O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə281/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

YUrish va yugurish 
YUrish faqat oyoq muskullarini ishga solmasdan u butun tana 
muskullariga ta‘sir ko‗rsatadi va yurak-qon tomir va nafas olish tizimlarining ish 
faoliyatini yaxshilaydi. 
Zo‗r berish bilan bo‗shashish navbatlanib turadigan muskullarning bir 
tekis ishi xotirjam yurganda organizmning osuda holatga o‗tishi uchun qulay 
sharoit yaratadi, shu bilan birga tez yurganda jismoniy yuklama sezilarli 
darajada oshadi. 
Har hil saflanishlarda yurish gigienik samarasidan tashqari jamoa bo‗lib 
harakatlanish malakalarini egallashga ham yordamlashadi. Gimnastika 
mashg‗ulotlarida yurishning quyidagi mashqlari qo‗llaniladi: sayr qadami yoki 
oddiy qadam, oyoqlar uchida, tovonlarda, oyoq kaftlarining ichki va tashqi 
qirrasida yurish, qo‗llar bilan tizzalarga tayanib yurish, kerishib yurish
«sezilarsiz» yurish, tizzalarni baland ko‗tarib (oyoqlarni oldinga bukib) yurish, 
yarim cho‗qqayib va cho‗qqayib yurish, bir oyoqni bukkancha keng qadamlab 


471 
yurish, qadamlarni juftlab va almashib yurish, oldinga va yon tomonga 
oyoqlarni chalishtirib yurish, yurishni sakrashlar bilan navbatlashtirib yurish. 
YUgurish yurishga nisbatan ancha dinamik mashqdir, shu sababli u 
harakat apparatiga, yurak qon-tomiri va nafas olish tizimiga anchagina katta 
ta‘sir o‗tkazadi. YUgurish tezlik va chidamlilikni takomillashtirishning asosiy 
omillaridan biri xisoblanadi. 
YUgurishning harakter va jadalligi turlicha bo‗lishi mumkin, shuning 
uchun u gimnastika darsining barcha qismlarida qo‗llaniladi. Gimnastika 
mashg‗ulotlarida qo‗llaniladigan yugurish mashqlari: (oddiy yugurish, tizzalarni 
baland ko‗tarib yugurish, oyoqlarni oldinga, orqaga bukib, oldinga, orqaga va 
yon tomonlarga siltab yugurish, chalkash qadamlar bilan oldinga, yon tomonga 
yugurish, qo‗shimcha harakatlar bajarib, burilishlar, to‗xtashlar bilan, 
buyumlarni uloqtirish va uni ilib olish bilan yugurishlar, qayta saflanib, turli 
to‗siqlarni oshib o‗tib, to‗siqlar ustida yugurish, yugurish va yurishni) 
navbatlashtirish va hokazo. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə