O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə288/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

Irg„itish va ilib olish 
Bu guruh mashqlariga to‗plarni (to‗ldirma, futbol) va gimnastika 
tayoqchasini irg‗itish va ilib olish hamda ikki va undan ortiq to‗plarni yoki 
qandaydir boshqa buyumlarni irg‗itish va ilib olishlarni kiritish mumkin. 
Quyidagilar katta to‗plarni (shu jumladan to‗ldirma to‗plarini) irg‗itish va 
ilib olish mashqlariga misol bo‗la oladi; to‗pni pastdan irg‗itish, bosh orqasidan 
irg‗itish, ikki qo‗l bilan ko‗krakdan irg‗itish, shuning o‗zini bir qo‗l bilan 
bajarish, to‗pni elkadan bir qo‗llab va ikki qo‗llab irg‗itish, elka orqasidan bir 
qo‗llab tashlangan to‗pni ikki qo‗llab ilib olish, to‗pni o‗z oldida yoki yon 
tomonlama ilib olish, to‗pni bosh ustida, orqada uni aylanib ilib olish, to‗pni 
to‗piqlar bilan qisib olib yuqoriga irg‗itish. 
Gimnastika tayoqchasini irg‗itish va ilib olish – gorizonatal vertikal va 
engashgan holatlarda, irg‗itishdan shuningdek, uni havoda uzinasiga joylashgan 
o‗q va ko‗ndalang o‗q atrofida aylanadigan qilib tashlashdan va bir qo‗l yoki 
ikki qo‗l bilan har-xil ushlash usullari bilan ilib olishdan iboratdir. 


481 
Oshirib otish.
 
Bu guruhga xos mashqlardan biri katta rezina yoki 
to‗ldirma to‗plarni bir-biriga oshirib otish. 
YUqorida bayon qilingan mashqlardan tashqari bir-biriga oshirib 
otadigan quyidagi mashqlar ham qo‗llaniladi, to‗pni bir qo‗l bilan yonboshdan 
siltab uloqtirish; oyoqlarni kerib oldinga engashib turib, to‗pni boshdan oshirib 
orqaga otish; to‗pni oyoqlar bilan orqaga otish, to‗pni oyoqlar bilan oldinga-
yuqoriga uloqtirish. 
O‘rgatish uslubiyati
. Uloqtirish va ilib olish mashqlarni o‗rgatishda 
yaxlit o‗rgatish metodi va yordamchi mashqlar uslubi qo‗llaniladi. 
O‗quvchilarni o‗ng qo‗l bilan ham chap qo‗l bilan ham bir xilda uloqtirishga 
o‗rgatish lozim. 
Ilib olish ancha murakkab harakat bo‗lgani uchun, eng avvalo to‗pni 
to‗g‗ri ilib olish texnikasini o‗zlashtirish kerak. 
Uloqtirish 
va 
ilib 
olish 
mashqlari 
kuyidagi 
usullarda 
murakkablashtiriladi; 
1.
Uloqtiriladigan buyumlarning hajmi va og‗irligini o‗zgartirish; 
2.
Bir vaqtda uloqtiriladigan buyumlarning sonini oshirish;

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə