O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


  XII BOB. AMALIY GIMNASTIKANING METODIK XUSUSIYATLARI



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə277/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

 


460 
XII BOB. AMALIY GIMNASTIKANING METODIK XUSUSIYATLARI
 
Tayanch iboralar:
ixtisoslashgan amaliy gimnastika, sport amaliy 
gimnastika, harbiy amaliy gimnastika. 
 
Ixtisoslashgan amaliy gimnastika
– shug‗ullanuvchilarning umumiy 
jismoniy rivojlanishga va ularning o‗z ixtisoslariga xos mehnat harakatlarni 
tezroq o‗zlashtirishga mo‗ljallangan. Ixtisoslashgan amaliy jismoniy 
tayyorgarlikning tarkibiy qismi xisoblanadi. 
Ixtisoslashgan amaliy tayyorgarlik asosan turli kasbdagi ishchilarni 
tayyorlaydigan ixtisoslashgan texnika bilim yurtlarida, shuningdek oliy o‗quv 
yurtlari hamda texnikumlarda o‗tkaziladi. Bu tayyorgarlik uch qismdan iborat: 
umumiy, ixtisoslashgan amaliy va maxsus jismoniy tayyorgarlik. 
Umumiy jismoniy tayyorgarlik
 
shug‗ullanuvchilarni har tomonlama, 
garmonik rivojlantirish va sog‗lomlashtirishga qaratilgan. Bu tayyorgarlik turli 
sport turlari mashg‗ulotlarni: engil atletika, chang‗i, suzish sporti va hokazolarni 
o‗z ichiga oladi. Bu tayyorgarlikda ayniqsa quydagi gimnastika mashqlari katta 
o‗rin tutadi: 
-Buyumsiz va buyum bilan umumrivojlantiruvchi mashqlar. 
-Ommaviy tusdagi snaryadlar (gimnastika devori, o‗rindig‗i, arqon, xoda 
va boshqalar)dagi mashqlar. 
-Oddiy akrobatika mashqlari. 
-Oddiy va tayanib sakrashlar. 
Bo‗lajak kasbni tezroq egallab olishga mo‗ljallangan. Hamma uchun 
yagona bo‗lgan umumjismoniy tayyorgarlikdan farqli o‗laroq ixtisoslashgan 
amaliy tayyorgarlik bo‗lajak ishlab chiqarish faoliyatini hisobga olgan holda 
o‗tkaziladi. Uning dasturiga ixtisoslashgan amaliy gimnastika kiradi, uning 
hajmi va harakteri o‗quvchilarning ixtisosi va shug‗ullanuvchilar mehnatining 
sharoiti va xususiyatiga bog‗liqdir. 


461 
Ixtisoslashgan amaliy gimnastika shug‗ullanuvchilarning ishlab chiqarish 
faoliyatida asosiy ishni bajaradigan muskul guruhlarini rivojlantirishga, 
shuningdek bo‗lajak kasbga zarur bo‗lgan harakatlarni o‗stirishga mo‗jallangan. 
Bundan tashqari mehnat jarayoniga o‗xshash bo‗lgan mashqlar yordamida aniq 
kasb sohasida muvaffaqiyatliroq ishlash uchun zarur bo‗lgan jismoniy sifat va 
harakat malakalari rivojlanadi. 
Ixtisoslashgan amaliy gimnastikaga quyilgan vazifalarga muvofiq 
ravishda hamma mashqlar: umumrivojlantiruvchi va erkin, snaryadlardagi, saf 
va amaliy, akrobatika va badiiy gimnastika mashqlari, qo‗llanilishi mumkin. 
Keyingi vaqtlarda duradgor, buyoqchi va suvoqchilarning ixtisoslashgan 
amaliy jismoniy tayyorgarlik mashqlari ishlab chiqarilib sinovdan o‗tkazilgan 
edi. Ularning jismoniy tayyorgarlik dasturining ko‗p qismini ham amaliy 
gimnastika egallaydi. 
Montajchilar va GTSOLIFK gimnastika kafedrasi montajchi xavozada
ishlovchilar uchun ixtisoslashgan amaliy gimnastikaning ilmiy asoslangan 
dasturini ishlab chiqishni iltimos qilib murojaat qiladi. Mazkur dastur 
tuzilayotganda esa xavozada ishlovchi montajchilarning yuksakda tor 
maydonda, ko‗pincha og‗ir asboblarni ko‗tarib /payvand qilish apparatlari, katta 
gayka kalitlari va boshqalar bilan/ ishlashlari, ularning tor joylardan yurishlari, 
ish joyida tik temir narvondan chiqishlari va narvondan narvonga o‗tishlari 
shuningdek chiqqanda biron narsa yordamisiz faqat qo‗l bilan ushlab chiqishlari 
va hokazolar hisobga olingan. 
Tadqiqotlar tajribali xavozakorlarning jismoniy tayyorgarligi II sport 
raziryadiga ega bo‗lgan gimnastikachilarning jismoniy tayyorgarligiga teng 
kelishini ko‗rsatadi. Demak, ixtisoslashgan amaliy gimnastika dasturi shunday 
tuzilishi kerakki, mashg‗ulotlarning oxiriga kelib shug‗ullanuvchilarning 
jismoniy tayyorgarlik darajasi malakali ishchilarning jismoniy tayyorgarlik 
darajasiga yaqinlashsin. Bu masalani hal kilish uchun umumrivojlantiruvchi 
mashqlar, turnik va qo‗shpoyalarda bajariladigan mashqlar, narvon va 


462 
arqonlarga tirmashib chiqish mashqlari, tayanib sakrashlar maxsus tanlab 
olingan edi.

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə