O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


CHiqishlarni uyushtirish va tayyorlash metodikasi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə296/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

CHiqishlarni uyushtirish va tayyorlash metodikasi.
Repetitsiyadan oldin tayyorgarlik bosqichi quyidagilarni nazarda to‗tishi: 
1.
Boshlang‗ich ma‘lumotlarni aniqlash. CHiqishlar dasturini ishlab 
chiqishdan oldin chiqishlarning maqsadini, qatnashchilar guruhini (soni, yoshi, 
sport tayyorgarligini), chiqish joyini moddiy bazasini, chiqish muddatini aniq 
bilishi zarur. 
2.
Sahnalashtirish. Bu tayyorgarlik bosqichining eng mas‘uliyatli va ko‗p 
jihat bo‗lib bajradigan qismi bo‗lib, buning natijasida chiqishlarining umumiy 
konturi (chiqish, saflanish, mashqlar va hokazolar) belgilanadi va shu bilan birga 
zarur bo‗lgan asbob anjomlar aniqlonadi shuningdek, tabrik va diktor tekstlari 
tayerlab qo‗yiladi. 
3.
Qatnashchilarning kiymi tayyorlab quyiladi. 
4.
Saflanishlar va qayta saflanishlarning sxemalari tuziladi. 
5.
Alohida nomerlar uchun musiqa tanlanadi va yaxlit chiqish uchun 
musiqa dasturi tuziladi. 
6.
Erkin mashqlarni tuzish. Erkin mashqlarni tuzish uchun qo‗yidagilar 
bajariladi. 
A) tanlab olingan musiqa asarini o‗rganish. 
B) murakkab elementlarni yoki tematik va harakatlarni tanlab olish, 
keyin esa, musiqa jo‗rligi asosida ularning navbatlashini aniqlash. 
V) YAxlit mashqlarni tuzish (eksperiment guruhda sinab ko‗rib, tuzgan 
maqul). 
G)Repetitsiyalar tuzish. Rejada kim tayyorgarlik ko‗rishi, kim
repetitsiya qildirish qaerda va qachon repetitsiya qilinishi ko‗rsatilishi kerak. 


494 
Bir repetitsiya kunida katta qisqa vaqtli to‗xtab qilishlarni mustasno 
qilish uchun qatnashchilarni turli harakatdagi faoliyatlar bilan jalb qilish 
imkoniyatini topish zarur. Butun chiqishga tayyorlanishni bosh repetitsiyadan 
bir necha kun oldin yakunlash muvofiqdir. 
Tayyorgarlikning repetitsion bosqichi: 
1.Qatnashchilarni saflash. Dasturning dor bir nomerida chiqish 
qatnashchilari bo‗y-bo‗yi bilan saflantirilishi kerak. CHiqish qatnashchilari bir 
ketma-ket qatorda bo‗y-bo‗ylari bilan joylasholmasalar, ular barcha mashqlarni 
birga va bir xil qo‗lamda bajarishlariga qaramay mashqlar tomoshabinlarga bir 
xilda mos qilib bajarilmagandek tuyuladi. 
2.Guruhli repetitsiyalarni o‗tkazish. Bu repetitsiyalarni guruh boshliqlari 
har bir guruh uchun belgilangan holda o‗tkazadilar. Repetitsiya uchun ish 
mazmuni va hajmi tayyorgarlik ko‗rishning repetitsiya planida belgilanadi. 
Guruhli repetitsiyalar davomida qatnashchilar mashqlarni yaxshi eslab kelishni, 
mashqni aniq va zarur sur‘atda bajarishni qadam tashlashni, belgimor bo‗ylab 
yurishni yoki qator tekisligini saqlab yurishni, yurib, ketayotganda burilishni va 
chiqish dasturiga kiritilgan boshqa saf usullarini o‗rganishlari kerak. 
3.Umumiy repetitsiyalarni o‗tkazish. Umumiy repetitsiyalarning vazifasi 
chiqishlarning alohida nomerlari va butun dasturni musiqa jo‗rligida o‗zaro 
moslab va aniq bajarishga erishishdan iborat. 
Dasturning har bir ko‗rinishi bo‗yicha birinchi umumiy repetitsiyani 
musiqani boshlash kerak, keyin esa bu musiqada qanday sanash kerakligini 
ko‗rsatish, so‗ngra qatnashchilarning o‗zlari sanashlari uchun imkon berish 
zarur. 
Takrorlashda mashqni, albatta boshidan boshlash zarur emos repetitsiya 
chog‗ida qatnashchilar o‗z o‗rtoqlarining mashqlarini qanday bajarayotganini 
ko‗rishlari 
juda 
foydalidir. 
Bosh 
repetitsiya. 
Bosh 
repetitsiyada 
qatnashchilargina dasturni hech qanday yordamsiz chiqish sharoitiga 
yaqinlashtirilgan sharoitda bajarish imkoniyati beriladi. 


495 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə