O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


Gimnast tanasining anatomik to„zilishi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

Gimnast tanasining anatomik to„zilishi
 
og‗ir mashqlarni samarali 
o‗zlashtirish va sport mahoratini oshirishga sezilarli darajada ta‘sir ko‗rsatadi. 
Baland bo‗yli, tana og‗irligi katta bo‗lgan shaxslarga bu holda bo‗yi va tana 
og‗irligi o‗rtacha ko‗rsatkichlar chegarasidan chetga chiqmaydigan shaxslarga 
qaraganda og‗irroq bo‗ladi.
Inson tanasining anatomik to‗zilishi shakli va og‗irlik darajasiga ko‗ra 
turlicha bo‗lgan mashqlarni bajarish imkoniyatini beradi. Bunga harakatlanish 
faoliyatini 400-600 muskullar ta‘minlashi imkoniyat yaratadi. Tananing 14 
bo‗g‗ini bo‗g‗imlar bilan birikib erkinlikning 105 darajasini tashkil etadi. 
Bunday imkoniyatlarga zamonaviy texnika qurilmalarining birortasi ham ega 
emas. Boz ustiga muskulning o‗zi ham juda murakkab harakat organi va shu 
bilan bir vaqtda sezgi organidir. U bir qancha rejimda, chunonchi: sust, ohista, 
tez, davomli ishlashga va harakatlar o‗z-o‗zini tartibga solishini amalga 
oshirishga qodir. Harakatlanish faoliyatini axborot va energiya bilan 
organizmning qolgan barcha organlari va tizimlari ta‘minlaydi. Bu murakkab 
dinamik tizimning eng oliy boshqaruvchisi yo‗z millardlab nerv hujayralari – 
neyronlardan iborat bo‗lgan inson miyasidir. 
Mashqlarni bajarishda harakatlarni boshqarish sifati boshning holatiga 
bog‗liq bo‗ladi. U gimnastning sensor tizimlar (ko‗rish, vestibulyar, taktil-
mushaklar, eshitish va boshqa tizimlar)dan keladigan axborotga qarab makonda 
mo‗ljal olish qobiliyatini belgilaydi. Unga ishlov berish va o‗rganilayotgan 
mashq obrazi bilan uni solishtirish natijasida tananing makondagi holatini sezish 


209 
va idrok etish amalga oshiriladi, mashq haqida yaxlit tasavvur asta-sekin 
shakllanadi. Uning aniqligi markaziy nerv sistemasi oluvchi axborot sifati va 
miqdoriga bog‗liq bo‗ladi. Tananing makondagi holati bosh tabiiy (bosh 
suyagining tepasi yuqoriga qaragan) holatda bo‗lganda ayniqsa to‗g‗ri 
aniqlanadi. Oyog‗i osmonda bo‗lib qolgan odam, agar u buning mashqini olgan 
bo‗lmasa, makonda mo‗ljalni yo‗qotishi va yanglish harakatlarga yo‗l qo‗yishi 
mumkin.
Gavdaga nisbatan bosh holatining o‗zgarishi muayyan mushaklar guruhi 
tonusi qayta taqsimlanishiga sabab bo‗ladi, analizatorlarning o‗zaro ta‘siri 
xususiyatini o‗zgartiradi. Masalan, boshni oldinga egish tananing old yuzasi 
mushaklari tonusini yaxshilaydi, oyoqlarning bukilishiga ko‗maklashadi, ya‘ni 
gavda va sonlar bukilish harakatlarining kuchi va quvvatini bosh orqa tomonga 
egilgan holat bilan taqqoslaganda oshirish imkonini beradi. SHu bilan bir vaqtda 
boshning bunday holati gavdani bukishni, oyoqlarni orqaga cho‗zishni, qo‗llar 
bilan orqaga harakat qilishni qiyinlashtiradi. Boshni orqa tomonga egish, 
aksincha, tananing orqa yuzasi mushaklari tonusini yaxshilaydi va oyoqlarning 
bukilishiga ko‗maklashadi, oldinga yo‗nalgan harakatlarda kuch imkoniyatlarini 
pasaytiradi. Ma‘lumki, old tomondan gorizontal osilganda bosh oldinga egiladi, 
orqa tomondan gorizontal osilganda esa – boshqa orqaga egiladi. 
Burilishlarda boshni oldinga egish tana old tomonga og‗ishiga, boshni 
orqaga egish esa – tana qarama-qarshi tomonga og‗ishiga sabab bo‗ladi. Bu 
tananing o‗ng va chap qismlari mushaklari tonusining tegishli o‗zgarishi 
ta‘sirida yo‗z beradi. Boshning holati insonning ruhiy holatiga ta‘sir ko‗rsatadi. 
Boshni ko‗ksingizga tushirganingiz zahoti kayfiyatingiz ham tusha boshlaydi, 
boshingizni viqor bilan baland ko‗tarsangiz, darhol vujudingizga tetiklik va kuch 
quyila boshlaganini his qilasiz, kayfiyatingiz yaxshilanadi, ruhingiz bardam 
tortadi.
Tez prujinasimon harakatlar zamirida mushaklarning oldindan tortilishi 
yotadi. Agar bunga antagonist mushaklarning tortilishi sabab bo‗lgan bo‗lsa, 
0,2–0,4 sekunddan so‗ng susaya boshlaydi. SHu sababli ishlaydigan 


210 
mushaklarning tortilishi ularning antagonistlari tortilishining susayishi fonida 
boshlanadi. Ularning qo‗shma faoliyatini muvofiqlashtirishda halaqitlar yo‗z 
berishi mumkin. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə