O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


SPORT TRENIROVKASINING VOSITALARI



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

SPORT TRENIROVKASINING VOSITALARI
VA USLUBLARI 
Sport trenirovkasi – sportchini yuqori muvaffaqiyatga erishtiruvchi 
tayyorgarlikning asosiy shaklidir. Sport trenirovkasi musobaqa tizimi bilan 
birgalikda tuziladi va uning samaradorligini optimallashtiruvchi omillar bilan 
to‗ldiriladi. Bunday omillar qatoriga sport faoliyati talablari asosida tashkil 
qilingan tarzi, maxsuslashtirilgan ovqatlanish, tiklanish va reabilitaciya, shu 
bilan birga o‗z-o‗zini tarbiyalash. 
Sport trenirovkasi pedagogik mohiyatga ko‗ra, tanlangan sport turida 
yuqori natidalarga erishishga qaratilgan va sport faoliyatidagi konkret 
vazifalarni hisoga olish asosida tuzilgan, sportchini tarbiyalashdagi amaliy-
maxsuslashtirilgan jarayondir. Sportchilarning trenirovkasi insonnni ko‗p 
tomonlama tematik tarbiyalash tizimiga kiradi. Trenirovkaga qaratilgan sport 
muvaffaqiyatlari, bunga erishishda shaxsning mavjud boyliklari: maqsadga 
intilish, jasorat, jasurlik va boshqalar orqali erishishda katta ahamiyatga ega. 
Sport trenirovkasini tashkil qilishda: g‗oyaviylik prinsipi, shaxsning har 
tomonlama rivojlanish prinsipi, faqat jismoniy tarbiya shakliga xos specifik 
qonuniyatlarni va sog‗loilashtirishga qaratilganligini hisobga olish prinsipi kabi 
zarurdir. O‗rgatish va tarbiyalashni umumiy va uslubiy aniqlash, trenirovka 
xususiyatlari munosabatlari bilan alohida holatlarini birinchi darajalilar sifatida 
ajratishga yo‗l beradi. 
1.YUqori muvaffaqiyatga erishishga yo„naltirish, chuqurlashtirilgan 
ixtisoslik va individualizatsiya. 
Maksimumga, sport muvaffaqiyatining yuqori cho‗qqisiga intilish 
sportning asl ma‘no, mohiyatidir. Bunday o‗rnashish sport faoliyatini tashkil 
qilish tizimi bilan kengaytiriladi va shakllanadi (mukofotlash, unvon berish, 


192 
matbuotda yoritish va boshqalar). Taraqqiyotlashtirish g‗oyasi ayniqsa, 
tanlangan sport turining chuqurlashtirilgan yillik va ko‗p yillik ixtisosligida 
sportchining funksional, psixofunksional va texnik imkoniyatlarini samarali 
rivojlanishini ta‘minlovchi harakat vositalari va uslublarini qo‗llash yordamida 
amalga oshiriladi. 
CHuqurlashtirilgan 
ixtisoslikni sport rivojlanishining zamonaviy 
bosqichida yuqori natijalarga erishishning o‗zgarmas sharoiti deb qaralishi 
kerak. Bu holat murakkab koordinatsiyali, vaqt dificiti, haqiqatda xatarlilik bilan 
bog‗liq asosiy mashq vositalari sifatida foydalaniladigan sport turlarida 
ahamiyatga ega. 
CHuqurlashtirilgan ixtisoslik nafaqat inkor qilmaydi, balki trenirovka 
jarayonida boshqa sport turi vositalaridan foydalanishni ham nazarda tutadi. Bu 
ko‗rinishni maqsadga muvofiqligi, sport ixtisosligini almashtirgan ayrim 
sportchilarni tez yuksalishining ko‗pgina misollarida isbotlangan. Xususan, 
akrobatika sport gimnastikasi (sakrash, juft guruhli mashqlar), qisqa masofaga 
yugurish va sakrashga (akrobatik sakrash) ixtisoslashtirilgan shaxslarda 
intilishlar sonini oshishi natijalari yagona xodisa emas. Empirik faktlar sport 
turlari sparringi (Lonskiy) g‗oyasi bilan mujassamlandi, va o‗zining 
taraqqiyotini isbot qilib, fuqarolik xuquqi egallandi. 
Sport akrobatikasida individuallashtirish prinsipi turi (sakrash, juft, 
guruhli mashqlar), o‗rni (yuqoridagi, o‗rtadagi, pastdagi) trenirovka vositalari va 
miqdorni tanlash kengaymoqda. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə