O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


Uloqtirish va ilib olish mashqlari



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə287/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

Uloqtirish va ilib olish mashqlari 
Bu guruhdagi mashqlar chaqqonlikni, tezkorlikni, chamalashni 
rivojlantirishga yordam beradi, va oyoq gavda va ayniqsa qo‗l va elka kamari 
muskullarini rivojlantiradi. Bu mashqlarni bajaraganda harakat uyg‗unligi 
takomillashadi, chunki buyumlarning muayan masofaga va ma‘lum nishonga 
otish uchun muskullar yuqori darajada sezgir bo‗lishi zarur. Buyumlarni 
uloqtirish harakat uyg‗unligi bo‗yicha, ilib olishga nisbatan bir qancha oson 
bo‗ladi, chunki ilib olish harakatida bir qancha vazifalar bir vaqtda hal qilinishi 
kerak. Ilib olish vaqtida uchib kelayotgan buyumning yo‗nalishi, tezligi, hajmi 
aniqlab olinishi kerak, shunga ko‗ra ilib olish usuli belgilanadi, ilib olishda 
buyumning og‗irligi ham aniqlab olinishi zarur, chunki bu bilan qanchalik zo‗r 
berish lozimligi belgilanadi. 
Pol yoki devordan qaytib sakraydigan tennis yoki futbol to‗plarini ilib 
olishda shug‗ullanuvchilar yana uning tarangligini ham aniqlab olishi kerak
chunki uning uchish balandligi shunga bog‗liq bo‗ladi. 


480 
Bu guruhdagi mashqlar maktabdagi jismoniy tarbiya darslarida keng 
qo‗llaniladi. Uloqtirish va ilib olish uchun buyum sifatida katta va kichik to‗plar, 
to‗ldirma to‗plar, tayoqcha va boshqalardan foydalaniladi. 
Uloqtirish va ilib olishning asosiy mashqlari: uzoqlikka uloqtirish
nishonga uloqtirish yuqoriga otish va ilib olish, oshirib uloqtirish. 
Uzoqqa 
uloqtirish. 
Bu 
guruhdagi 
mashqlar 
engil 
atlektika 
mashg‗ulotlarida qo‗llaniladi. Gimnastika darslarida bu mashqlar maxsus 
o‗rganilmaydi va kam qo‗llaniladi. 
Nishonga uloqtirish. Zalda uloqtiriladigan buyumlar sifatida kichkina va 
katta to‗plar hamda nishon sifatida fanerdan yasalgan shitlar yoki devorga 
chizilgan doiralar, gimnastika halqalari va boshqalar qo‗llaniladi. Ochiq joylarda 
yoki maydonchada nishonga otishga «gorodki» degan rus xalq o‗yini yaqqol 
misol bo‗la oladi. Ochiq maydonchada kichkina toshlar uloqtirilgan, qor bo‗ron 
o‗ynaladi va hokazo. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə