483
d.
Ko‗taruvchilar bir-biriga qarama-qarshi turadi va har-biri o‗ng qo‗li
bilan chap qo‗lining
bilagidan ushlaydi, bo‗sh qo‗li bilan esa, shergining
bilagidan ushlaydi. Ko‗tariluvchi qo‗llarga o‗tiradi va ko‗taruvchilarning
elkalaridan ushlab oladi.
186-rasm 187-rasm 188-rasm
Oyoqlar osti va belidan ushlab ko‗tarib yurish. Bu usul bilan uch va to‗rt
kishi bo‗lib ham ko‗tarib yurish mumkin. So‗ng
mazkur beshinchi usulda
ko‗taruvchilar ikki kishidan bo‗lib, bir-biriga qarab turib,
yotgan kishini
ko‗taradilar va bir-birlarini qo‗llaridan ushlashib ko‗tarib yuradilar. Bir kishini
ikki kishi bo‗lib va ko‗pchilik bo‗lib buyumlar (tayoqchalar,
kichik narvon va
boshqalar) yordamida ko‗tarib o‗tish mumkin.
Bir kishini bir kishi kutarib yurishni;
a) Opichib ko‗tarib yurish.
b) Elkaga mindirib ko‗tarib yurish.
v) Ikki qo‗l bilan ushlab ko‗tarib yurish.
189-rasm 190-rasm 191-rasm
g) Bir qo‗l bilan ushlab ko‗tarib yurish.
d) elkaning bir tomonga yotkizib ko‗tarib yurish. Ko‗taruvchi chap qo‗l
bilan tik turgan sherigining o‗ng bilagidan ushlab olish, o‗ng qo‗li bilan uning
484
tizzalari ostidan quchoqlab ushlaydi. Oldinga engashtirib uni qorni bilan siltab
o‗zining o‗ng elkasiga yotkizadi, keyin rostlanib o‗ng qo‗li
bilagidan ushlab,
chap qo‗lni bo‗shatadi.
192-rasm 193-rasm 194-rasm
O„rgatish uslubiyati.
Buyumlarni ko‗tarish va ko‗tarib
yurish
mashqlarini o‗rgatishda yuklamani juda ehtiyotlik bilan me‘yorlab borish kerak,
(bunda yo ko‗tarib yuriladigan buyumlarning og‗riligini
oshirish yoki
kamaytirish, yo joydan-joyga kuchishni sur‘atini yoki masofani qo‗llash
mumkin).
Turli buyumlarni ko‗tarish malakasi ortib borishga qarab yuklamani
asta-sekin oshirib borish mumkin. Buning uchun buyumlarni ko‗tarib yurish
masofani, tezligini va og‗irligini o‗zgartirish, turli estafetalar o‗tkazish va
maxsus topshiriqlar berish zarur.
YOrdamchi yoki tayyorlovchi mashqlar sifatida to‗ldirma to‗plar bilan
bajariladigan mashqlarni tavsiya etish mumkin. Kichik sinflarda to‗ldirma
to‗plar ko‗tarish va ko‗tarib yurish, doirada, yonma-yon
va ketma-ket qatorda
turli dastlabki holatlardan bir-birlariga uzatish uchun foydalanish lozim.
Ko‗tariladigan buyumlarni goh o‗ng, goh chap qo‗ltig‗ida (elkada) navbatma-
navbat ko‗tarish, orqada ko‗tarishni esa o‗z oldida ko‗tarish bilan navbatlantirib
bajarish kerak.
Buyumlarni bosh ustida ko‗tarib yurish qomatini
shakllantirish uchun
qimmatli vosita hisoblanadi. Buyumlarni yonboshda, elkada ko‗tarib qomatidagi
nuqsonlarni tuzatishning asosiy vositasi bo‗lib, buni bolalik yoshida amalga
oshirish juda muhim.
Dostları ilə paylaş: