O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə282/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

O„rgatish metodikasi
. YUrish va yugurishni o‗rgatishning asosiy uslubiy 
yaxlit o‗rgatishdir, ya‘ni mashqning qanday bajarilishini ko‗rsatish va 
tushuntirishdan keyin uni yaxlit bajarish taklif qilinadi. 
Ayrim hollarda, o‗quvchilar mashqni bajara olmaganlarida qismlarga 
ajratish metodini qo‗llash, ya‘ni mashqni qismlarga bo‗lib bajarish mumkin. 
Birinchi navbatda oyoq kaftlarining to‗g‗ri quyilishiga ahamiyat berish 
zarur. Oyoq kaftlari yurishda bir-oz tashqariga, yugurishda esa to‗g‗ri chiziq 
bo‗ylab bosiladi. Oyoqlarni erda «sudraladigan» qilib ortiqcha bo‗shashtirish va 
shuningdek ularni har doim ortiqcha zo‗riqtirish ham yaramaydi. 
Gavdaning (vertikal va yon tomonlarga) minimal chayqalishiga erishish 
zarur. 
YUrishda qo‗llar tirsak bo‗g‗inlaridan ham, elka bo‗g‗inlaridan ham 
erkin va keng harakatlanishi kerak. 


472 
SHug‗ullanuvchilarni turli uzunlikda qadamlab yurish va yugurishga 
o‗rgatish zarur. Buning uchun polda yoki maydonchada belgilar qo‗yishdan 
foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
YUrish yoki yuugurishning bir turidan ikkinchi turiga o‗tish, odatda, 
harakat chog‗ida amalga oshiriladi. 
Fiziologik yuklama yurish va yugurishning tezligini va ularning 
bajarilish davomiyligini o‗zgartirish orqali boshqariladi. 
YUrish mashqlarini o‗tganda, ayniqsa bolalar guruhlari bilan mashg‗ulot 
o‗tkazilayotganda asosiy diqqat qomatni to‗g‗ri tutishga qaratilishi zarur.
Muvozanat saqlash mashqlari 
Muvozanat saqlashning zarur sharti umumiy og‗irlik markazining 
tayanch maydoni ustida joylashishidir. 
Tayanch maydoni qanchalik katta bo‗lsa, muvozanat shunchalik turg‗un 
bo‗ladi. 
Muvozanat saqlash mashqlari qomatni shakllantirish uchun katta 
ahamiyatga ega, chunki ularni bajarayotganda bel hamda butun gavda 
muskullarining tonusi ancha ortadi. 
Muvozanat saqlash mashqlari polda yoki balandroq tayanch joyda 
(gimnastika o‗rindig‗ida, xodada), turgan joyda va harakatda bajariladi. 
Gimnastika mashg‗ulotlarida maxsus muvozanat saqlash mashqlari ko‗pincha 
balandroq tayanch joyda bajariladi. 
Turgan joyda bajariladigan mashqlarga; kichik tayanchda oyoq uchlarida, 
tovonlarda, bir oyoqda tik turishlar, qo‗l, oyoq, gavda harakatlari bilan 
bajariladigan mashqlar (masalan, bir oyoqda shuningdek ikki oyoqda burilishlar, 
sakrab burilishlar, (bir va ikki oyoqda o‗tirishlar) kiradi. 
Balandroq tayanch joyda bundan tashqari, pastroq holatdan balandroq 
holatdan pastroq holatga (shu jumladan yotish holatiga ham) o‗tish, o‗tirgan 
holatdan siltanib o‗tish mashqlari bajarilishi mumkin. 


473 
Harakatda bajariladigan mashqlarga quyidagilar: yurishning barcha 
turlari (oddiy qadam, juftlama qadam, almash qadam, elka qadam bilan oldinga 
yurish) yugurish va raqs qadamlari bilan harakat qilishlar kiradi. 
Mazkur mashqlar gruhining ko‗proq qismini qo‗l va gavdaning 
harakatlari, to‗xtashlar, engashishlar, burilishlar va hakozolar bilan yurishlar 
tashkil qiladi. 
Tusiqlarni oshib o‗tish, yuklarni bir joydan ikkinchi joyga ko‗tarib o‗tish 
va ikki kishi bo‗lib almashib o‗tish va aralash tayanishlarda harakat qilish katta 
ahmiyatga ega. Xodada (yakkacho‗pda) muvozanat saqlash mashqlarni 
bajarganda arg‗amchilar, tayoqchalar (sakrab o‗tish yoki ostidan o‗rmalab o‗tish 
uchun), to‗ldirma to‗plar (ular ustidan xatlab o‗tish uchun) va hokazolar to‗siq 
bo‗lib xizmat qilishi mumkin. 
Ko‗tarib o‗tish uchun yuk sifatida to‗ldirma to‗plardan foydalaniladi. 
YAxshi tayyorgarlikka ega bo‗lgan guruhlardan sherigini ko‗tarib o‗tish 
mumkin. 
Balandroq tayanch joyda ikki kishi bo‗lib almashib o‗tishning ikki
asosiy usuli bor: 
SHeriklardan biri xoda (yakkacho‗p)ga ko‗ndalang cho‗qqayib tayanadi 
yoki qoringa yotish holatini qabul qiladi, ikkinchisi esa, uning ustidan xatlab 
o‗tadi (191-rasm). 
SHeriklar uchrashganda bir-birining elkalaridan ushlashib, o‗ng oyoqlari 
kaftlarining ichki qirralari bir-biriga tekkunga qadar oldinga uzatadilar va bir-
birini ushlaguncha uzatilgan oyoqda chapga burilishadi. Bu usul murakkab 
bo‗lib, avval polda o‗rgatishni talab qiladi (192-rasm). 
Aralash tayanishlarda harakatlanish mashqlari tizzalarda tik turib 
tayanish, cho‗qqayib tayanish, qo‗llar bilan tayangancha oyoqlarni kerib o‗tirish 
holatlarida siljish, tayanish yon tomonga siljish kabilardan iborat bo‗lishi
mumkin. 


474 
175-rasm. 176-rasm. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə