O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə279/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

Sport amaliy gimnastika 
Organizimning funksional imkoniyatini oshirish va harakat sifatlarini 
takomillashtirish uchun qo‗llaniladigan jismoniy tayyorgarlikning turli vosita 
hamda uslublari orasida gimnastika muhim rol o‗ynaydi. 
Sport amaliy gimnastikasida qo‗llanadigan mashqlar muskul 
zuriqishining tuzilishi va harakteri bo‗yicha u yoki bu sport turiga hos bo‗lgan 
mashqlarga o‗xshashdir. 
Gavdaning turli qismlari aylanma harakat qiladigan sport turlarida yuqori 
sport natijalariga erishish uchun /figurali uchish, kurash, futbol, suvga sakrash, 
xokkey, basketbol va boshqalar/ akrobatika mashqlari keng qo‗llaniladi, ular 


464 
yordamida tayanch harakatlantiruvchi apparat va vestibulyar analizatorning 
funktsiyasi takomillashadi. 
Sport amaliy gimnastika mashg‗ulotlari asosiy ko‗rinishlarga quydagilar 
kiradi 20-40 minut davomida bajariladigan kundalik ertalabki gimnastika. Unga 
ertalabki badan tarbiyadan ko‗ra ancha jadalroq bajariladigan chigil yozdi 
(razminka) mashqlari. Buning uchun tanlab olinadigan sport turining asosiy 
funksional va muskul faoliyatini harakteriga mos keladigan mashqlar tanlanadi. 
CHigil yozdi (razminka) mashqlari jarohatlarning oldini olishning ishonchli 
vositasidir. 
Jismoniy tayyorgarlik jarayonida shug‗ullanuvchilarning harakat sifatlari 
takomillashadi (treniroka paytida va maxsus mashg‗ulotlarda). 
Sport amaliy gimnastika uchun mashqlar tayyorlanganda ularning o‗z 
vazifasiga to‗g‗ri kelishi (ertalabki gimnastika, razminka, jismoniy 
tayyorgarlik), 
shuningdek 
shug‗ullanuvchilarning 
yoshiga, 
ularning 
tayyorgarligi va trenirovka davriga mos kelishini xisobga olish kerak. Majmuaga 
kiritilgan mashqlar sportchilarning organizimiga har tomonlama ta‘sir 
ko‗rsatishi kerak. Ularning navbatlashtirilganda muskul guruhlarini ishga ketma 
- ket kirita borish va asta sekin jadalikni oshira borish zarur. 
Mashg‗ulotlar kichik amplitudali (asta-sekin bajariladigan) oddiy 
mashqlardan boshlanadi. Asta-sekin ularning miqdori va bajarish me‘yori oshib 
boradi, alohida muskul guruhlarini ishiga e‘tibor ko‗paytiriladi. Jadalroq 
mashqlar majmuaning oxrida bajariladi. Vaqti-vaqti bilan 2-4 mashqlardan 
iborat seriyalar takrorlanadigan, maxsus mashqlar tavsiya qilinadi. 
Maxsus 
jismoniy 
tayyorgarlik 
mashg‗ulotlarida 
qo‗llanadigan 
mashqlarning salmog‗i sport turiga va muayyan harakat vazifalarining hal 
qilishga bog‗liqdir. 
Sport amaliy gimnasitika mashg‗ulotlarida quydagilar: buyumsiz va 
gimnastika tayog‗i bilan, gantellar, to‗ldirma to‗p, arg‗amchi, rezina amartizator 
bilan bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashqlar: gimnastika devorchasi, 
skameyka arqon havoda shuningdek, qo‗shpoyalarda, halqada, dastakli otda 


465 
bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashqlar: akrobatika mashqlari (shu 
jumladan, batutda, irg‗itma taxtada) qo‗llaniladi. 
Trenirovka paytida mashqlarning hajmi va navbatni trener belgilaydi. 
Umumiy jismoniy tayyorgarlikni yaxshilash va maxsus jismoniy sifatlarni 
takomillashtirish uchun quydagilar tavsiya qilinadi: 
- kuchni rivojlantirish uchun o‗ta og‗ir bo‗lmagan yuk bilan eng katta 
tezlikda mashq bajarish (tez-kuchli), og‗ir yuk bilan (maksimal kuch) o‗ta og‗ir 
yuk bilan charchaganga qadar bajarish (kuch chidamligi) umumiy ta‘sir qiluvchi 
mashqlarni bajarish zarur. Masalan: arqonga tirmashib chiqish, rezina 
amartizatorlar, arg‗amchi, gantellar bilan qo‗lni to‗g‗ri bukkan holda oyoq va 
gavda harakatlari bilan birga turli yo‗nalishda bajariladigan mashqlar: tezlikda 
zo‗r berib va izometrik rejimda bajariladigan mashqlar juda foydalidir (4-6 
soniya pauza bilan). Kurashchi, shtangachi, eshkakchilar uchun ayrim 
asboblarda, shuningdek amartizatorli qurilmalardan foydalanib mashqlar 
bajarish: futbolchi, qo‗l to‗pi, basketbolchi va voleybolchi singari o‗yinchilarga 
buyum bilan bajariladigan mashqlar, gimnastika devorchasida, o‗rindiqda 
(skameykada), arqonda dinamik harakterdagi oddiy mashqlar, turli sakrash 
mashqlari tavsiya qilinadi. Mashg‗ulotda kuch ishlatish mashqlarining salmog‗i 
va harakterini murabbiy belgilaydi.
Qayishqoqlikni rivojlantirish uchun mashqlar bajarilar ekan, bunda 
harakatlarning amplitudasini asta-sekin oshirib bajarish kerak (oyoqlardan 
ushlab, siltinib, prujiasimon va keskin harakatlar bilan engashish) qo‗shimcha, 
tanyanchdan, sherikning yordamidan foydalanish (juft mashqlar): ommaviy 
shakldagi asboblarda mashqlar va hokazolarni bajarish zarur. Mashqlarni 
tanlaganda texnik tayyorgarlik vazifalarini hal qilish uchun tayanch harakat 
apparatini tayyorlashda yordam beradigan mashqlarga ko‗proq e‘tibor bermoq 
lozim. Masalan, suzuvchilar uchun elka bo‗g‗ining yaxshi harakatchanligi 
zarurdir, o‗yinchilarga esa (futbol, basketbol) tos-son va boldir-tavon 
bo‗g‗inlarinnig harakatchanligi lozim:


466 
-chaqqonlikni rivojlantirish uchun – koordinatsiya mashqlarini, har hil 
usul va turli yo‗nalishda gavda aylanishini talab qiladigan oddiy akrobatika 
mashqlar yig‗indisini bajarish turli hil sakrashlarni qo‗llash (tayanchsiz, tayanib 
turib paslikka, tramplindan aylanib bajariladigan sakrashlar) ma‘qul.
Turli sport vakillarining mashq bajarishlarida o‗ziga xos xusuisiyatlari 
bo‗ladi. Sportchilarning mashg‗ulotlardan harakat faoltiyatining shakli va uslubi 
zaruriy shart bo‗lgan sport turlaridagina (figurali uchish, suvga sakrash) ularning 
har birining xususiyatlariga qarab gimnastikaga xos uslubga erishish zarur.
Sportchilarning jismoniy tayyorgarligi uchun tavsiya qilingan gimnastika 
mashqlari ko‗proq erkin harakatli keng ampiltuda bilan bajarish kerak. YAxshisi 
ularni muayyan topshiriqlar shaklida taklif qilish ma‘qul. Masalan: oyoqni 
oldinga boshdan baland ko‗tarib siltash; qo‗llarni siltab ularni yuqorida 
belgilangan narsaga tekkizib sakrash (ilib qo‗yilgan to‗p va hokazo).
Gimnastika snaryadlarida mashq bajarilar ekan gimnastika devorchasi 
skameyka, qo‗shpoyalarda, halqada, turnik va hokazolarda tezlik faoliyati 
shiddatli harakat harakteriga ega bo‗lgan sportchilarnnig mashg‗ulotlarida uzoq 
davom etgan statik zo‗riqishga yo‗l qo‗ymaslikka harakat qilish zarur.
Ko‗rsatilgan (statik) holatni ushlab turish mashqlari shtangachilar, 
kurashchilar, chang‗ichilar, eshkakchilar va boshqalarning mashg‗ulotiga 
qo‗llanishi mumkin.
Futbolchilar, basketbolchilar, voleybolchilar, tennischilarga turli sakrash 
mashqlarini gimnastika ko‗prikchasisiz (mostik) bajarish, snaryad ustiga sakrab 
chiqish mashqlarni esa qo‗lni tekkizmasdan bajarish tavsiya qilinadi.

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə