchun majburiy bo‗lgan musobaqa qoidalari va 
murakkablik jadvallarini ishlab chiquvchi FIJ erkaklar va ayollar texnik 
qo‗mitalariga tegishli. Tajribalarning ko‗rsatishicha, asosiy raqiblar ustidan 
ishonchli g‗alaba qozonish uchun velosipedchilar tili bilan aytganda, ularni 
tayyorlikning asosiy o‗lchamlari bo‗yicha «bir g‗ildirakka» o‗zib o‗tishning o‗zi 
kifoya. 
YUqori darajadagi natijalarga erishishlari uchun gimnastikachilar ko‗p 
yillar mobaynida juda katta hajmli ishlarni amalga oishirishlari kerak. Ayniqsa, 
jahon gimnastikasining eng yuksak namoyondalari safiga kirib borish 
bosqichida ko‗p mashq qilish talab etiladi. So‗nggi o‗n yilliklar ichida yuqori 
malakali gimnastikachilar mashg‗ulot va musobaqa yuklamalarining o‗sishi 
kutilmoqda. 
Ayni vaqtda, olimlar va adabiyotchilar odatdagi sharoitlarda mashg‗ulot 
yuklamalari hajmini shunchaki mexanik jihatdan ko‗paytirish yuqori malakali 
sportchilarni tayyorlash samaradorligini oshirish muammosini o‗z o‗zidan echib 
qo‗ya qolmasligini ko‗p bor ta‘kidlaganlar. Buning ustiga, shunday yondashuv 
ko‗pincha texnik mahoratni takomillashtirish sur‘atlariga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi, 
gimnastikachilar tayanch-harakat apparatining zo‗riqishi va jarohatlar 
miqdorining ortishiga olib keladi. 
SHunday qilib, mashg‗ulot yuklamasini ko‗paytirish zarurati bilan ham 
gimnastikachilarning, ham ular atrofidagi muhitning (snaryadlar, asbob-
anjomlar, jihozlar) imkoniyatlarini me‘yorlash orasida ziddiyat yuzaga keladi. 
SHuningdek, yana ta‘kidlash kerakki, hozirgi zamon yuqori natijalar 
gimnastikasida yuklama hajmi ruhiy, biologik va ijtimoiy sohalarda chegaraviy 
darajaga yaqinlashib qelmoqda. SHuning uchun mazkur muammoni hal 
etishning ekstensiv yo‗llari (yuklama hajmini mexanik oshirish) ma‘lum 
darajada tugab borayotir. Zahiralarni tayyorgarlikni jadallashtirishdan izlash 
lozim. 


182 
Rivojlantirilayotgan konsepsiyada ko‗rsatilgan ziddiyat gimnastika 
asbob-anjomlari va tayyorgarlik texnologiyasini muntazam takomillashtirish, ish 
hajmini yana ham yuqoriroq jadallik doiralarida uni yanada tezlashtirish 
hisobiga xal qilinadi. Bunda gimnastikachilarning harakat imkoniyatlarini yana 
ham to‗la va havfsiz ravishda amalga oishirishga yordam beradigan maxsus 
tashqi va ichki sharoitlar yaratiladi. Alohida ta‘kidlash kerakki, yuqori malakali 
gimnastikachilarni integral tayyorlashning Rossiya texnologiyasida uning 
pedagogik tarkibiy qismini takomillashtirish «burchakning boshi» sanaladi. 
Mumtoz (klassik) didaktik tamoyillarga tayangan holda yuqori malakali 
gimnastikachilarni tayyorlash konsepsiyasi ularning murakkabni oddiydan 
o‗zlashtirish talabini to‗ldiradi. Bu demak – nisbatan oddiy unsurni (masalan, 
egilib salto qilish) o‗rganayotgan vaqtda uni faqat xakamlar nuqtai nazaridan 
bexato bajarishi darajasidagina emas, balki shunday o‗lchamlar darajasida 
o‗rganish kerakki, bu gimnastikachiga ancha keyin unsurni (masalan, 
ikkilangan, uch-salto) tez o‗zlashtirish imkonini bersin. 
Bu holatda oddiydan murakkabga tomon yo‗l o‗zining bir tomonlama 
yo‗nalishini o‗zgartirib, yaqqol ifodalangan «mokisimon» xususiyatga ega 
bo‗ladi, ya‘ni vaqti-vaqti bilan murakkabdan oddiyga qaytib, bu shaklan oddiy 
harakatni o‗lchamlar jihatidan ancha murakkabga aylantiradi. SHunga ko‗ra 
maxsus bazali tayyorgarlik alohida ahamiyat kasb etib, milliy terma jamoaning 
o‗quv-mashq tayyorgarligi jarayonida uning tutgan o‗rni nafaqat pasaymaydi, 
balki, aksincha, yana ortib boradi. 
Integral 
tayyorgarlik 
konsepsiyasining 
blok-sxema 
86-rasmda 
ko‗rsatilgan. Uning markazidagi vi ta yaprog‗i bir-biriga chatishib ketgan gul 
shaklida tayyorgarlikning asosiy turlari tuzilishi, ularning o‗zaro birligi va 
o‗zaro aloqadorligi ochiq-oydin ifodalangan. Ular birgalikda yagona 
integrallagan texnologik tizim tarzida ishlaydilar. 


183 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə