213
kuchlidir. Vaholanki, gavdaning asosiy alfozida
tana OUM oyoqlarni osmonga
qilib turilgan holatdagidan ancha yuqoridir.
90-rasm 91-rasm 92-rasm 93-rasm
Muvozanat holatining turg‗unligi tayanch yuzasining xususiyatlari bilan
belgilanadi. Tayanch yuzasi tor, harakatchan, baland bo‗lsa,
ayni hol
muvozanatni saqlashni qiyinlashtiradi. Mazkur faktlar ham mexanika
qonunlarinigina emas, balki anatomiya, fiziologiya, psixologiya qonunlarini ham
hisobga olish lozimligini tasdiqlaydi. Berilgan alfozda gimnastning turg‗unligi
uning chayqatuvchi kuchlarni faol muvozanatga solish, boshlangan og‗ishni o‗z
vaqtida to‗xtatish va holatni tiklash imkoniyatlari bilan belgilanadi.
CHeklangan turg„un (dinamik) muvozanat
holatida tana OUM tayanch
yuzasi doirasida tebranishi, uning chegarasida joylashishi mumkin.
U hatto
gimnast o‗z kuch-g‗ayrati, texnik usullar hisobiga tana OUM proektsiyasini
tayanch yuzasi chegarasiga qaytarishi uchun ozroq yoki qisqa vaqtga bu
chegaradan chetga chiqishi ham mumkin. Masalan, bruslarda selpinganda,
qo‗llarga
tiralib kuch bilan selpinganda, otda mashqlarni bajarganda
muvozanatni saqlash bruslardan yoki ot dastaklaridan mahkam ushlash hisobiga
ta‘minlanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: