O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


-rasm. Gimnastik xodada yurgan holatda mashq bajarish



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə278/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

170-rasm. Gimnastik xodada yurgan holatda mashq bajarish 
Xavozakorlar ishlayotganda va tor joylardan yurganda, turli sharoitda 
muvozanat saqlashni o‗rganishlari uchun, dasturga to‗sinlar kengligidagi 
bumdan (xodadan) yurish va boshqa turli mashqlar kiritilgan edi. To‗sinning 
balandligi asta-sekin oshirila boriladi / 0,5 m dan 5,5 m gacha/ muvozanat 
saqlash malakalari ayniqsa, balandlikda muvozanat saqlash fazoda muljal ola 
bilishga, vestibulyar apparatining turg‗unligiga bog‗liqdir. Bu vazifalar 
balandlikda tura olish ko‗nikmalariga bog‗liqdir. Bu vazifalar yo‗lkadan, 
akrobatik sakrashlar, batutda sakrash va baland inshoatda bajariluvchi, xuddi 
ishchi bajaradigan operatsiyalarga o‗xshash mashqlar yordamida hal qilinadi 
(186-rasm). Balandlikka nisbatan muhofaza reaksiyasini kamaytirish va o‗z 
kuchiga ishonch hosil qildirish uchun shug‗ullanuvchilar montaj tasmasini taqib 
baland havozadan pastga sakrash mashqlarini bajarishgan.
Mashg‗ulotlar dars shaklida haftasiga ikki marta 90 minutdan 
o‗tkazilgan. Birinchi 30 minutda o‗quvchilar hammalari birgalikda chigil yozish
buyum bilan va buyumsiz umurivojlatiruvchi mashqlarni bajarishgan. 
Keyinchalik 3 ta bo‗limga ajratilgan va ular doira bo‗ylab almashinib, 
dasturning ayrim turlari bilan 20 minutdan shug‗ullanishgan /turnikdagi 


463 
mashqlar, batutda sakrashlar, baland havozadagi mashqlar yoki akrobatika 
sakrashlari, tayanib sakrashlar va hokazolar shular jumlasidandur/. 
Maxsus jismoniy tayyorgarlik yuqorida bayon qilib yozilgan turlaridan 
farqli ularoq darsdan tashqari to‗garak mashg‗ulotlarida o‗tkaziladi. U kasb 
faoliyatining yaxshilanishiga yordam berish uchun biron bir sport turida 
takomillashishni nazarda tutadi. O‗quvchi istagan sport turi bilan shug‗ullanishi 
mumkin, biroq har bir muayyan ixtisos uchun u yoki bu kasb ishchilariga 
foydaliroq sport turlarini tafsiya qilish mumkin chunonchi, montajchi 
havozkorlar uchun batutda sakrashlar, sport gimnastikasi mashqlari akrobatika 
sakrashlari suvga sakrash shuningdek chang‗ida, tramplindan sakrashlar katta 
yordam ko‗rsatadi. Ko‗rsatib o‗tilgan sport turlarida takomillashib va ularni 
muayyan sport natijalariga erishgandan so‗ng havozkorlar maqsadiga muvofiq 
ravishda o‗z mehnat yutuqlariga ta‘sir qiladilar. 
Oliy va o‗rta maxsus o‗quv yurtlarida o‗quvchilarning jismoniy tarbiyasi 
umumiy dastur mashg‗ulotlari va fakultativ mashg‗ulotlardan iborat. O‗quvchi 
qaysi sport turi bilan shug‗ullanmasin, u badan qizdirishga kiradigan va 
sportchilarni maxsus tayyorgarligi uchun qo‗llaniladigan gimnastika mashqlarini 
albatta bajaradi ko‗rsatilgan mashg‗ulotlarga ixtisoslashgan amaliy gimnatikaga 
hos bo‗lgan mashqlarni kiritish tavsiya qilinadi. SHunday qilib ixtisoslashgan 
amaliy gimnastikani jismoniy tayyorgarlik ko‗rishdagi ahamiyati juda kattadir. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə