O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


Gimnastika mashqini bajarish texnikasi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

Gimnastika mashqini bajarish texnikasi
harakatlarni boshqarishning 
mashqni samarali bajarish yoki konkret qo‗yilgan harakatga oid vazifani 
echishni ta‘minlovchi maqsadga muvofiq usuli yoki usullari yig‗indisidir.
Mashqni bajarish texnikasining quyidagi turlari farqlanadi: 
a) namunaviy – sport kurashi sharoitida mashqlarni kamchiliksiz
texnikaga yaqin bajarishni ta‘minlaydi; 
b) oqilona yoki individual – gimnastning konstitutsional, harakatlanish, 
funksional, psixologik xususiyatlarini va uning tajribasini aks ettiradi (hisobga 
oladi). 
Gimnastikada mashqlarni bajarish unga xos bo‗lgan uslub talablariga 
javob berishi lozim. U ob‘ektiv va sub‘ektiv xususiyat kasb etadi. Mashqni 
bajarishning 
ob‟ektiv xususiyati
mashq texnikasi to‗zilishining modeli, 
namunasi, andozasiga, 
sub‟ektiv xususiyati
esa – mashqni bajarishning 
individual usuliga, gimnast mashq texnikasini qay darajada aniq bajarishi va 
harakatlarda o‗z mahoratini namoyish etishiga bog‗liq. Gimnastlarning texnik 
mahorati mashqni bajarish sifati va uning barqarorligi bilan tavsiflanadi.
Gimnastika mashqlari texnikasining zamirida mexanika qonunlari, 
gimnast shaxsining anatomo-fiziologik va psixologik xossalari yotadi. Mexanika 
qonunlari gimnast harakatlarida tana va uning ayrim bo‗g‗inlari tashqi va ichki 


206 
kuchlar ta‘sirida qay tarzda bir joydan boshqa joyga ko‗chishini tushuntiradi. 
Anatomo-fiziologik va psixologik xossalar mashq texnikasi gimnastning 
harakatlarida qay tarzda gavdalantirilishini tushuntiradi.
Mashqlarni bajarishda 
tashqi kuchlar
 
quyidagilardan iborat bo‗lishi 
mumkin: gimnast tanasi yoki uning ayrim bo‗g‗inlari og‗irligi; gimnast snaryad 
(tayanch) bilan o‗zaro ta‘sirga kirishganda vujudga keladigan ishqalanish kuchi; 
havo qarshiligi. Bu kuchlar mashqlarni bajarishni og‗irlashtirishi ham, 
engillashtirishi ham mumkin. Masalan, gimnast tanasi yoki uning ayrim 
bo‗g‗inlari tanyachga nisbatan balandroq holatdan pastroq holatga 
harakatlanganda erning tortish kuchi ta‘siri ko‗pgina mashqlarni bajarishni 
engillashtiradi, pastroq holatdan balandroq holatga harakatlanishni esa 
og‗irlashtiradi. Ishqalanish kuchi harakatni bajarishni og‗irlashtirishi mumkin, 
lekin shu bilan bir vaqtda u mashqni samarali bajarish uchun sharoit yaratadi.
Ichki kuchlar
 
gimnastning ishlovchi muskullar tortilishiga erishish, 
paylar, 
bo‗g‗imlar, 
qovurg‗alararo 
kemirchaklarning 
bukiluvchanlik 
xossalaridan foydalanish qobiliyati tufayli vujudga keladi. Bu kuchlardan 
oqilona foydalanish mashqlarni bajarishni engillashtiradi. Asosiy rolni 
mushaklar tortilishi o‗ynaydi.
Gimnastika mashqlari texnikasini o‗rganishda mexanika (dinamika)ning 
asosiy qonunlarini bilish ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi, shu sababli ularni 
eslatib o‗tish maqsadga muvofiq bo‗ladi deb o‗ylaymiz.

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə