O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə280/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

Harbiy amaliy gimnastika 
Harbiy amaliy gimnastika qurolli kuchlarida jismoniy tayyorgarlik 
ko‗rishning tarkibiy qismi bo‗lib, gimnastika turlaridan biridir.
Umumjismoniy tayyorgarlik singari amaliy gimnastikaning ham Vatan 
himoyasiga harbiy qurolli kuchlar safiga va safarbarlik chaqiruv rezervlari 
uchun umumiy vazifalari bor. SHuningdek, har bir qo‗shin turi uchun maxsus 


467 
vazifalari bor. Bu vazifalar qurolli kuchlar yoki qo‗shinning u yoki bu turi 
harbiy tayyorgarligining talablarini xisobga olgan holda bajariladi.
Jismoniy tayyorgarlikning tarkibiy qism sifatida harbiy-amaliy 
gimnastikaning vazifasi mahorati bilan jadal harakat qila oladigan jismoniy 
qobiliyatlarini oshirish va har tomonlama rivojlantirishdan iboratdir. Uning 
amaliy harakteri ham shundan iboratdir. SHu bilan birga harbiy amaliy 
gimnastika har tomonlama jismoniy rivojlangan chiniqqan va sog‗lom 
O‗zbekiston yoshlarini tarbiyasiga yordam beradi.
Harbiy amaliy gimnastika chidamlik, kuchli bo‗lish, chaqqonlik va 
harkat tezligining rivojlanishiga, to‗siqlardan oshib o‗tish malakalarini 
egallashga xujum qilish, o‗zini ximoya qilish usullarini bajara olishga, 
shuningdek mardlik irodalik, tashabbuskorlik va topqirlik o‗z kuchiga 
ishonadigan, matonatli bo‗lish jamoaviy va o‗rtoqlarga o‗zaro yordam hislarini 
tarbiyalashga ko‗maklashadi.
Uni Rossiyada birinchi bo‗lib A.B.Suvorov soldat va ofitserlarni 
jismoniy va harbiy tayyorgarligi uchun harbiy dala gimnastikasini maxsus 
tanlagan. Majmua mashqlardan iborat bo‗lgan, tabiiy sharoitda bajariladigan 
mashqlar (maydonda, o‗rmonda, tozalangan maydonchada va boshqalar)ni joriy 
qildi. Hozirgi vaqtda u ancha takomillashtirilgan.
Harbiy-amaliy gimnastika vositalariga
saf mashqlari, yurish va 
yugurish, umumrivojlantiruvchi mashqlar, o‗rmalab o‗tish, o‗rtoqni ko‗tarib 
o‗tish, tirmashib chiqish va tirmashib oshib o‗tish, muvozanat saqlash mashqlari, 
sakrashlar, qo‗shin turlari uchun maxsus tanlangan to‗siqlarni zabt etish 
mashqlari, ayrim o‗yinlar va estafetalar gimnastika snaryadlaridagi mashqlar va 
boshqalar kiradi (187, 188, 189, 190-rasm).
Mashg‗ulotlar turli qurolli kuchlar va qo‗shin turlari shaxsiy tarkibning 
jangovor faoliyatini xisobga olgan holda tashkil qilinadi va maxsus yo‗nalishda 
o‗tkaziladi. Bu har tomonlama jismoniy tayyorgalik asosida eng zarur jismoniy, 
maxsus iroda sifatlar va hayotiy zarur bo‗lgan ko‗nikamalrni rivojlantirishni o‗z 
ichiga oladi. 


468 
To‗g‗ri tashkil qilingan mashg‗ulotlar jihozlangan gimnasitika 
shaharchasi va ixtisoslashgan to‗siqlar mavjud bo‗lsa amaliy gimnasitikaning 
vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilishga ko‗maklashadi. Mashg‗ulotlarning 
maxsus yo‗naltirilganligi mashg‗ulotlar dasturiga u yoki bu jismoniy mashqlar 
kiritilganda vujudga keladi. 
171-rasm. Tirmashib chiqish 
172-rasm. YOrdam 
bilan tirmashib 
ko‘tarilish 
173-rasm. Muvozanat uchun mashqlar 
174-rasm. Sakrashdagi mashqlar 
Harbiy amaliy gimnasitikada ham gimnasitikada qabul qilingan 
mashg‗ulotlarni o‗tish metodikasi qo‗llaniladi. Biroq mashg‗ulotlarni o‗tish 


469 
sharoiti (maydon, o‗rmon, maxsus jihozlangan shaharcha,to‗siqlar) shuningdek, 
qo‗shimchi vositalardan foydalanish (devor, ariqlar, jarlik, daraxtlar va 
hokazolar) mashg‗ulotlarni tashkil qilishga, ularning mazmuni va o‗tish 
metodikasiga ta‘sir ko‗rsatadi. Bunday mashg‗ulotlar jarayonida kam kuch 
sarflanadiga va ratsional harakat usullariga o‗rgatish ba‘zi bir mashqlarni 
murakkablashtirish, maxsus topshiriqlar berish kerak bo‗ladi. Qo‗llaniladigan 
mashqlar shug‗ullanuvchilarning mehnat va harbiy faoliyatida zarur bo‗ladigan 
amaliy ko‗nikmalarni turli sharoitda takomillashtirishga ko‗maklashishi zarur. 
Harbiy amaliy gimnasitika mashg‗ulotlari to‗siqlarni oshib o‗tgan holda 
3 kilometrgacha suniy va tabiiy sharoitda yugurishlani o‗z ichiga olgan o‗quv 
darslari ertalabki jismoniy badan tarbiya ko‗rinishida o‗tkaziladi. Bundan 
tashqari shaxsiy tarkibning yuqori ish qobilyatini va jangovor qobilyatini 
saqlash uchun maxsus majmualar bajariladi.
Jismoniy tayyorgarlik ham, shuningdek, gimnasitika vosita va metodlari 
ham, harbiy tayyorgarlikning vazifasi hamda, talablariga yaqinlasha borgan sari 
muntazam takomillashib boradi. Ular yordamida askar va ofitserlar oliy 
burchlari-Vatanimizni qo‗riqlash va himoya qilish uchun xizmat qilishga 
muvaffaqiyatli tayyorlanadilar. 
Amaliy mashqlar gruhiga quyidagilar kiradi: yurish va yugurish; 
muvozanat saqlash; tirmashib chiqish va oshib o‗tish; buyumlarni uloqtirish va 
ilib olish; yuk ko‗tarish va tushirish; o‗rmalab o‗tish, har hil to‗siqlardan o‗tish. 
Sanab o‗tilgan mashqlar, insonni jismoniy faoliyatining turli sohalari uchun 
bevosita amaliy ahamityaga ega bo‗lishidan tashqari kuch, tezkorlik, 
chidamililik va chaqqonlikni takomillashtirish uchun ham katta ahamiyatga ega. 
Harakat tuzilishining oddiy bo‗lganligi sababli amaliy mashqlar 
shug‗ullanuvchilarning istalgan kontigenti uchun osondir. Bu mashqlarning 
ayrimlari bir qator jismoniy nuqsonlarni bartaraf etishda yaxshi vosita bo‗lib 
xizmat qiladi, shuning uchun ham maktab bolalari va o‗quvchi yoshlar jismoniy 
tarbiyasi dasturlarida amaliy mashqlar salmoqli o‗rin egallanganligi tasodifiy hol 
emas, albatta. 


470 
Amaliy mashqlar O‗zbekiston armiyasi xizmatchilarini jismoniy 
tayyorlashda eng muhim mashqlar xisoblanadi. Amaliy mashqlar kasbiy - 
amaliy tayyorgarlikning samarali vositasi sifatida qo‗llaniladi. 
Amaliy mashqlar tabiiy sharoitlardan foydalanib, ochiq joylarda 
bajarilishi mumkinligi bilan ham qimmatlidir: mashg‗ulot joylarini jihozlash 
ham oson, ham arzon. 
Aktiv dam olish vaqtida amaliy mashqlar boshqa vositalar bilan 
birgalikda eng yuqori malakali sportchilar tomonidan muvaffaqiyatli qo‗llanishi 
mumkin. 
Amaliy mashqlarga qo‗yilgan vazifalarga qarab mashg‗ulotning barcha 
qismlarida qo‗llanishi mumkin, asosiy mashqlarga o‗rgatish esa mashg‗ulotning 
asosiy qismida amalga oshiriladi. 
Har qanday mashg‗ulotning tiklanish jarayoni uchun sharoit yaratish 
vazifasi qo‗yilgan yakunlovchi qismini yurish mashqsiz tasavvur qilib 
bo‗lmaydi. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə