O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


Guruh bo„lib tirmashib chiqish



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə286/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

Guruh bo„lib tirmashib chiqish.
Guruh bo‗lib tirmashib chiqish – bu 
tirmashib chiqishning eng murakkab turi bo‗lib, yaxshi jismoniy tayyorgarlikni 
va ishonarli mustahkam jihozlarni talab qiladi. U vertikal va qiya gimnastika 
narvonda, arqonda va langar cho‗pda oshib o‗tishlar bilan qo‗shib bajariladi.
Narvonda va arqonda sherigini opichib yoki elkaga o‗tkazib tirmashib 
chiqishlarini o‗tkazish mumkin (196-rasm). 
Arqonga tirmashib chiqayotganda shergini elkasiga o‗tirib olib, oyoq 
uchlari bilan arqondan qisib ushlab olishni va sherigiga qo‗llari bilan tortilib 
yordam ko‗rsatish kerak. 
Oshib o„tish.
Oshib o‗tish osilgan holatda masalan, arqondan-arqonga, 
narvondan-narvonga, tayanish holatidan va osilgan holatdan tayangan holda va 


478 
teskari bajariladi. Masalan: qiya yoki gorizontal narvonda yuqorigi qismidan 
pastki qismiga va teskari; oyoqlar bilan oldinga, bosh bilan oldinga, to‗ntarilib 
tayanish holatiga, kuch bilan ko‗tarilib, tayanish holatidan oldinga tushib va 
boshqa oshib o‗tish. 
Mashqlarning shu guruhiga balandligi 1,5-3m. keladigan devorga 
tirmashib chiqish va uning ustidan oshib o‗tishlar ham kiradi. Bu mashqlar 
odatda, ochiq joyda o‗tkaziladi. 
Gimnastika zalida devordan oshib o‗tish uchun tayyorgarlik mashqi 
sifatida qo‗shpoyalar, xoda(yakkacho‗p) yoki baland qilib o‗rnatilgan sakrash 
snaryadlaridan foydalanish mumkin. 
O‗rgatish uslubiyati. Tirmashib chiqishga o‗rgatishda turli uslublar 
qo‗llaniladi; 
1.
YAxlit o‗rgatish metodi – oson mashqlarni o‗rgatishda (gimnastika 
o‗rindig‗i va devorida aralash tayanish va osilish holatida tirmashib chiqishlarni 
o‗rgatishda) qo‗llaniladi. 
2.
Qismlarga ajratib o‗rgatish uslubi – uch harakat usulida tirmashib 
chiqishning o‗rgatish qo‗llaniladi. Arqonda tirmashib chiqish usullarini 
o‗zlashtirish osonlashtirish uchun quyidagi mashqlarni tavsya qilish mumkin. 
3.
Arqonga to‗g‗ri qo‗llarda osilgan holatda chayqalish (oyoqlar bilan 
depsinib yoki yugurib kelib osilib bajariladi); 
4.
O‗rindiqda o‗tirib, oyoqlar bilan ushlashni o‗rganish; 
5.
To‗g‗ri qo‗llarda osilgan hollarda, arqonni oyoqlar bilan ushlab olish; 
6.
Oyoqlarni kerib o‗tirib, osilgan holatda tortilib va tovonlar bilan polga 
tayanib, qo‗llarni bukib yotib tayanishga o‗tish. SHu mashqlar 
o‗zlashtirilgandan keyingina uch harakat usulida tirmashib chiqish oson bo‗ladi. 
7.
YOrdamchi mashqlar uslubi – tirmashib chiqish usullarini avval 
osonroq sharoitda, keyin murakkabroq sharoitda o‗rganishdan iborat. Misol – 
oyoqlar bilan gimnastika devoriga tayanib arqonga tirmashib chiqish yoki 
oyoqlar bilan tayanish uchun tugunlari bor arqonga tirmashib chiqish keyin esa 
odatdagi sharoitda tirmashib chiqish. 


479 
8.
Algoritmik topshiriqlar berish. Oddiy osilishda tirmashib chiqishning 
nafas olish organlariga katta yuklama berishini hisobga olib, ayniqsa bolalar 
mashg‗ulotlarida, bu mashqlarga juda ehtiyotlik bilan o‗tish zarur; aralash 
osilish va tayanishlarda tirmashib chiqish usullaridan keng foydalanish kerak, 
chunki ularni o‗tganda fiziologik yuklamani boshqarish ancha oson bo‗ladi. 
Bu mashqlar juda qiziqarlidir. Ularni o‗yin va musobaqa shaklida o‗tish 
tavsiya etiladi, bu esa ularga bo‗lgan qiziqishni yanada orttiradi. 
Odatda tirmashib chiqish mashqlari gimnastika darsning asosiy qismida 
o‗tiladi. 
Bunda ayniqsa tirmashib chiqish mashqlarning juda ham balandlikda 
bajaradigan vaqtda ehtiyotlash va yordam qilish ayniqsa zarur. Barcha bevosita 
amaliy mashqlar kabi, tirmashib chiqish mashqlarini ham ko‗proq ochiq joylarda 
o‗tganligi ma‘lum. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə