O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


SHerikni ko„tarish va ko„tarib yurish



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə290/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

SHerikni ko„tarish va ko„tarib yurish
.
Bir kishining ikki kishi bo‗lib 
ko‗tarib yurish. 
a.
Qo‗llarga o‗tkazib qo‗yib ko‗tarib yurish. 
b.
Qo‗llarga o‗tkazib qo‗yib, belidan ushlagan holda ko‗tarib yurish (201-
rasm). 
c.
Qo‗l va tizza ostidan qo‗llarga o‗tkazib qo‗yib ko‗tarib yurish.


483 
d.
Ko‗taruvchilar bir-biriga qarama-qarshi turadi va har-biri o‗ng qo‗li 
bilan chap qo‗lining bilagidan ushlaydi, bo‗sh qo‗li bilan esa, shergining 
bilagidan ushlaydi. Ko‗tariluvchi qo‗llarga o‗tiradi va ko‗taruvchilarning 
elkalaridan ushlab oladi. 
186-rasm 187-rasm 188-rasm
Oyoqlar osti va belidan ushlab ko‗tarib yurish. Bu usul bilan uch va to‗rt 
kishi bo‗lib ham ko‗tarib yurish mumkin. So‗ng mazkur beshinchi usulda 
ko‗taruvchilar ikki kishidan bo‗lib, bir-biriga qarab turib, yotgan kishini 
ko‗taradilar va bir-birlarini qo‗llaridan ushlashib ko‗tarib yuradilar. Bir kishini 
ikki kishi bo‗lib va ko‗pchilik bo‗lib buyumlar (tayoqchalar, kichik narvon va 
boshqalar) yordamida ko‗tarib o‗tish mumkin. 
Bir kishini bir kishi kutarib yurishni; 
a) Opichib ko‗tarib yurish. 
b) Elkaga mindirib ko‗tarib yurish. 
v) Ikki qo‗l bilan ushlab ko‗tarib yurish. 
189-rasm 190-rasm 191-rasm 
g) Bir qo‗l bilan ushlab ko‗tarib yurish. 
d) elkaning bir tomonga yotkizib ko‗tarib yurish. Ko‗taruvchi chap qo‗l 
bilan tik turgan sherigining o‗ng bilagidan ushlab olish, o‗ng qo‗li bilan uning 


484 
tizzalari ostidan quchoqlab ushlaydi. Oldinga engashtirib uni qorni bilan siltab 
o‗zining o‗ng elkasiga yotkizadi, keyin rostlanib o‗ng qo‗li bilagidan ushlab
chap qo‗lni bo‗shatadi. 
192-rasm 193-rasm 194-rasm 
O„rgatish uslubiyati.
 
Buyumlarni ko‗tarish va ko‗tarib yurish 
mashqlarini o‗rgatishda yuklamani juda ehtiyotlik bilan me‘yorlab borish kerak, 
(bunda yo ko‗tarib yuriladigan buyumlarning og‗riligini oshirish yoki 
kamaytirish, yo joydan-joyga kuchishni sur‘atini yoki masofani qo‗llash 
mumkin). 
 
Turli buyumlarni ko‗tarish malakasi ortib borishga qarab yuklamani 
asta-sekin oshirib borish mumkin. Buning uchun buyumlarni ko‗tarib yurish 
masofani, tezligini va og‗irligini o‗zgartirish, turli estafetalar o‗tkazish va 
maxsus topshiriqlar berish zarur. 
YOrdamchi yoki tayyorlovchi mashqlar sifatida to‗ldirma to‗plar bilan 
bajariladigan mashqlarni tavsiya etish mumkin. Kichik sinflarda to‗ldirma 
to‗plar ko‗tarish va ko‗tarib yurish, doirada, yonma-yon va ketma-ket qatorda 
turli dastlabki holatlardan bir-birlariga uzatish uchun foydalanish lozim. 
Ko‗tariladigan buyumlarni goh o‗ng, goh chap qo‗ltig‗ida (elkada) navbatma-
navbat ko‗tarish, orqada ko‗tarishni esa o‗z oldida ko‗tarish bilan navbatlantirib 
bajarish kerak.
Buyumlarni bosh ustida ko‗tarib yurish qomatini shakllantirish uchun 
qimmatli vosita hisoblanadi. Buyumlarni yonboshda, elkada ko‗tarib qomatidagi 
nuqsonlarni tuzatishning asosiy vositasi bo‗lib, buni bolalik yoshida amalga 
oshirish juda muhim.

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə