O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


Jarohatlanish profilaktikasi, birinchi yordam ko„rsatish va tiklovsi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə273/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

Jarohatlanish profilaktikasi, birinchi yordam ko„rsatish va tiklovsi 
tadbirlar. 
Sport gimnastikasida jarohatlanish darajasi juda yuqori. Biroq, 
vrachlar, trenerlar bilan birgalikda jarohatni oldini olish to‗g‗risida ish olib 
borilsa, gimnastikachilarni jarohatlanishi ancha kam uchraydi. Aynan shuning 
uchun har bir o‗qituvchi va trener jarohat sabablarini yaxshi bilishi kerak. 
Ko‗pincha gimnastikachilarda ma‘lum bir vaqtga qisman yoki butunlay 
ish qobiliyatidan maxrum qiluvchi bo‗g‗imlar cho‗zilishi va lat yeyishi uchrab 


454 
turadi. Bunda barcha jarohatlarning 70% gimnastikachilar qo‗llarida yuz beradi. 
Jarohat olishning sabablari yoki shart-sharoitlari ko‗pincha mashg‗ulot o‗tish 
uslubiyatini vaqtida xato va kamchiliklar hisobiga yu beradi (barcha jarohatlarni 
60%). Bundan tashqari jarohat olishga zallarning moddiy–texnik tomondan 
to‗liq ta‘minlanmaganligi (paralonli chuqurliklarning yo‗qligi, lenta, yaroqsiz 
snaryadlar, yorug‗lik va matlarni yaxshi emasligi), shug‗ullanuvchilarni yaxshi 
tashkillashtirmaslik, trener va gimnastikachilarning vrach tavsiyalarini 
bajarmasligi va x.k.lar ham sabab bo‗ladi. 
Xatto qo‗l va oyoqlardan birotasini bir oz shikastlanishi ko‗pincha jiddiy 
jarohatga sabab bo‗lishi mumkin. Gimnast shikastlangan qo‗l yoki oyog‗ini 
avaylab, tanasining barcha og‗irligini sog‗lom qo‗l yoki oyog‗iga o‗tkazadi, 
natijada jiddiy jarohatga olib keladi. Bo‗g‗im va mushaklarning cho‗zilishi va 
uzilishi mushak apparatining funksional imkoniyatlarini ortishi yoki harakat 
amplitudasi ortib ketganda sodir bo‗ladi (tirsak yoki tizza bo‗g‗imlarini ortiqcha 
bukish, keskin, xaddan tashqari bukish va x.k.). 
Trenerlar va gimnastlar birinchi yordam qoidalari, reabilitaciya va 
tiklanish asoslari bilan yaxshi tanishib chiqqan bo‗lishi kerak.
Mushak va paylar uzilganda yoki zo‗riqqanda avvalo jarohatlangan joyni
xlor etil bilan artib, muzli xaltacha qo‗yiladi yoki sovuq suvni oqqizib qo‗yish 
kerak. Keyin qo‗l yoki oyoq chiqqanda uni gimnastikachi uchun qulay holat 
qimirlamasligini ta‘minlash kerak. 
Tibbiy xodim kelguncha chiqqan joyni umuman mumkin emas. 
YOpiq sinish bo‗lganda, singan qo‗l yoki oyoqni immobilizaciya 
o‗tkazish, ochiq sinishda – avvalo qon ketishini to‗xtashi va yumshoq sterilanga 
bog‗ich qo‗yish kerak. 
Menisk jarohati shubxasi tug‗ilganda oyoqni bukish (majburan) mumkin 
emas, muz va siqib turuvchi bog‗ich, immobilizaciya zarur.
Gimnastikachilar yiqilganda xatto qisqa vaqt ichida xushidan ketish, 
bosh suyagi va miya jarohati bo‗lishi mumkin (miya chayqalishi, bosmning 
oshishi yoki miyaning lat yeyishi). Jabrlanuvchi birinchi yordam berganda uning 


455 
boshiga (soyagina ko‗tarib) muz solingan grelka qo‗yish zarur, nashatir spirtini 
xidlatish, zarur bo‗lganda sun‘iy nafas berish kerak va tibbiy yoradmni chaqirish 
kerak. 
Gimnastikachining umurtqa pog‗onasi shikastlanganda shitga (taxta yoki 
mat)ga yotqizish kerak. Jabrlanuvchini ko‗tarish yoki o‗tkazish qat‘iyan man 
qilinadi. 
Gimnastikachining lat egan joyi xlor etil bilan namlantirilib (xlor etilli 
ampulani lat egan joyda 30-40 smda 1-2 daqiqa ushlab turiladi) keyin siqib 
turuvchi bog‗is bilan bog‗lanadi. Xlor etil yo‗q bo‗lsa, lat yegan joyni muzdek 
narsa (muz, qor, suv) 3-2 soat davomida 15-20 daqiqa tanaffus bilan qo‗yiladi. 
Kaftdagi qavariqlarni yorilishi - gimnastikachilarda juda ham tez 
uchraydigan jarohatdir. Ayniqsa ularni ifloslanishi xavflidir. Flegmonoznoe 
yallig‗lanish yoki yorilish kabi chiqish mumkin. SHuning uchun 
gimnastikachilar qavariqlarga diqqat bilan qarashlari krak.
Qavariqlarni profilaktika qilish uchun tarkibida ozuqlantiruvchi krem 
bo‗lgan sovun bilan qo‗llarni yaxshilab yuvib, undan so‗ng krem surtish kerak. 
Xaftada 1-2 marta sodali vanna qilish tavsiya etiladi (3 litr iliq suvga 1 
choy qoshiqda ichimlik sodasi), bundan keyin qavariqni chiqib qolgan joylarini 
pemza bilan asta-sekin tozalash kerak (lezviya bilan kesish mumki emas). 
Trenirovkada tayanish va osilishning ketma-ketligining to‗g‗riligi 
qavariqlarni yorilishini oldini olish choralaridan biri hisoblanadi. 
Har qanday kasallik yoki jarohatlanishdan keyin vrach tavsiyaga ko‗ra, 
gimnastikachilar uchun ma‘lum vaqt reabilitaciya davri zarur. 
Gimnastikachilarni tayyorlash tizimida ish qobiliyatini ko‗tarish va 
tiklanish jarayonini tezlatishning tibbiy-biologik vositalarini kompleksli qo‗llash 
avvalambor asab-muskul apparatining yurak-qon tomir tizimi, analizatorlar 
faoliyati tizii funksional holatini tiklashga va shu bilan birga kuch, tezkorlik
epchillik, maxsus chidamlilikni tiklashga yo‗naltirilgan bo‗lishi kerak. Bir 
vositani ko‗p vaqtgacha qo‗llash, tiklash samarasini pasayishiga olib keladi. 


456 
Tiklash vositalari kompleksini tuzishda birinchi umumiy vositalarni, 
keyin esa ma‘lum bir joyga ta‘sir etuvchi vositalarni qo‗llashni hisobga olish 
kerak. Tiklash vositalarini samaraliligini ko‗pincha oldingi yuklamaning hajmi 
va jadalligiga bog‗liq. 2-3 kun katta hajmli ishni bajargandin keyin umumiy 
ta‘sir etuvchi vositalarni qo‗llash maqsadga muvofiq (suv procedurasi bilan 
massaj, kontrast vanna va x.k.). Ma‘lum bir joyga ta‘sir etuvchi yoki unga katta 
bo‗lmagan yuklamadan keyin samarali hisoblanadi. 
Turli tiklash vositalaridan ayniqsa to‗liq hajmlarda kompleksli 
qo‘dalashni trenirovkaning eng katta yuklamalari va musobaqa davrida qo‗llash 
zarur. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə