O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


 GIMNASTIKADA SHUG„ULLANTIRISHNING UMUMIY



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

 
5.2. GIMNASTIKADA SHUG„ULLANTIRISHNING UMUMIY
ASOSLARI 
Sport gimnastikasi – eng mashxur sport turlaridan biridir. U o‗sib 
kelayotgan avlodni garmonik rivojlanishiga yordam beradi, misol uchun ko‗p 
mamlkatlarda jismoniy tarbiya milliy tizimining muxim tarkibiy qismi 
hisoblanadi. 
Sport gimnastikasi shug‗ullanuvchilarning jismoniy takomillashtirish 
vazifalarini hal qilib, murakkab koordinatsiyali harakat, katta jismoniy kuch, 
irodani safarbar qilish, bardoshlilik va jasorat talab qiluvchi gimnastika 
mashqlarini bajarishni mahorat bilan o‗zlashtirishni ko‗zda tutadi. 
YUqori malakali gimnastikachilarni tayyorlash jarayoni ularni yangi 
kelgan davrida xalqaro toifadagi sport ustasigacha bo‗lgan ko‗p yillik yo‗lni 
ko‗zda tutadi. Maxsus mashg‗ulotning boshlanishidan to sport ustaci darajasiga 
etguncha eng qulay vaqti ayollarda o‗rtacha 5–7, erkaklarda 7–9 yoshni talab 
etadi. 
Agar gimnastika bilan shug‗ullanishdan to faol trenirovkaning 
yakunigacha bo‗lgan vaqtni hisoblansa, gimnastika amaliyoti davri ancha 15 dan 
20 yoshgacha davom etishi mumkin. 
Jahonda kuchli gimnastikachilarining demonstraciya davrida ularning 
eng yuqori natijalari, bu yutuqlarga erishish yo‗lidagi dasturlarni o‗zlashtirish 
uchu zarur bo‗lgan vaqti gimnastikachilar tayyorgarligi muddatini aniqlash 
mezoni xisoblanadi. 


197 
Respublika gimnastika maktabida gimnastikachilar boshlang‗ichdan 
ustalikning yuqori darajasiga bosqichli o‗tish tizimi vujudga keldi. Har bir 
daraja dasuriy material va nazorat yuklamalariga mos keladi. Nazorat 
yuklamalarining asosiy shakli – klassifikatsion dastur va unga mos sport 
razryadi. Bosqichlilik prinsipi universaldir. U faqatgina bo‗lg‗usi chempionlar, 
balki har qanday malakada gimnastikachi tayyorgarligining asosiad yotadi.
SHunday qilib, yuqori malakali gimnastikachilarning ko‗p yillik 
tayyorgarligi konsepsiyasi yillar davomida trener tomonidan bosqichma-bosqich 
qo‗llaniluvchi o‗ziga xos vosita va uslublar tizimi to‗g‗risidagi tasavvurga 
tayanadi va mashg‗ulot o‗tkazishning tashkiliy shakllari hamda dasturiy 
yuklama talablarini ko‗zda tutadi. 
Gimnastikaning sport turi sifatida rivojlanishning yangi, ancha yuqori 
darajasi va shunga muvofiq (mos) bilimlar uni boshqarish tizimi qandayligini 
ko‗rib chiqish zaruratini aniqlaydi. 
Umumiy ko‗rinishida boshqarish, ob‘ektning holatini o‗zgartirish 
maqsadida yo‗naltirilgan maqsadni ko‗zda tutadi. 
Gimnastikada boshqarishni ob‘ektning masshtabiga qarab gimnastika 
turini rivojlanishga qaratilgan yoki faqat mamlakatning terma jamoasi 
darajasiga, va nihoyat trenernening gimnastikachilar guruhi bilan ishlash 
jarayoni deb qarash mumkin. 
Boshqarish – talab qilingan vaqtda kerakli natijaning isbotini ko‗zda 
tutish xisoblanadi. Xaqiqatda, agar sport turi rivojlanishning qonuniyatlari 
bilimiga tayanilsa, tayyorgarlikning tashkiliy shakllaridan progressiv vosita va 
uslublaridan foydalanish sportchini yuqori maxoratga intilishi yo‗lida 
xodisalarni bir tekis urishidan saqlanish mumkin. 
Ta‘kidlash joizki, boshqarishnig ―kichik‖ 3–5 kishilik gimnastikachilar 
guruhiga raxbarlik qiluvchi, ―oddiy‖ trener doirasida faoliya yurituvchi 
boshqarishning ―katta‖ mexanizmi mohiyatini ko‗zda tutishi kerak. SHundagina 
uning 
ishi 
istiqbolli 
va 
samarali 
bo‗ladi. SHu munosabat bilan 


198 
gimnastikachilarning ko‗p yillik tayyorgarligi to‗g‗risida tushunchani bayon 
etamiz.
Sport gimnastikasi bilan shug‗ullanishni organizmga ta‘siri. Sport 
gimnastikasi – insonning jismoniy garmonik rivojlanishida samarali vositadir. 
Sport gimnastikasi mashqlarini shug‗ullanuvchiga yaxshi ta‘sir etishini baholash 
murakkab. Ular qo‗l, gavda, elka kamarining muskul bo‗g‗im apparatini yaxshi 
rivojlanadi, yangi jismoniy mashqlarni o‗zlashtirish uchun sharoit yaratadi, 
ko‗pgina mashqlar bevosita amaliy ahamiyatga ega. masalan, asboblardagi ba‘zi 
ko‗tarilish va to‗ntarilishlar, ulardan sakrab tushishlar. 
Sport gimnastikasi jasorat, qat‘iyat, kutilmagan sharoitda mo‗ljalni ola 
bilishni tarbiyalaydi. U epchillik, kuch va chidamlilik kabi jismoniy sifatlarni 
takomillashtirishga yordam beradi. Gimnastikachi sportga rivojlanish jarayonida 
borgan sari murakkab mashqlarni o‗zlashtiradi. Sport gimnastikasi bilan 
shug‗ullanish faqatgina mushak – bo‗g‗im apparatiga, balki ichki orgonlariga 
ham yaxshi ta‘sir ko‗rsatadi. 
Ma‘lumki, trenirovka qilmagan odam tayanch sharoiti uning uchun 
odatdagiday bo‗lmaganda, gorizontga nisbatan g‗ayritabiiy holatlarga 
tushganda, uning ba‘zi ichki orgonlari yurak, o‗pka, oshqozoni siljiydi, natijada 
ish faoliyati yomonlashadi. 
Sport gimnastikasi g‗ayritabiiy sharoitlardaichki orgonlarning siljishi 
bilan kurashishda ajoyib vositadir.gimnastika mashqlarini ko‗p marotaba 
takrorlashlar odam organizmini borgan sari tanining g‗ayritabiiy holatini kam 
sezadigan bo‗ladi. 
Malakali gimnastikachilarning ichki orgonlari shug‗ullanmaydigan-larga 
nisbatan ancha kam siljiydi. 
Odamning boshi pastga qarab to‗ntarilganda diafragma pastga tushadi va 
unga qorin bo‗shlig‗i bosib qo‗yadi. Buning natijasida malakasiz gimnastikachi 
deyarli qorindan nafas ololmaydi, ko‗krakdan nafas olish esa qiyinlashadi. 
Boshni pastga qilgan holatdako‗krak qafasi sig‗imi kamayadi, buning natijasida 


199 
nafas olish qiyinlashadi va nafas chiqarish osonlashadi. Bunda o‗pkaning tiriklik 
sig‗imi deyarli 1 litrga kamayadi.
Trenirovka qilib yurgan gimnastikachining boshini pastga qilgan 
holatdagi nafas chuqurligi trenirovka qilmagan gimnastikachiga qaraganda 
ko‗proq. O‗pkaning tiriklik sig‗imi to‗g‗risida ham shuni aytish mumkin. 
ma‘lumotlarga ko‗ra, malakali gimnastikachi gimnastika mashqlarini 
bajarayotganda o‗pka ventilyaciyasi juda ijobiy amalga oshadi, bu vaqtda bu 
holatlarni yaxshi bajara olmaydigan gimnastikachida xaddan tashqari zo‗riqish, 
nafasning ushlanishi va o‗pka ventilyaciyasining etishmasligi kuzatiladi. 
SHunday ekan, sport gimnastikasi g‗ayritabiiy tayanch holatlarda nafas tizimi 
faoliyatini rivojlantirishda yaxshi vosita xisoblanadi. 
Ma‘lumki, asboblarda mashq bajarishda nafas olish va qon aylanishi 
o‗ziga xosdir. Agarda, ko‗pgina sport turlari bilan shug‗ullanganda shpka 
ventilyaciyasi va gaz almashish ish jarayonida ishning keyingiga qaraganda 
ko‗p bo‗lsa, ko‗pgina gimnastika mashqlarini bajarishda buning aksidir. 
Masalan, Lingandning ma‘lumotiga ko‗ra, turnikda qo‗llarni bukib osilish 
vaqtida yurak hajmi daqiqasiga 11.3 litr bo‗lsa, bevosita buni bajargandan so‗ng 
esa 12.3 litr. Xuddi shu muallifning ma‘lumotiga ko‗ra, gaz almashishi xuddi 
shu osilishni bajarilayotgan vaqtdagi bajarib bo‗lgandigisi ko‗proq (ish paytida 
kislorodni singdirish – 542 sm3, ishdan keyin esa – 707 sm 3). Lekin gimnastika 
mashqlarining hammasi to‗g‗risida buni aytib bo‗lmaydi. Qo‗llarda tik turishni 
yaxshi bajaruvchi gimnastikachida ishdan keyingi o‗pka ventilyaciyasi 
kislorodni singdirish va daqiqalik hajm uni bajarish paytidagiga qaraganda 
kamroq. 
Mashqlarni yaxshi o‗zlashtirigan gimnastikachi nafas fazasi bilan harakat 
fazasini moxirona moslashtira oladi. Natijada snaryadda nafasni ushlanishi kam 
bo‗ladi, shu bilan birga qisqa vaqt oralig‗ida. Nafas ritmi buzilmaydi, kislorod 
qarzi esa (qachoniki, u paydo bo‗lganda) tez tiklanadi. Sport gimnastikasi bilan 
shug‗ullanish turli atsiklik faoliyatlarda nafas fazasi bilan harakat fazasini 
moslashtira olish qobiliyatini tarbiyalashga ijobiy ta‘sir etadi. 


200 
Sport gimnastikasi mashqlari ta‘sirida yurak va qon tomirlar funksiyasi 
rivojlanadi. Snaryadda trenirovka qilish paytida qon bosim darajasi o‗zgaradi. 
Birgina, qo‗llarda tortilishda qon bosimi 160–170 rt.st gacha ko‗tarilishi 
mumkin. trenirovka qilmagan odam boshni pastga qilib aylanish bilan bog‗liq 
harakatlarni bajarganda boshning qon tomirlarida bosim ko‗tariladi, yuz birdan 
qizarishi kuzatiladi. Mashg‗ulotlar ta‘sirida bular xodisalar yo‗qoladi. 
Trenirovka qilib chiniqqan gimnastikachininig tana holati o‗zgarganda 
qon omirlar tonusi o‗zgaradi; boshni pastga qilib aylanishi paytida qon tomir 
diametri qisqaradi va shuning uchun yuz qizarmaydi. Gimnastika mashqlarini 
bajarish natijasida qon tomir qunkciyasi rivojlanadi va gimnastikachi tanasining 
har bir holatdagi o‗zgarishlarida qonni taqsimlashni ta‘minlovchi shartli 
reflekslari shakllanadi. Ba‘zi paytlarda oldinga yoki orqaga siltanib 
ko‗tarilishni bajarganda odamning markazdan qochuvchi kuchiga ta‘sir etish 
bilan bog‗liq bo‗lgan snaryaddagi bir qator harakatlarni va katta aylanishlarni
bajarishda ham qon aylanishi o‗zgarishini kuzatish mumkin. 
YUqoridagi 
ko‗rsatilgan harakatlarda, ayniqsa yuqori tezlikda 
bajariladigan harakatlarda markazdan qochuvchi kuch qon oyoqqa tomonga 
harakatlanadi. Va agar qon aylanish tartibi buzilsa bosh miyaning qon bilan 
ta‘minlanishi kamayadi. 
Trenirovka qilgan gimnastikachilar fazoda tananing tez o‗zgartirishini 
qon aylanishiga ta‘sir etuvchi turli tezlikdagi va boshqa omillarni engil bajara 
oladilar. 
SHuningdek, sport gimnastikasi mashqlarining shug‗ullanuvchilar 
vestibulyar apparatiga ijobiy ta‘sirini ta‘kidlab o‗tish joiz. Ular vestibulyar 
apparat uchun ham qo‗zg‗atuvchi, ham trenirovka qilidiruvchi omil hisoblanadi. 
Ularni bajarish natijasida gimnastikachilarda tana holatining o‗zgarishiga, 
tezkorlik harakatiga turg‗unligi rivojlanadi. Vestibulyar apparat paydo bo‗lgan 
qo‗zg‗atuvchi vegetativ va reflekslar sport bilan shug‗ullanmaganlarga va 
boshqa sport bilan shug‗ullanadiganlarga nisbatan gimnastikachilarda kamroq 
bo‗ladi. 


201 
Sport gimnastikasi bilan shug‗ullanuvchilarda boshqa sport turlarining 
turli harakatlari texnikasini shu bilan birga, ko‗pgina maishiy va mehnat harakat 
malakalari texnikasini ham tez o‗zlashtirish qobiliyati rivojlanadi, gimnast 
trenirovka jarayonida harkatlarning katta qismini o‗zlashtiradi, katta harakat 
tajribasini oshiradi va shuning uchun har bir harakat malakasini tez o‗zlashtiradi. 
Sport gimnastikasi shug‗ullanuvchilarda dadillik va qat‘iyatlilik kabi 
sifatlarni namoyon bo‗lishiga yordam beradi. Ma‘lumki gimnastikachilar 
ko‗pincha qo‗rquv, himoya refleksi ormozlanishi engishga majburlovchi xavfli 
elementlarni o‗zlashtirisha to‗g‗ri keladi. Ular yuqori balandlikdan sakrab 
tushishni, ancha yuqori qarshiliklarni turli usullar bilan engishni, yuqori tezlikda 
aylanayotib snaryadni qo‗yib yuborishi va yana uni ushlab olishni, qisqa 
tayanch maydonida muvozana saqlashni va boshqalarni bajarishlariga to‗g‗ri 
keladi. Bu harakat tajribasi gimnastikachiga ko‗pincha bebaho xizmat harakat 
vazifalarini teng sharoitda kimning tajribasi ko‗p bo‗lsa, o‗sha muvaffaqiyatli 
echa oladi. 
Sport gimnastikasi bilan shug‗ullanuvchilar qancha ko‗p trneriovka qilsa, 
shuncha katta muvoffaqiyatga erishadilar, salomatliklari qancha mustaxkam 
bo‗lsa, jismoniy rivojlanish ham shuncha yuqori bo‗ladi. 
Mubolag‗asiz aytishimiz mumkinki, yoshlarning sportdagi yutuqlari 
ularning salomatliklari va jismoniy rivojlanishi ko‗rsatgichi hisoblanadi. 
Gimnastikachi tayyorgarligining ko‗p yillik bosqichlari. Asosiy 
vazifalarni tobora murakkablashish belgisiga qarab tayyorgarlikning alohida 
bosqichlarini ajratish tashkiliy va pedagogik asoslangan. Kelitirlgan maxsus 
adabiyotlarda to‗rtta bosqich belgilangan: saralash va boshlang‗ich 
tayyorgarlik, maxsuslashtirilgan tayyorgarlik, yuqori muovfaqqiyatlar erishi va 
yakuniy. 
Asosiy vazifalarga qarab bosqichlar davrlarga bo‗linadi. Gimnastikachi 
muvoffaqiyatining darajasi o‗zlashtirilgan dasturning hajmi va murakkabligi 
bilan 
harakterlanadi. 
Dastur 
materiallarini 
o‗zlashtirish gimnastikachi 
yoshinihisobga olib rejalashtiriladi.


202 
Sport gimnastikasi rivojlanishining zamonaviy bosqichida ko‗p yillik 
trenirovka jarayoni yangi kelganlar bolalar xisoblangan tayyorgarlikning yagona 
tizimi deb qarash kerak. Mazkur sport turi uchun harakterli hisoblangan ilk 
ixtisoslik yosh gimnastikachilarning yoshini hisobga olgan holda muhim 
xususiyatlarni hisobga olishini mo‗ljallaydi. 
YOsh gimnastikachilar tayyorgarligi tizimi ilgari qandayligini ko‗rib 
chiqilganda gimnastikachilar tayyorgarligining umumiy tizimidan alohida 
bo‗lishi maqsadga muvofiq emasligi ma‘lum bo‗ldi. Har bir bosqichda 
echiladigan, asosiy yo‗nalish vazifalar bosqichining nomida aks etadi. 
Saralash va boshlang‗ich tayyorgarlik bosqichida gimnastika guruhiga 
bolalarni dastlabki saralab olish bilan amalga oshiriladi. Bolalar bilan ishlash 
jarayonida sport maktablarida keyinchalik mashg‗ulot olib boruvchi yangi 
qobiliyatli bolalar tanlab olinadi. Boshlang‗ich tayyorgarlik bosqichi 
shug‗ullanuvchilarni tayanch harakat apparatining garmonik rivojlantirish 
maqsadidadgi turli-tuman umumrivojlantiruvchi mashqlar qo‗llanilishi bilan 
harakterlanadi. 
Yugurish, sakrash, uloqtirish, tirmashib chiqish elementlari ishtirok etgan 
harakatli o‗yinlardan foydalaniladi. Asta sekin aniqlik va harakat koordinatsiyasi 
elementlari kiritiladi. Bolalar yutuqlari ishlab chiqilgan tenglamalar bilan 
baholanadi. Bolalarga ularga tanish bo‗lgan ―kim tezroq‖, ―kim yuqoriroq‖, 
―kim aniqroq‖va shunga o‗xshash kabi xaakatlar tavsiya etiladi. Bosqichning 
oxirida gimnastika ko‗pkurashi turlaridagi mashqlar qo‗llaniladigan maxsus 
mashg‗ulot boshlanadi. Texnik tayyorgarlik poydevori quriladi – yosh 
gimnastikachilar uchun klassifikacion dasturga kiruvchi, oddiy, tayanch va engil 
sharoitlarda bajariladigan tuzilishi bo‗yicha ancha murakkab elementlar 
o‗zlashtiriladi (masalan batutda salto, paralonli chuqurga sakrash bilan). 
Boshlang‗ich bosqichining eng muhim vazifasi shug‗ullanuvchida sadoqat va 
butun umrga sevimli bo‗lib qoladigan sport turi sifatida gimnastikaga mehr-
muxabbat xissini tarbiyalash hisoblanadi. Albatta, keyingi bosqichlarda bu 
xissiyotlar har taraflama yuqori darajada rivojlanishi kerak. 


203 
Maxsus tayyorgarlik bosqichi gimnastika maktabi o‗zlashtirilganiga 
qaraganda guruhlashtirilganligi bilan harakterlanadi. Maxsus tayyorgarlik 
birinchi o‗zlashtirilgan elementlarning ko‗pchiligiga bog‗liq. Tayanch 
elementlar tayanch kombinatsiyalarda shakllanadi. Bu kelajakdagi murakkab 
individual kompozitsiyaning asosidir. Asosiy harakat sifatlarini tarbiyalash 
maqsadida umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik vositalaridan foydalaniladi. 
Gimnastikachilar trenirovkasida, ayniqsa guruhlashtirilgan maxsus tayyorgarlik 
davrida mazkur bosqichni to‗g‗ri rejalashtirish va tashkil qilish ularning 
kelajakdagi sportda muvaffaqiyatlarga erishishlarida hal qiluvchi ahamiyatga 
ega.
Bosqich sport ustasi nomzodi va sport ustasi dasturi o‗zlashtirilganda 
yakunlanadi. Istiqbolli trenirovka nafaqat xalqaro gimnastika federaciyasi 
(XGF) tasdiqlagan majburiy dastur bo‗yicha, balki ihtiyoriy dastur bo‗yicha ham 
(mashq kompozitsiyasiga qo‗yilgan maxsus talablarni hisobga olib) 
o‗zlashtirishni talab qiladi. Mazkur bosqichda ayollar va erkaklarda ustalikning 
o‗sish tezligi orasidagi farq ancha sezilarlidir. Ayollar erkaklardan 3-4 yil oldin 
spot ustasi bo‗ladilar. Gimnastikachining individual imkoniyati va harakat 
qobiliyati, ularning istiqboli aniq namoyon bo‗ladi. 
Mashg‗ulotning keyingi yillarida, yuqori muvaffaqiyatlar bosqichida 
gimnastikachilar erkin mashqlarni eng yuqori darajaga etkazish halqaro 
toifadagi sport ustasi kabi faxriy unvonni qo‗lga kiritishga harakat qiladilar. 
Ko‗p yillik tayyorgarlikning keyingi darajasiga o‗tish yuqori natijalarning 
barqaror bo‗lishidir. 
Tajribali sportchi faxriylarda yuqori muvoffaqiyatga erishish ancha 
uzoqqa cho‗zilishi mumkin. O‗zbekistonning taniqli gimnastikachilari 
G.SHamray, S.Diomidov, E.Saadi, O.CHusovitinalarning olimpiadadagi bir 
necha marta qatnashganligi buning isbotidir. 
YUqori sport natijalari namoish qilish davridan keyin ko‗rsatgichlarning 
barqarorligi va asta sekin pasayishi gimnastikachining yakuniy bosqichiga 


204 
o‗tayotganini ko‗rsatadi. Bu bosqich musobaqalar tugagandan keyin shaxsiy 
trenirovkalarni davom ettirib uzoqroq cho‗zilishi mumkin. 
Gimnastika bilan ancha keyin shug‗ullanishni boshlaganda bosqichlilik 
prinsipi xodisalarni istisno qilmasligini xisobga olish zarur. 
Biroq gimnastikachi o‗zining tayyorgarligida ustalik darajasining barcha 
bosqichlaridan o‗tishi kerak. Albatta yoshi katta yangi kelganlarning 
boshlang‗ich tayyorgarlik bosqichida ancha miqdordagi kuch mashqlaridan 
foydalaniladi, yuqori muvoffaqiyatlar bosqichida esa ancha oddiy vazifalar – 
razryad yuklamalarini bajarish bilan bog‗liq bo‗lishi mumkin. shuni ta‘kidlash 
kerakki, har bir bosqich va davrda umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlariga 
katta o‗rin ajratiladi. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə