O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

4.YUklamani oshirish.
Insonning jismoniy rivojlanishi – asta-sekin bo‗ladigan jarayon. 
Sport yutuqlari darajasi ko‗pincha sportchining mashqlanganligini 
oshirish uslublari va shakllariga katta qiziqishini belgilovchi funksional 
imkoniyatlari darajasiga mos bo‗ladi. Jismoniy tarbiyaning boshqa shakllaridan 
farqli o‗laroq, sport trenirovkasida atletning funksional rivojlanishi samarasiga 
faqatgina yuklamani asta-sekin oshirish hisobiga emas, balki maksimal oshirish 
hisobiga erishadi. 
Ilmiy tadqiqotlar va sport amaliyotidagi ko‗pgina misollar sport 
trenirovkasida amalga oshirilgan yuklama prinsipi progressiv harakterdagi 
chuqur moslashish (adaptatsiya) qayta qurilishiga olib kelishni tasdiqlaydi 


194 
(A.N.Krestovnikov). Maksimum yuklama sportchi organizmining funksional 
imkoniyatlariga muvofiq belgilanadi.
YUklamani oshirish quyidagicha amalga oshirilish mumkin: to‗g‗ri, zina 
shakli yoki to‗lqinsimon. Kichik – mikrotsikl, o‗rta – mezotsikl va katta – 
makrotsikl ―to‗lqin‖ kabi ustma-ust bo‗lib yuklamalarni o‗sib boruvchi
to‗lqinsimon shakli ancha mashhur. To‗lqinsimon shaklni o‗zgarib turishi 
yuklama miqdori dinamikasi singari jadallik dinamikasi ham o‗ziga xosdir. 
To‗lqinsimon yuklamaning maqsadga muvofiqligi,shu bilan birga ish va dam 
olishni navbatlantirish sistematik trenirovka mashg‗uloti natijasida charchash va 
qayta tiklanish jarayonining o‗zaro bog‗langanligini izohlaydi (G.I.Kukushin). 
YUklmamani taklif qilinmagan sharoitda o‗zgartirish sistematik, 
(trenirovka yuklamasining uzluksizligi ostida) individuallashtirish va engillik 
prinsipiga qat‘iy rioya qilish hisoblanadi. 
5.Trenirovka jarayonining sikliligi. 
Siklilik deganda, trenirovka jarayonini keyinchalik rivojlanishi asosini 
saqlashda siklar, mashg‗ulotlar, ayrim mashqlarni aylanib kelib takrorlanish 
qonuniyatini tushunish kerak. 
Vaqt parametrlari bo‗yicha aylanib kelish tizimida bir qancha 
tugallangan trenirovka mikrotsiklar (ko‗pincha xaftalik), mezotsiklar (masalan, 
oylik) va makrotsiklarga (yarim yillik, yillik) jalb qilinadi. 
Makrotsikl uchta davrlarga bo‗linadi: tayyorgarlik, musobaqa va o‗tish 
davrlari.
Mashqlarlarni o‗rganish mashqlarni bir butun va ajratma- konstruktiv 
uslublari yordamida amalga oshiriladi. Bu erda tanlash o‗rganilayotgan birinchi 
galda, mashq tuzilishining quvvatiga, ya‘ni uni konstruktiv komponentlarga 
bo‗lish imkoniyatiga va maqsadga muvofiqligi (masalan, katta aylanish bilan) 
bog‗liq. 
Harakat 
malakalarini 
takomillashtirish 
maqsadida 
standart 
va 
o‗zgaruvchan mashqlar uslubi qo‗llaniladi. Birinchi holatda faoliyat tuzilishini 
o‗zgarmasdan ko‗p marotaba ishlab chiqishga talab qo‗yiladi. Ikkinchidan, ta‘sir 


195 
etuvchi omillarning o‗zgarishga ahamiyat beriladi (tezlikni, zo‗r berishni, 
yo‗nalishni o‗zgartirish). 
Jismoniy sifatlarni takomillashtirish uchun (kuch, chidamlilik, tezkorlik) 
―aylanma trenirovka‖dan keng foydalaniladi. 
Trenirovka mashg‗uloti jarayonida tezkorlik, epchillik, sakrovchanlikni 
rivojlantirish, akrobatikaga qiziqishni uyg‗otish va saqlab qolish uchun o‗yin 
uslublaridan foydalaniladi. 
YAkkakurash tajribasini egallash vazifasini xal qilish musobaqa 
uslubidan foydalanish bilan amalga oshiriladi. Eng yuqori natijada turish, 
raqiblik, musobaqa vaqtida ziyraklanish shug‗ullanuvchi organizmining 
funksional imkoniyatlarini maksimal yuzaga kelishiga imkon beruvchi va mashq 
ta‘sirini faollashtiruvchi ayrim fiziologik va emiocional fonni yaratadi. Bu uslub 
musobaqa arafasida muhim o‗rinni egallaydi. 
Keltirilgan uslublarni og‗zaki uslub orqali amalga oshiriladi. Trenirovka 
jarayonida og‗zaki uslublarning (tushuntirish, faoliyatni baholash, tuzatishlar 
kiritish) ancha ixcham shakli amalga oshiriladi. 
Sensor uslublar harakatni boshqarishda ishtirok etadigan analizatorlarga 
ta‘sirini o‗tkazadi. Akrobatikada qo‗llaniladigan aniq usullarga qo‗shimcha 
ko‗rish va eshitish orientirlarini kiritish mumkin (ovozli harakat ko‗rinishini 
tasavvur qilish, ovozli urg‗ular, ovozli lider) kinesteteik tasavvurni 
takomillashtirish trenirovka jarayonida harakat davomida sportchi faoliyatiga 
tuzatish kiritishga imkon beradigan, turli trenajerlarni qo‗llash yordamida 
amalga 
oshiriladi. 
O‗quv-trenirovka jarayonida kibernetik g‗oyalarni 
keyinchalik qo‗llash akrobatning sport-texnik natijalarini so‗zsiz o‗sishiga 
imkon berishiga shubha tug‗dirmaydi.
Trenajyordan, tezkor va kundalik ma‘lumotlar vositalaridan foydalanish 
jismoniy mehnatning ob‘ektiv yo‗ldoshi bo‗lmish charchash muammosini echa 
olmaydi. Boshqa sport turlaridan farqli o‗laroq, akrobatikada charchash 
ko‗pincha trenirovkaning emocional omillaridan kelib chiqadi. Qo‗rquvni 
engish, omadsizlik keltiruvchi qoniqarsizlikni engish, koordinacion-murakkab 


196 
faoliyatni shu qadar muqarrar, diqqatni keskin to‗plash natijasida psixik 
zo‗riqishni oshishi doimiy stress-omillar hisoblanadi va markazif asab 
tizimining charchashiga olib keladi.
Reabilitatsiya omillari, ya‘ni vitaminga boyitish, maxsus ovqatlanish 
balneologik, fizioterapevtik, psixoterapevtik va boshqa tiklovchi jarayonlarni 
optimallashtiruvchi vositalari birinchi darajali ahamiyatga ega. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə