O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


Birinchi qonun (inersiya qonuni)



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

Birinchi qonun (inersiya qonuni).
 
Tashqi ta‘sirlardan ajratilgan har 
qanday jism sokinlik yoki to‗g‗ri chiziq bo‗ylab bir tekis harakatlanish holatini 
tashqi kuchlar, inson uchun esa – ichki kuchlar uni mazkur holatdan 
chiqarmaguncha saqlab qoladi.
Ikkinchi qonun (kuch qonuni)
ga
muvofiq kuch 
(F) 
va tezlikning 
o‗zgarishi (tezlanish – 
a) 
o‗rtasida to‗g‗ri proportsional bog‗lanish mavjud. Bu 
dinamikaning asosiy qonuni: 


t-a, 
bu erda 

— kuch, 

— jism yoki uning ayrim bo‗g‗ini og‗irligi, 
a — 
tezlanish. 


207 
Uchinchi qonun (harakat va qarshi harakatning tengligi qonuni). 
Ikki 
jism bir-biriga ta‘sir ko‗rsatganda amal qiladigan kuchlar doim teng va bir 
to‗g‗ri chiziq bo‗ylab qarama-qarshi tomonga yo‗nalgan bo‗ladi.
Mexanika qonunlariga tayanib, hatto texnik jihatdan og‗ir mashqlarni 
bajarishning zaruriy parametrlari (og‗irlik kuchi va inersiya momentlari, 
harakatlar soni, tana og‗irligi umumiy markazi traektoriyalari, vaqt va b.)ni 
hisoblash mumkin. SHu sababli maishiy, sport, mehnat, harbiy va boshqa 
faoliyat turlarida harakatlarni o‗rgatish bilan shug‗ullanadigan har bir pedagog 
mexanika qonunlarini bilishi zarur. 
Ammo bu bilimlarning o‗zi kifoya qilmaydi. Gimnastika mashqlarini 
samarali o‗rgatish uchun boshqa fanlar: anatomiya, fiziologiya, psixologiya, 
dialektika qonunlarini o‗rganishga ham to‗g‗ri keladi. Ular mexanika 
qonunlarini bekor qilmaydi, lekin bir qancha hollarda o‗z to‗zatishlarini kiritadi, 
mashqlarni bajarishning o‗z shartlari va usullariga rioya etishni talab qiladi. 
Masalan, inson harakatlarining faqat mexanika qonunlariga asoslangan, boshqa 
fanlarning talablari hisobga olinmagan hisob-kitoblari o‗z vaqtida kutilgan 
ijobiy natijalarni bermagan. Bu hisob-kitoblarga tegishli to‗zatishlar kiritish 
talab etilgan. SHu tariqa mexanika va anatomiya, umuman biologiya zaminida 
yangi fan – biomexanika vujudga keldi. Ammo ko‗rib chiqilayotgan masalaning 
mukammal echimini bu fan ham taklif qila olmaydi, chunki mashqlarni texnik 
jihatdan to‗g‗ri bajarish, boz ustiga bunda gimnastika uslubiga rioya etish 
gimnastning ruhiy va shaxsiy xossalariga, uning tajribasiga va nihoyat, yuqorida 
sanab o‗tilgan barcha shartlarning shaxsiy xossalar etakchiligidagi yig‗indisiga 
bog‗liq bo‗ladi. SHu tufayli ham yangi ilmiy fan – biopsixomexanika vujudga 
keldi. Uning oldiga gimnastika mashqlarini bajarish texnikasini to‗laqonli va 
aniq aks ettirish vazifasi qo‗yildi. Ammo bu vazifani u ham bajara olmadi. XX 
asrning 90-yillari boshlarida yangi ilmiy fan – psixologo-pedagogik 
biomexanikani yaratish zarurligini asoslovchi dalillar ilgari surildi. 
Gimnastika mashqlari texnikasini tushuntirish uchun mexanika qonunlari 
kifoya qilmasligiga misol keltiramiz. Ma‘lumki, noturg‗un muvozanat sharoitida 


208 
jismning turg‗unlik darajasi tayanch maydonining kengligiga bog‗liq: bu 
maydon qancha keng bo‗lsa, muvozanat shuncha turg‗un bo‗ladi. Ammo boshda 
turish bir oyoqda turishga qaraganda sezilarli darajada og‗irroq, vaholanki, 
oyoqning tayanch maydoni boshning tayanch maydonidan ancha tor. Halqalarda 
qo‗llarni ikki tomonga yozib tiranish mexanika nuqtai nazaridan muvozanatning 
turg‗un turiga kiradi. Amalda esa u turg‗un muvozanat hisoblanmaydi. 
Jismoniy tarbiya o‗qituvchisi gimnastika mashqlarini o‗rgatishda ana-
tomiya qonunlarini hisobga olishiga to‗g‗ri keladi. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə